Urganch innovatsion universiteti ntm “Boshlang’ich ta’lim yo’nalishi” 1-kurs 22-07 guruh talabasi Masharipova Moxiraning “Umumiy psixologiya” fanidan “Xotira haqida umumiy tushuncha va uning neyro-fiziologik asoslari” mavzusi bo’yicha taqdimot
Download 1.25 Mb.
|
Masharipova Moxira Xotira haqida tushuncha
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bixeviorizm
Bixeviorizm va psixoanaliz vakillari ham xotira genezisi haqida qoniqarli javob topa olmadilar. Bixeviorizmchilarning xotira yuzasidan qarashlari assotsianistchilarning qarashlari bilan mos kelgan edi. Ular o‘rtasidagi yagona farq bixeviorizmchilarning materialni esda olib qolishdagi yordamning o‘rnini alohida ta’kidlab, o‘rganish jarayonlarida xotira faoliyatini o‘rganishga katta e’tibor qaratgan edilar (D. Uotson, E. Torndayk). Lekin bixeviorizmchilar insondagi ongli faoliyat va shaxs xususiyatlarining yordamga bog‘liqligini chetlab o‘tdilar.
Hozirgi zamon psixologiyasida asosiy tushuncha o‘rnida shaxs faoliyatini uning barcha psixik jarayonlari, shuningdek, xotira jarayonlarining shakllanishini bog‘lovchi omil sifatida o‘rganadigan nazariya tan olinmoqda. Bu konsepsiyaga asosan, esda olib qolish, saqlash va eslash jarayonlarining kechishi ma’lumotning ob’ekt faoliyatida tutgan o‘rniga qarab belgilanadi. Ma’lumot faoliyat maqsadi sifatida namoyon bo‘lgan vaziyatlarda aloqalar yanada samaraliroq tarzda hosil bo‘lishi va dolzarblashtirilishi tajriba aniqlandi va o‘z tasdig‘ini topdi. Bu aloqalarning xususiyatlari, masalan, mustahkamligi va harakatchanligi ma’lumotning sub’ekt keyingi faoliyatidagi ishtirokining darajasi, bu aloqalarning ko‘zlangan maqsadlarga erishishdagi ahamiyati bilan belgilanadi. Faoliyat nazariyasining asosiy fikri qisqacha quyidagicha ta’riflanadi: turli tasavvurlar o‘rtasidagi aloqalar, avvalambor, sub’ektning ulardan qay tarzda foydalanishi bilan belgilanadi.
Download 1.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling