Urganch innavatsion universiteti
Download 1.23 Mb.
|
1 2
Bog'liq6. Xajieva Xusnora -Milliy qaxromonlar sipatamen haqida essi yozish.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Spitamen Adabiyotlar
Spitamen qoʻzgʻoloni.
Sugʻdiyona va Baqtriyada Aleksandr boshchiligidagi yunonmakedon istilochilariga qarshi ozodlik harakati (mil. av. 329—327 yillar). Rahbari — Spitamen. Mil. av. 329 y. kuzida boshlangan. Spitamen boshchiligidagi qoʻzgʻolonchilar Marokanda (Samarqand)dagi yunonmakedon garnizonini qirib tashlab shaharni egallaydilar. Aleksandr ularga qarshi Farnux boshchiligida 3 ming piyoda va 800 otliq qoʻshin joʻnatgan, Spitamen Politimet (Zarafshon)ning quyi oqimidagi yerlarga chekingan. Bu yerda koʻchmanchilarning otliq qoʻshinlari bilan birlashib hujumga oʻtadi. Toʻsatdan qilingan hujum natijasida yunonmakedon qoʻshinining katta kismi qirib tashlangan, qolganqutganlari esa shahar qalʼasiga yashiringan. Spitamen yana Marokandani qamal qilgan. Aleksandr Spitamenga qarshi Andromax, Menedem va Karan boshchiligida otliq va piyoda qoʻshin yuborgan. Spitamen bundan xabar topib oʻrmon orasidan oʻtadigan yoʻlga pistirma qoʻyib, ularga toʻsatdan hujum qilgan. U mazkur jangda oʻzgacha harbiy usul qoʻllagan. Har bir otga 2 tadan jangchi mindirilgan. Ular dushmanga 2 tomondan zarba berar, biri nayza, qilich yoki kamon bilan hamla qilsa, 2si tosh bilan urib, yovning boshini majaqlar edi. Bu jangda dushman katta talafot koʻrgan. Shundan keyin Spitamenga qarshi Aleksandr asosiy kuchlari bilan otlangan, Spitamen choʻl ichkarisiga chekingan. Aleksandr uni taʼqib etmagan, lekin Zarafshon vohasining tinch aholisidan qattiq oʻch olgan (120 ming kishi qirib tashlangan), shahar, qishloqlarni vayron qilgan, ekinlar, bogʻlarni yondirgan. Aleksandr Sugʻdiyonadagi bir necha qalʼa va poytaxt Marokandada katta qoʻshin qoldirib, oʻzi qolgan kuchlari bilan qishlovni oʻtkazish uchun Baqtriya (baʼzi maʼlumotlarda — Navtaka)ga qaytgan. Mil. av. 328 y. bahorida qoʻzgʻolonning 2bosqichi boshlangan. Koʻplab sugʻdiylar turli qalʼalarda toʻplanib yunonmakedon hokimlarini tan olmaganlar. Bu davrda Sugʻdiyona qoʻzgʻolonning oʻchogʻi boʻlgan. Spitamen Aleksandrning yoʻk^igidan foydalanib raqibining orqa tomonidan aylanib oʻtib, 600 otliq bilan Baqtriyada yunonlarga qaqshatqich zarbalar berib turgan. Yunonlar lashkarboshisi Ken Spitamenga qarshi chiqib, uni dashtga chekinishga majbur qilgan, Spitamen Zarafshonning quyi oqimi boʻylariga ketgan. Mil. av. 328 yilning kuzida Spitamen bu yerdagi qalʼalardan birini egallab, 3 ming otliq bilan Sugʻdiyona poytaxti tomon yurgan. Yunonlar butun kuchlarini unga qarshi tashlaydilar, jangda qoʻzgʻolonchilar magʻlubiyatga uchraydilar. Sugʻdiy va baqtriyalik zodagonlarning bir qismi Spitamenga xiyonat qilib istilochilar tomoniga oʻtib ketganlar. Mil. av. 328 y. oxirida Spitamen xoinona oʻldirilgan. Ayrim tarixchilar uni Aleksandr hujumidan qoʻrqqan massagetlar oʻldirgan deb hisoblaydilar. Baʼzi maʼlumotlarga qaraganda, Spitamenni oʻz xotini oʻldirib, boshini Aleksandr huzuriga keltirgan, biroq Iskandar uni oʻta sovuq kutib olgan. Shunga qaramay, Spitamen qoʻzgʻoloni tugamagan, uning 3bosqichi boshlangan. Shu tufayli Aleksandr mil. av. 328—327 yillar qishlovini Sugʻdda oʻtkazishga majbur boʻlgan. Qoʻzgʻolonchilar togʻ qalʼalarida kurashni davom ettirganlar. Hozirgi tadqiqotlarga koʻra, ular jan.sharkay hududlarda joylashgan. Aleksandr mahalliy aholi qarshiligini kuch bilan yenga olmasligiga ishongach, ularga yaqinlashishga qarakat qilgan, ularga nisbatan siyosatini oʻzgartirgan. Togʻli hududlardagi qoʻzgʻolon boshliqlari Oksiart, Sisimitr, Xoriyen kabilarni afv etib, molmulkini qaytarib bergan. Oksiartning qizi Roxshanakka uylangan. Mahalliy zodagonlarning aksariyati Aleksandr hokimiyatini tan olib uning xizmatiga oʻtib ketishgan. Mil. av. 327 y. oxirida Sugʻdiyona Aleksandr tomonidan batamom egallanib, qoʻzgʻolon bostirilgan. Aleksandr Makedonskiy, Iskandar Maqduniy (Sharq mamlakatlarida Iskandar, Iskandar Zulqarnayn nomi bilan mashhur) (mil. av. 356, Pella-323.13.6, Bobil) makedoniyalik sarkarda va davlat arbobi. Makedoniya podshosi Filipp II va uning rafiqasi Olimpiadaning o‘g‘li. Aristoteldan ta'lim olgan, harbiy ishni otasidan o‘rgangan. 336 y. Filipp II fitnachilar tomonidan o‘ldirilgach, Makedoniya taxtiga o‘tirgan. 334 y. Aleksandr Eronga yurish boshlaydi; bu bosqinchilik urushi otasi Filipp II davridayoq boshlangan bo‘lib, uning o‘limi tufayli to‘xtab qolgandi. Aleksandr qo‘shinida sarkardalardan Antipatr, Parmyenion, Ptolemyey Lag va b., shuningdek 30 mingga yaqin piyoda jangchi, 5 ming otliq, yengil qurollangan yordamchi otryadlar va 160 kyema bo‘lgan. Aleksandr Granik (334 y.), Iss (333 y.) va Gavgamyela (331 y.) janglarida Doro III qo‘shinlarini yenggan. Aleksandr Eronning markaziy shaharlari-Bobil, Suza, Persepol, Ekbatana hamda Misrni egallagan. Aleksandr 329 y. Baqtriyani egallagach, satrap Bess, Oks (Ukuz, Amudaryo) dan kechib o‘tib, Navtaka (Qashqadaryo vohasi)ga chekingan. Ammo Bess tezda qo‘lga olinib, qatl etilgan. So‘ng, Aleksandr Samarqand (Marokanda)ni egallab, Sirdaryo tomon yo‘l oladida, u yerda shahar barpo etib, uni Aleksandriya Esxata (Chekka Iskandariya) deb ataydi. Umuman Aleksandrning O‘rta Osiyoga nisbatan bosqinchilik siyosati qattiq qarshilikka uchragan. Usrushonadagi yettita shahar-qal'a Aleksandrga qattiq qarshilik ko‘rsatgan. Bularning ichida eng kattasi-Kiropol bo‘lib, Kir II uni boshqa shaharqal'alarga nisbatan baland devor bilan o‘rattirgandi. Uning ichida mahalliy aholining ko‘pchilik qismi, eng jangovar jangchilar to‘plangandi. Aleksandr shahar atrofiga xandaq qazittirgan, manjaniqlar (devorteshar mashinalar) bilan devorning bir necha yeridan teshik ochib, u yerdan shaharga bostirib kirmoqchi bo‘lgan. Bu urinishi natijasiz chiqqach, u harbiy hiyla ishlatib, shahar ichidan o‘tgan quruq daryo o‘zani orqali o‘zining xos jangchilari bilan shaharga kirgan. Kiropol mudofaachilari bilan Aleksandr jangchilari o‘rtasida shiddatli jang bo‘lgan. Unda Aleksandr boshi va bo‘yniga tosh tegib yarador bo‘lgan, bir qancha lashkarboshilari (Krater va b.) kamon o‘qidan shikastlangan. Makedon qo‘shini katta qiyinchilik bilan shaharni egallagan. Shahar mudofaachilari (jami 15 ming) dan 8000 ga yaqini halok bo‘lgan, qolgani ichki qo‘rg‘onga yashiringan, so‘ng tashnalikdan qiynalib taslim bo‘lgan. Makedon qo‘shini qolgan shaharlarni ham shu tariqa qiyinchilik bilan egallagan. Aleksandr mahalliy xalqning jasoratidan shu qadar xavotirga tushganki, Ptolemeyning aytishicha, u o‘z jangchilariga asir olingan kishilarni bo‘lib berib, to bu mamlakatdan chiqib ketmagunlaricha ularni zanjirband holda saqlashni topshirgan. Aleksandr Sug‘diyonada Spitamen qo‘zg‘olon ko‘tarib, Marokandani qamal qilgani (q. Spitamen, Spitamen qo‘zg‘oloni) va Tanais ortidan saklar podshosining ukasi Kartazis boshchiligidagi katta qo‘shin unga yordamga yetib kelgani haqida xabardor bo‘lgach, qo‘zg‘olonchilarga qarshi 2000 kishilik qo‘shin jo‘natib, o‘zi saklar tomon qo‘shin tortgan (q. Tanais daryosi bo‘yidagi jang). Mazkur qo‘shin tor-mor keltirilgach, Aleksandr shaxsan o‘zi katta kuch bilan Spitamenni dasht chegarasigacha ta'qib qilib borib, ortga qaytishda 120 mingdan ortiq tinch aholini qirib tashlaydi, ko‘plab qishloq va qal'alarni vayron qiladi, ekinzor, bog‘-rog‘larni payhon etadi. Aleksandr mil. av. 329-328 yillar qishini Zariaspa (Balx, Baqtra)da o‘tkazadi. Bahorda uning huzuriga xorasmiylar podshosi Farasman 1500 jangchisi bilan kelib o‘zaro ittifoq tuzishni taklif etadi. Aleksandr 328-327 y. boshida Sug‘diyonadagi tog‘lar ustida joylashgan qal'alardagi qo‘zg‘olonchilarni bo‘ysundirishga juda ko‘p kuch sarflaydi, ularni mag‘lub qilgach, Oksiartning qizi Roxshanak (Roksana) ga uylanadi (q. So‘g‘d qoyasi, Xorien kal'asi va b.). Mil. av. 327 y. yozida Aleksandr so‘g‘dlik Oropiyni So‘g‘diyona hokimi etib tayinlab, o‘zi Hindistonga yurish qiladi-da, Gidasp daryosi (Hind d. irmog‘i) sohilida katta qiyinchilik bilan podsho Por qo‘shini ustidan zafar qozonadi. Shu tariqa Aleksandr Panjobni egallab, Gang daryosi vodiysiga yurishni davom ettirmoqchi bo‘ladi. Biroq safar va kasallik azobidan holdan toygan qo‘shinning ochiqdan-ochiq qarshiligiga duch kyeladi. Shu bois Aleksandr Gifasis daryosi (Hind d. sharqiy irmog‘i) bo‘yidan ortga qaytishga majbur bo‘ladi. Aleksandr o‘z davlatining poytaxti qilib Bobil sh.ni tanlagan va shu yerda yangi yurishlarga tayyorgarlik ko‘rish asnosida bezgak kasaliga yo‘liqib, vafot etgan. Aleksandr yurishlari natijasida vujudga kelgan ulkan saltanat hududi Hind daryosidan Dunayga qadar cho‘zilgan bo‘lib, u qad. dunyoning eng yirik davlati edi. Lekin mustahkam ichki aloqalari bo‘lmagan bu saltanat Aleksandr vafot etgach, tezda parchalanib ketgan va uning hududida bir qancha ellinistik davlatlar vujudga kelgan. Aleksandr harbiy san'at tarixida yirik sarkarda sifatida mashhurdir. Qadim zamonlardan (mil. av. 200 y.) Aleksandr haqida ko‘plab rivoyat, afsona, doston va miniatyuralar yaratilgan. Ular o‘rta asr adabiyotiga ham kirib kelgan. Spitamen Adabiyotlar: Arrian Flaviy, Poxod Aleksandra, M.—L., 1962; Oʻzbekiston xalq^ari tarixi, 1j., T., 1950; Shaxermayr F., Aleksandr Makedonskiy, M., 1986; Gafurov B., Sibukidis D.I., Aleksandr Makedonskiy i Vostok, M., 1980. Download 1.23 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling