Urganch innovatsion university
Download 0.66 Mb. Pdf ko'rish
|
Mustaqillik yillarida oʻlkashunoslik
4. ww.referat.uz
Rahimova Shahriniso Hakimboy qizi “Mustaqillik yillarida o‘lkashunoslik” mavzusidagi kurs ishiga Taqriz Yozuvsiz xalqlarning tarixini o‘rganishda etnografik tadqiqotlarning o‘rni muhim sanaladi. Yozma manbalar tarixiy manbalarning muhim va asosiy turlaridan biri hisoblanadi. Insonning ijtimoiy faoliyati, aniqrog‘i, kishilarning o‘zaro munosabatning natijasi o‘laroq yaratilgan va o‘tmish zamonlarda sodir bo‘lgan ijtimoiy siyosiy voqealarni o‘zida aks ettirgan manba sifatida o‘lkamiz tarixini haqqoniy o‘rganishda muhim o‘rin tutadi. Oliy va mahalliy hukmdorlar mahkamasidan chiqqan rasmiy hujjatlar (yorliqlar, farmonlar, inoyatnomalar, moliyaviy hisobot daftarlari, rasmiy yozishmalar va boshqalar) ijtimoiy siyosiy, ayniqsa, iqtisodiy munosabatlarga oid masalalarni o‘rganishda rasmiy hujjatlar, moliyaviy hisobot daftarlari va yozishmalarni ahamiyati juda muhim sanaladi. Rasmiy hujjatlar ijtimoiy siyosiy hayotni o‘rganishda muhim yuridik hujjat hisoblanadi. Mutaxasislarning fikiricha, ularning orasida, ayniqsa, rasmiy yozishma hujjatlaridan soxtalari ham uchrab turishi mumkin. Shuning uchun ham ulardan foydalanishda diqqat e’tibor va o‘ta ehtiyotkortlik talab qilinadi. Hujjatlar ustida ish olib borganda, undan biron ijtimoiy siyosiy voqea yoki , ma’lumotlarni talqin etish uchun foydalanish jarayonida, bitta hujjat bilan kifoyalanmasdan, o‘xshash bir nechta hujjat manbalarini ko‘rib chiqib xulosa chiqarish zarur, chunki bitta hujjatdan faqat bir kelishuv yoki ma’lumot ustida so‘z yuritiladi. Shuning uchun ham birgina hujjat bilan tanishib chiqib ma’lum ijtimoiy siyosiy masala ustida qat’iy fikr va xulosaga kelib bo‘lmaydi. Tarixiy, geokosmografik hamda biografik asarlar to‘g‘risida shuni aytish kerakki, ular o‘sha davr hukmron sinfining topshirig‘i bilan yozilgan va shu tufayli ularning sahifalarida ko’proq podshohlar va xonlarning, amirlar va yirik ruhoniylarning hayoti va faoliyati yoritilgan. Jamiyatning rivojlanishida asosiy kuch hisoblangan mehnatkash xalqning turmush tarzi, ularning orzu istaklari, his tuyg’ulari, xalq harakatlari va bu harakatlarning mazmun mohiyati, jamiyatda ro‘y bergan voqea va xodisalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar tarixi esa ko‘p hollarda chetlab o‘tilgan. Umuman olib qaraganda, bu turdagi yozmalardan hukmron doiralarning dunyo qarashi o‘z ifodasini topgan. O‘sha davrdagi jamiyatning maqsad va manfaatlari ifoda etilganligi bilan ajralib turadi. Bu turdagi yozma manbalardan hukmron doiralarning dunyoqarashi o‘z ifodasini topgan bo‘lishiga qaramasdan, tarixiy o‘lkashunoslikni o‘rganishda birlamchi manba bo‘lib xizmat qiladi. Arxiv manbalar arxiv lotincha “arxtvus” - hukumat binosi so‘zidan olingan. Lekin “arxiv” atamasining hozirgi qo‘llanishi butunlay boshqacha. Arxiv – bu idoralar, korxonalar va tashkilotlar, shuningdek , tarixiy shaxslar faoliyatiga oid hujjatlar saqlanadigan muassasa hisoblanadi. Arxivardan tashkilotlar, korxonalar, muassasalar, jamoa va davlat xo‘jaliklrini, ayrim shaxslarning ko‘p yillik faoliyati haqida ma‘lumotlar va hujjatlari saqlanadi. O‘lka tarixini o‘rganishda bu hujjatlarning ahamiyati kattadir. Yuqorida qayd qilingan tarixiy ma’lumotlardagi fikr mulohazalar o‘rinli, yangi mazmunga ega bo‘lib, ajdodlarimiznining ibtidoiy madaniyatini yoritish sohasida bosib o‘tgan tarixiy yo‘ldan to‘plagan tajribasi taqrizchi kutgan darajada yoritilgan bo‘lib, uni ilmiy jurnallarda chop qilishga tavsiya qilaman. Urganch Innovatsion University “ijtimoiy – gumanitar fanlar va tillar” kafedrasi O‘qituvchi: Eshchanov. H Download 0.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling