- Xab (HUB)
- Quyidagi rasmda Mini Hub Ethernet 10 Mbit/5x RJ – 45 Ports RJ – 45 ko‘rsatilgan. Shuningdek xabni konsentrator va taqsimlovchi deb atashadi.
- Yulduz shakli qurilgan tarmoqlarda u markaziy punkt bo‘ladi. Xabning har bir portidan Ishchi stansiyalariga kabel olib boradi, natijada yulduzga o‘xshash hosil bo‘ladi
- Kompyuter o‘rniga xabga qo‘shimcha xab ulash mumkin, bu esa tarmoq imkoniyatlarini kengaytirishga yordam beradi. Ezernet <> uchun 5-24 portli xablar mavjud. Ular 10 yoki 100 Mbps uzatish tezligiga ega bo‘lishi mumkin. Yana Dual-Speed-Hubs (10 yoki 100 Mbps) olinishi mumkin, ular, kommutator ko‘rinishida ulanib, ikki xablardan iborat bo‘ladi.
- Shuningdek xablar ma’lumotlarni bitta stansiyadan hamma bоshqаlargа uzatishi mumkin. Ular eng past apparatli ta’minlangan darajasida (1031-darajasi) ishlaydilar.
2.1. Tarmoq qurilmalaridan foydalanib mahalliy va global tarmoqlarning konfiguratsiyasini loyihalash. - Xablarga qaraganda svitchlar ancha intelektualroq. Agar xabga qaraganda tashqi ko‘rinish farqlari uncha bo‘lmasa ham, ammo svitchlar ichida mutloq boshqa texnika ishlatilgan. Xabda barcha kompyuterlar tarmoq polosasini umumiy enini o‘zaro bo‘lib olishga majburdirlar, svitchga ulangan kompyuter esa polosani hamma enini ishlatishi mumkin. Shuning uchun svitchlarni qo‘llaydigan tarmoqlar ham ancha tezroq.
- 16-Port Switch 10/100 Mbit/chiqishlari RJ-45 Ports. quyidagi rasmda ko‘rsatilgan.
- Switch 4-x/10/100/1000 Mbit/chiqishlari 4 RJ-45 Ports ko‘rsatilgan.
BRIDGE - BRIDGE
- Bridge (ko‘prik) lar sinxronli turg‘un ulanishlari, yer yo‘ldoshlari, radioto‘lqinlari, paketlar uzatishini jamoa tarmoqlari va tez yorug‘ to‘lqinli tarmoqlari (Masalan: FDD1) yordamida Ezernet – segmentlarini ulash mumkin (2.1.7-rasm). Ko‘priklardan foydalanib Ezernet uzunligini uzaytirish mumkin.
- Marshrutizator (Router), Xab (Hub), Switch, Shlyuz (Gateway)
- Kerak bo‘lgan vaqtda tarmoqga yangi segmentlarni yoki bir nechta segmentlarning ulashga osonlik tug‘diradi. Axir har qanday korxona har doim o‘sishga intiladi, va bu o‘sish korxona tarmog‘ini yangidan loyihalash zarurligiga olib kelishi kerak emas.
- Router
- Router (marshrut ko‘rsatuvchisi) – bu tarmoqlarni bir birovi bilan birlashtiradigan qurilma (2.1.9-rasm). Bridjlarga qaraganda, routerlar murakkabroq vazifani bajaradi.
- Katta bo‘lmagan korxona uchun oddiy misolda ko‘rib chiqaylik, Korxona uchta qavatda joylashgan va uch bo‘limni o‘z ichiga qamrab olgan, ularning har birida uch guruh.
- Bu holatda, tarmoqni shunday qurish kerak:
- Ishchi guruhlar 1-3 xonalarni egallaydi, ularning kompyuterlari repiterli konsentratorlar bilan o‘zaro bog‘langan. Bitta xonaga bitta, bitta guruhga yoki bitta hamma qavatga marshrutizator ishlatilishi mumkin. Konsentrator uchun xonalardan birini (katta bo‘lmagan) ajratgan yaxshiroq.
- Bo‘limlar alohida qavatni egallaydi. Har bir bo‘limning uch ishi guruh tarmoqlari kommutator bilan birlashtiriladi, boshqa bo‘limlar tarmoqlari bilan aloqa uchun esa marshrutizatordan foydalaniladi.
- Kommutatorni konsentratorlarni biri bilan alohida xonada joylashtirish yaxshiroq (2.1.8-rasm, bu yerda S-ishchi guruhlar serverlari, RK-repiterli konsetratorlar, KOM-kommutatorlar) haqiqatda, hamma narsa odatda ancha murakkab bo‘ladi. Masalan, bo‘limlar tuzilishi xonalar va kavvatlar tuzilishiga umuman to‘g‘ri kelmasligi mumkin. Korxona bir binoda ikkitа bir birovidan uzoqlashgan xonalarni, yoki uch-to‘rt bir-biridan uzoqlashgan binolarni egallashi mumkin.
- Gateway (Tarmoqlar orasidagi shlyuz)
- Tarmoqlar orasidagi shlyuz (Gateway) mutloqo har xil (bir turda bo‘lmaganlar) tarmoqlarni birlashtirishi mumkin. Ikki tarmoqga tegishli va tarmoqdаgi ma’lumotlarni to‘liq harakatini bajaradigan birdаn –bir (virtual) uzelni o‘zida ular namoyon qiladi. Tarmoqlar orasidagi shlyuz birlashtirish uchun bir tomondan LAN –WAN (yoki LAN-WAN-LAN), ikkinchi tоmоndаn, turli xizmatlar o‘rtasiga o‘tish uchun ishlatiladi (masalan, lokal tarmoqdan faksimilli хаbарlarni tashlash). Gateway – aktiv tarmoqli uzel bo‘lib, unga adreslash ikki tomonidan bo‘lishi mumkin. Tarmoq orasidagi shlyuzlarning asosiy vazifalaridan biri – tarmoq chegaralari orqali yurishni boshqarish (to‘g‘ri adreslash!).
- Tarmoq topologiyalari
- Kompyuter tарmоg‘i topologiyasi (yaxlitlash, qiyofalash, tuzilish) deganda tarmoq kompyuterlarini bir-biriga nisbatan fizik joylashtirish va ularni aloqa liniyalari bilan ulashi tushiniladi. Takidlash muhimki, topologiya tushunchasi eng avval lokal tarmoqlarga tegishli bo‘lib, ularda aloqalar tuzulishini oson ko‘rish mumkin.
- Asbob – uskunalarga, ishlatiladigan kabel turiga, mumkin bo‘lgan va eng qulay almashuvni boshqaradigan usullariga, ishlash ishonchligiga, tarmoqlarni kengaytirish imkoniyatlariga topologiya talablarini belgilaydi.
- • shina (bus), bunda hamma kompyuterlar bir aloqa liniyasiga parallel ulanadi va har bir kompyuterdan axborot bir vaqtda hamma qolgan kompyuterlarga uzatiladi (2.1.10-rasm);
- • yulduz (star), bunda bitta markaziy kompyuterga chetda qolgan kompyuterlar ulanadi, shu bilan birga har biri o‘zining alohida aloqa liniyalaridan foydalanadi (2.1.11-rasm);
- • halqa (ring), bunda har bir kompyuter axborotni har doim faqat bitta zanjirda kelayotgan kompyuterga uzatadi, axborotni esa faqat zanjirdagi oldinda kelayotgan kompyuterdan oladi, va bu zanjir “halqa” bo‘lib birlashgan (2.1.12-rasm).
- Tarmoqning uchta asosiy topologiyalari mavjud:
3.1. Foydalanuvchi va kompyuter orasidagi muloqotni to’g’ri tashkil etish. - Kompyuterda ishlash qoidalari
- Kompyutеrlаr bilаn ishlаsh jаrаyonidа insоn o‘z sоg‘lig‘ini sаqlаb qоlish vа hаr dоim tеtik yurishi uchun to‘qqistа аsоsiy qоidаlаr ishlаb chiqilgаn:
- Fоkus mаsоfаni yarаting (nigоhni uzоq mаsоfаlаrgа ko‘chirish imkоniyati).
- Kompyutеr ekrаnigа shu’lа yoki nurlаrni tushmаsligini tа’minlаng.
- Xоnаni to‘g‘ri yoritishgа hаrаkаt qiling.
- Kompyutеr nisbаtаn jоy(o‘rindiq)ni to‘g‘ri tаnlаng.
- To‘g‘ri tana egilish burchagi va holatini tanlang.
- Nаfаs оlish vа uning dаvоmiyligigа e’tibоr bеring.
- Hаr uch-bеsh sоniyadа ko‘zingizni yopib оching.
- Fаqаt ekrаngа qаrаmаng.
- Tеz-tеz uzоq-uzоqlаrgа qаrаb turing.
X U L O S A - Hozirda kompyuterlarni qo‘llashda ko‘pgina foydalanuvchilar uchun yagona axborot makonini ta’riflovchi tarmoqlarni tashkil etish muhim ahamiyatga ega. Buni butun dunyo kompyuter tarmog‘i hisoblanmish Internet misolida yaqqol ko‘rish mumkin. Uzatish kanallari orqali o‘zaro bog‘langan kompyuterlar majmuiga kompyuterlar tarmog‘i deyiladi.
- Kompyuterlarning tarmoqqa birlashishi qimmatbaho asbob-uskunalar – katta hajmli disk, printerlar, asosiy xotiradan birgalikda foydalanish, umumiy dasturli vositaga va ma’lumotga ega bo‘lish imkonini beradi. Global tarmoqlar tufayli olisdagi kompyuterlarning apparat resurslaridan foydalanish mumkin.
- Men malakaviy bitiruv ishimda zamonaviy kompyuterlardan foydalanib, kelajakda har bir soha uchun foydali qirralarini ochib berishga xarakat qildim. 2020-2022 o`quv yillari davomida men ustozlarimdan kompyuterda ishlash sirlarini, qonun-qoidalarni mukammal o`rgandim va ishlab chiqarish va diplom oldi amaliyotida qo`llashga xarakat qildim.
- Men shu olgan bilimlarimni kelajakda egallagan kasbim bo`yicha eng songgi rusumdagi kompyuter va axborot texnologiyalari bilan jihozlangan xonalarga ega bo`lgan maskanlarda ish yuritishimda qo`l kelishiga ishonaman.
Do'stlaringiz bilan baham: |