Urganch ranch texnologiya universiteti maktabgacha ta’lim psixologiyasi va pedagogikasi yo’nalishi


Download 65.52 Kb.
Sana07.10.2023
Hajmi65.52 Kb.
#1694546
Bog'liq
8mavzu

URGANCH RANCH TEXNOLOGIYA UNIVERSITETI

Maktabgacha ta’lim psixologiyasi va pedagogikasi yo’nalishi



__ kurs ____-guruh talabasi

__________________________________________________ning

“Psixologiya nazariyasi va tarixi ” fanidan tayyorlagan

MUSTAQIL ISHI


Mavzu: Shaxs haqida tushuncha. “Men” obrazi va o’z o’ziga baho berish


Topshirdi: _______________________
Qabul qildi: _______________________


Reja:

1 Shaxsning “men” obrazi va “men” konsepsiyalari.

2. SHaxsning «Men» – obrazi va o‘z-o‘ziga baho berishi muammosi

3.  ”Men” obrazi va o’z-o’zini baholash tizimining shakllanishi


4. Xulosa


5 Foydalanilgan internet saytlari


“Men” konsepsiyasi”(inglizcha self-concept) – insonning o’zi haqidagi tasavvurlarining rivojlanib boruvchi tizimi, uning tarkibiga: a) o’zining jismoniy, intelektual, xarakterologik, ijtimoiy va boshqa xususiyatlarini idrok qilish; b) o’z-o’ziga baho berish; v) shaxsiyatga tasir o’tkazuvchi tashqi omillarni subyektiv idrok etishkiradi. “Men” konsepsiyasi tushunchasi 1950- yillarda fenomenologik, gumanistik psixologiya yo’nalishlari ichida paydo bo’lgan. (A.Maslou, K.Rodjers), bixeviorist va freydistlarga ko’ra, insonning “Men”i uning axloq va rivojlanishning asosiy omili sifatida umumiy ko’rib chiqishiga intilishgan. “Men” konsepsiyasi shakllanishiga simvolik interaksionizm (Ch.Kuli, D.Mid) va identifikatsiyalash konsepsiyasi (E.Erikson) muhim ta’sir ko’rsatgan. Biroq birinchi nazariy ishlanmalar shu yo’lda U.Djeyms tomonidan olib borilgan. U birinchi bo’lib, shaxsning global “Men” ni (Self) o’zaro bog’langan “Men-yaratuvchi” (I) va “Men-obyekt”ga (Me) bo’lgan.


“Men” konsepsiyasini ko’pincha yo’naltirilgan tushunchalar sifatida aniqlanadi, uning ichida uchta tarkibiy qisimlarni ajratadi;
Kongnitiv qism – “Men” qiyofam (ingl. Self-image), o’z ichiga shaxsning o’zi haqida taassurotni qamrab oladi;
Emotsional-qadriyatlar (affektiv) –o’ziga shaxs sifatida, o’z faoliyatiga bo’lgan munosabati. Bu tarkibiy qism, boshqacha aytganda, o’z-o’ziga baho berish tizimini ichiga o’zini baholash tizimi (angl. self-esteem) kiradi;
Axloqiy fe’l-atvor qism, bu kognitiv va baholash qismlarining fe’l-atvorida namoyon bo’lishini xarakterlaydi. Masalan: nutqda, o’zi haqidagi fikrlarda o’zini anglab ko’rsatadi.
“Men” konsepsiyasi – bir butun hosila va uning barcha tarkibiy qismlari mustaqil mantiqiga ega bo’lsa ham, o’zaro chambarchas bog’liqdir. Bu konsepsiya seziladigan va sezilmaydigan jihatlardan iborat va o’zi haqida taqdimotlari, ularning murakkabligi va xilma-xilligi, shaxs uchun ularninng subyektiv ahamiyati, shuningdek, ichki yaxlitli va izchillik, uyg’unlik, vaqtga bardoshliligi nuqtaiy nazardan ta’riflanadi.
Adabiyotlarda “Men” konsepsiyasini yagona tafsifi haligacha mavjud emas.Masalan, R.Berne “Men” konsepsiyasini ierarxiyaga asosalngan tuzilma ko’rinishida taqdim etadi. Uning cho’qqisi global “Men” konsepsiyasi shaxsning o’zi haqida tushunchalarini kiritadi. Bu tushunchalar har xil turlariga xos:
1. Real “Men” (“Men kimman”);
2. Ideal “Men”(“Meni kim bo’lishni istayman - intilaman).
3. Oynali “Men” (“Meni qanday baholashadi).
Bularning har bir turi bir qator jihatlarni o’z ichiga qamrab oladi- jismoniy “Men”, ijtimoiy “Men”, aqliy “Men”, emotsional “Men” bo’ladi, shaxsning rivojlanishi nufuzli manba sifatida xizmat qiladi, biroq ular orasidagi jiddiy ziddiyatlar shaxsning ichki mojarolar va negativ qayg’urishlar manbasiga aylanishi mumkin.
Shaxsning faoliyatiga ko’ra - organizm, ijtimoiy individ yoki shaxs darajasida namoyon bo’lishiga qarab, “Men” konsepsiyasining uchta bosqichi ajratiladi:
1) ”organizm-muhit” darajasi - jismoniy “Men” obraz, (tana sxemasi) organizmning jismoniy samaradorlikga bo’lgan ehtiyoji;
2) “ijtimoiy individ” darajasida – ijtimoy o’zlikni, jins, yosh, etnik fuqarolik, ijtimoiy rol bular shaxsning jamiytga a’zo bo’lishi ehtiyoji bilan bog’langan.
3) ”Shaxs” darajasida - “Men”ning farqlanuvchi obrazi, o’zi haqidagi fikrlarni aniqlash ehtiyojini ta’minlaydigan, boshqa shaxslar bilan solishtirganda o’zi haqida ta’riflovchi fikrlarini va o’zining noyoblik hissini beruvchi, o’zini ko’rsatishga bo’lgan ehtiyojni ta’minlovchi daraja.
Amerikalik psixolog U.Jeyms o‘zining psixologik nazariyasida XX asrning boshlaridayoq shaxs «Men» siymosining eng muhim tarkibiy qismi o‘zini hurmat qilishi haqiqatan ham erishgan yutuqlarining kishi da’vogarlik qilgan, mo‘ljallangan narsalarga munosabati bilan belgilanishi haqida umuman to‘g‘ri fikr bildirgan edi. U surati individning real muvaffaqiyatlarini, maxraji esa shaxs intilishlarini ifoda etadigan formulani: muvaffaqiyat, o‘zini hurmat qilish, intilishlarni taklif etgan edi. Ma’lumki, surati oshib, maxraji kamayganda kasr kattalashadi. Shu sababli kishi o‘zini hurmat qilishini saqlab qolishi uchun ayrim hollarda eng ko‘p kuch va g‘ayrat sarflashi va o‘zini hurmat qilishini saqlab qolishi shart bo‘lib, bu ko‘pincha murakkab vazifa hisoblansa, boshqa bir yo‘li intilishlarining darajasini pasaytirishdan iborat. Bunda hatto eng kamtarona muvaffaqiyatlarga erishganda ham o‘zini hurmat qilish hissi yo‘qolmaydi.
Psixologik muhofaza faqat intilishlar darajasini pasaytirish hollaridan iborat emas. Bu psixologik qulaylikning buzilishi «Men» siymosining mavjud bo‘lishiga xavf tug‘diradigan his-tuyg‘ularni bartaraf etish va uni mazkur holatlar uchun maqbul va mumkin bo‘lgan darajada saqlab qolish maqsadida shaxs qo‘llaydigan alohida yo‘naltiruvchi tizimdan iboratdir. «Psixologik muhofaza» tushunchasiga yaqin «muhofaza mexanizmlari» tushunchasini psixoanaliz maktabining yetakchisi Z.Freyd ishlab chiqqan edi. U bu tushunchani shaxsni biologik mavjudot deb hisoblaydigan mexanistik falsafa nuqtai nazaridan talqin qilgan edi. Z.Freyd kishining ongsiz instinktlari (asosan shahvoniy hirsi) ongli «Menning muhofaza mexanizmlari», shaxsning «ichki senzurasi» bilan to‘qnashib qoladi va buning natijasida turli o‘zgarishlarga uchraydi, deb taxmin qilarkan, psixologik muhofazaning noto‘g‘ri talqin etilishiga yo‘l qo‘ygan edi. Masalan psixologik muhofazaning mexanizmlaridan biri o‘z maqsadiga erishish yo‘lidagi g‘ovlarni bartaraf eta olmagan va frustratsiyaga tushgan paytda ro‘y beradigan tajovuzkorlikdan iboratdir. Hayot uslubini ishlab chiqishda boshlang’ich nuqta odamning o’zi haqidagi tasavvurlari ekan, o’zini anglashning individual variativligini ko’rib chiqish darkor.
Insonni o’zi haqidagi tasavvurlari, g’oyalari, baholari va xulq-atvor tendensiyalari yig’indisi “Men” konsepsiyasi deb ataladi. Boshqacha qilib aytganda, “Men” konsepsiyasi subyektni o’zi haqidagi eng umumiy ustanovkalari tizimidir. “Men” konsepsiyasi odamni turli sohalarda muvaffaqiyatini va zaif tomonlarini belgilaydi va 3 ta rolni bajaradi.
Birinchidan – shaxsning ichki o’zaro roziligiga erishishga turtki beradi;
Ikkinchidan – odamni tajribasini izohlaydi;
Uchinchidan – kutishni manbasi bo’ladi.
“Men” konsepsiyasi hamma shaxsiy va xarakterli jarayonlarni muvofiqlashtiruvchisi bo’lib aks etadi. “Men” konsepsiyasi o’zini kelib chiqishiga ko’ra asosan fenotipli havotirni irsiy darajasi va nerv tizimi xususiyatlari bilan mustaxkamlanadigan birlashma. Uni U.Djeyms orginal formulasi bo’yicha hisoblash mumkin. Yoshlikda o’z-o’zini baholash tashqi baholar ta’sirida shakllanadi, bu esa keyinchalik interiorizatsiyalanib o’ziga nisbatan munosabatga aylanadi.
O’z-o’ziga baho berish to’g’ridan to’g’ri shaxsning ijtimoiy adaptatsiyasi va dezadaptatsiyasi bilan bog’liq. Voyaga yetmagan qonunbuzarlarning o’ziga-o’zi baho berish haqidagi bugungi ma’lumotlarning ziddiyatli ekanligiga qaramay, o’smirning asotsial va delikvent fe’li va o’ziga-o’zi baho berishning o’zaro bog’liqligi haqida tasavvurlari amalda umumqabul qilingandir. Bahslar esa asosan qonunbuzarning o’z-o’ziga baho berishi qanday holatda salbiy yoki ijobiy ekanligiga borib taqaladi. Empirik tadqiqotlarga asoslangan va eng keng tarqalgan pozitsiyaga ko’ra, o’smir – delinkventlar, va yoshi katta qonunbuzarlarning ham o’ziga-o’zi baho berishi yuqoridir. Shu bilan bog’liq ravishda qayd etiladiki, shaxsning ijtimoiy dezadaptatsiyasi bilan bog’liq yuqori, noadekvat baho keng ixtilof zonasini yoritadi va ma’lum shart – sharoitlarda delingvent fe’l-atvorning namoyon bo’lishiga olib keladi.
Shu bilan birga eksperimental ma’lumotlarga asoslangan boshqa nuqtayi nazar ham mavjud. Ushbu nuqtayi nazar tarafdorlarining fikriga qaraganda, voyaga yetmagan qonunbuzarlarning o’ziga-o’zi baho berish darajasi boshqa o’smirlarga nisbatan pasroq. Teskari natijalar olingan tadqiqotlarning ko’pchiligi esa, ushbu konsepsiya tarafdorlarining fikricha, metodik nuqtai nazardan to’g’ri emasdir. Bir qator tadqiqotlarda ko’rsatilgandek, yosh jinoyatchilarda hamda “qiyin” o’smirlar bilan shug’ullanuvchi jmoat tashkilotlari e’tiboriga tushganlarda “Men” konsepsiyasi salbiydir. Ushbu yo’nalishdagi ishlarda ko’rsatilganidek, yomon “Men” konsepsiyasi (o’ziga ishonchning zaifligi, rad javobi eshitishdan qo’rqish, o’z-o’ziga baho berishning pasligi) shakllangach, fe’l-atvorning buzilishiga olib keladi. Bunda salbiy “Men” konsepsiyasining quydagi ta’sirlari ajratib ko’rsatiladi. (X.Remshmidt):
O’z-o’ziga bo’lgan hurmatning pasayishi va ko’pincha buning oqibatida ijtimoiy tanazzul, agressivlik va jinoyatchilik.
Qiyin vaziyatlarda konformistik reaksiyalar stimulyatsiyasi bo’lib, bunday yosh odamlar guruhlarning ta’siriga juda tez tushadi va jinoiy hatti-xarakatlarga kirishib ketadi.
Idrokdagi chuqur o’zgarishlar o’zini salbiy baholaydigan yosh insonlar yaxshi ishlar bajarayotganini bazo’r idrok etadi, chunki o’zini bunday ishlarga qodir emas deb hisoblaydi.
Umuman olganda, qayd etib o’tish kerakki, zamonaviy psixologiyada o’smir qonunbuzarning o’ziga past yoki yuqori baho berish haqidagi ma’lumotlarda ma’lum qarama-qarshiliklar ko’zga tashlanadi. Bunday ziddiyat paydo bo’lganda, fanda boshqacha konsepsiya, tavsifiy kuchga ega va ziddiyatlarni hal qiluvchi uchinchi yondashuvni ishlab chiqishga bo’lgan ehtiyoj dolzarblashadi.
Zigmund Freyd shaxs nazariyasini rivojlantirish barobarida boshqa olimlarning fikrlariga qarshi chiqqan holda, nisbatan boshqacharoq tarzda asoslab bergan. Uning fikriga ko‘ra «individ — doimo jamiyat bilan nizoda bo‘ladi» deb ta’kidlaydi. Ya’ni «insonning biologik ehtiyojlari (ayniqsa jinsiy ehtiyojlari) jamiyatdagi mavjud madaniyat me’yorlariga zid boiib, shaxs o‘z ehtiyojlarini qondirish jarayonida bu me’yorlar bilan albatta to‘qnash keladi.
Shaxsning o‘z-o‘zini anglashi, ya’ni o‘zidagi mavjud sifatlarni konkret baholash jarayoni ko‘pincha shaxs tomonidan og‘ir kechadi, ya’ni inson tabiati shundayki, u o‘zidagi jamiyat me’yorlariga to‘g‘ri kelmaydigan yomon sifatlarni anglamaslikka, bekitishga harakat .qiladi. Hattoki bunday tasavvurlar ongsizlik sohasiga siqib chiqariladi. Bu ataylab qilinadigan ish bo‘lmay, u har bir shaxsdagi o‘z shaxsiyatini o‘ziga xos psixologik himoyalash mexanizmidir. Bunday himoya mexanizmi shaxsni ko‘pincha turli xil yomon asoratlardan, hissiy kechinmalardan asraydi.
Z. Freydning klassik psixoanaliz nazariyasiga ko‘ra, «Men» konsepsiyasi inson psixikasining strukturali komponenti hisoblanadi, boshqacha aytganda, Zigmund Freyd shaxs shakllanishining psixik strukturasini uch asosiy qismga bo‘lib ko‘rsatadi:
1. Id («U»). Bu shaxsga berilgan tug‘ma reflekslar bilan bogliq holda mavjud bo‘lgan instinktiv ehtiyojlarning asosi. Rohat olish uchun yo‘naltirilgan energiya manbai. «U» organizmning ovqatlanishi va kerakli ehtiyojlarini qondirish funksiyasini bajaradi.
2. Ego («Men»). Insonning atrof-muhitda o‘zini tutishini, xulq-atvorini yo‘lga solib turadigan funksiyani bajaradi. Ego reallik prinsipi orqali boshqariladi. Masalan, inson och qolganda, Ego uni zaharli mevalarni iste’mol qilishdan asrab qoladi, ya’ni taqiqlab qo‘yadi.
3. Superego («Oliy Men»). U ideal ota-ona funksiyasini bajaradi. Superego insonning xulq-atvorini yo‘lga solib turadi va ota-onalarning standartlariga asosan uning jamiyatda shakllanishiga yordam beradi.
Bu uchta komponent bolaning shaxs bo‘lib shakllanishida muhim rol o‘ynaydi. Bolalar reallik prinsipiga, shuningdek, Ego va Superegoning talablariga rioya qilishlari kerak. Ego Super egoning jazolashlari va xatti-harakatlari uchun javobgardir. Shu orqali inson o‘z aybini va mag‘rurligini his qiladi.Freyd nazariyasiga kola, jamiyatda tarixan tarkib topgan odatlar, axloqiy prinsiplar, ijtimoiy «senzura»ning mavjudligi tufayli jinsiy mayl to‘g‘ridan to‘g‘ri to‘siladi. Shuning uchun ham ba’zi kishilarda bu ongsiz tabiiy mayl bilan anglab turilgan vaziyat o‘rtasida ichki ruhiy nizo paydo bo‘ladi, bunday to‘qnashuvlar ba’zan barqaror asab kasalliklariga (nevrozga) olib keladi. Kishilik jamiyatida ko‘pchilik kishilarning hayoti davomida bu tabiiy ongsiz mayl energiyasi mehnat faoliyatiga, aqliy va ijodiy faoliyatga qaratiladi va sarf etiladi. Hayotning yuksak sohasiga energiyaning shu tariqa ko‘chirilishi sublimatsiya deyiladi.
«Men» siymosi — ijtimoiy munosabatlarning ham shart-sharoiti, ham oqibatidir. Mutaxassislar shaxsda amalda birgina uning «Men» siymosini emas, balki, navbatma-navbat goh o‘zini anglashi, goh muayyan vaziyatda o‘zining ahamiyatini yo‘qotadigan ijtimoiy o‘zaro birgalikdagi harakatni qo‘yadigan va bir-birining o‘rnini egallab turadigan ko‘plab «Men» siymolar bo‘lishini qayd etishadi. O‘spirinlik davriga xos bo‘lgan talabchanlik asosida u «men o‘zimni yomon ko‘raman» deb gapirganda yoki o‘ylaganda, bunday baho berishni o‘spirinning «Men» siymosiga beradigan barqaror tasnifi sifatida tushunmaslik kerak. Ozgina vaqtdan keyin uning o‘zi haqidagi tasavvurlari butunlay qarama-qarshi tomonga o‘zgarib qolishi ham ko‘p kuzatiladigan holatdir.
L.S. Vigotskiyning ta’rifiga ko‘ra, o‘z-o‘zini anglash bu — insonning o‘zi haqidagi tasavvurlarining dinamik tizimi bo‘lib, o‘zining jismoniy, intellektual va boshqa turli sifatlarini anglash bilan yuzaga keladi. Ushbu sifatlariga o‘z-o‘zining beradigan bahosida tashqi omillar, munosabatlar ham ta’sir etishi mumkin.
O‘z-o‘zini anglash ijtimoiylashuv va tarbiya jarayonlari bilan uzviy bog‘liq ekanligini ta’kidlash bu muammoning aynan ijtimoiy psixologik mohiyatga ega ekanligini anglashga yordam beradi. «Men» obrazi ma’lum vaziyatlarga qarab farqlanishi mumkin (masaian, individning o‘zini his qilishi, kayfiyati ham bunga ta’sir ko‘rsatadi), inson o‘zining muayyan fazilatlarini sezishi O‘z-o‘zini anglash natijasida yuzaga keladi. Ijtimoiy normalar, sanksiyalar, rollar ijtimoiy mexanizmlar sifatida shaxs xulq-atvorini ma’lum ma’noda boshqarib, muvofiqlashtirib turishga yordam beradi. Lekin insonning komilligi, uning axloq - ijtimoiy normalar doirasidagi maqbul harakati uning o‘ziga ham bog‘liqdir. Odamning o‘z - o‘zini anglashi, bilishi va o‘z ustida ishlashi avvalo uning diqqati, ongi bevosita o‘ziga, o‘z ichki imkoniyatlari, qobiliyatlari, hissiy kechinmalariga qaratilishini taqozo etadi. YA’ni, ijtimoiy xulq - shaxs tomonidan uni o‘rab turgan odamlar, ularning xulq-atvorlariga e’tibor berishdan tashqari, o‘zining shaxsiy harakatlari, ularning oqibatlarini muntazam tarzda tahlil qilib borish orqali, rollarni muvofiqlashtirishni ham taqozo etadi.
SHaxsning o‘zi, o‘z xulq-atvori xususiyatlari, jamiyatdagi mavqeini tasavvur qilishidan hosil bo‘lgan obraz – “Men” - obrazi deb atalib, uning qanchalik adekvatligi va reallikka yaqinligi shaxs barkamolligining mezonlaridan hisoblanadi.
“Men” - obrazining ijtimoiy psixologik ahamiyati shundaki, u shaxs tarbiyasining va tarbiyalanganligining muhim omillaridan hisoblanadi. SHu nuqtai nazardan olib qaralganda, tarbiya shaxsning o‘zi va o‘z sifatlari to‘g‘risidagi tasavvurlarining shakllanishi jarayonidir, deb ta’rif berish mumkin. Demak, har bir inson o‘zini, o‘zligini kanchalik aniq va to‘g‘ri bilsa, tasavvur qilolsa, uning jamiyat normalariga zid harakat qilish extimoli ham shunchalik kam bo‘ladi, ya’ni u tarbiyalangan bo‘ladi.
O‘z-o‘zini anglash, o‘zidagi mavjud sifatlarni baholash jarayoni ko‘pincha konkret shaxs tomonidan og‘ir kechadi, ya’ni inson tabiati shundayki, u o‘zidagi o‘sha jamiyat normalariga to‘g‘ri kelmaydigan, no’maqul sifatlarni anglamaslikka, ularni “yashirishga” harakat qiladi, hattoki, bunday tasavvur va bilimlar ongsizlik sohasiga sikib chiqariladi (avstriyalik olim Z. Freyd nazariyasiga ko‘ra). Bu ataylab qilinadigan ish bo‘lmay, u har bir shaxsdagi o‘z shaxsiyatini o‘ziga xos himoya qilish mexanizmidir. Bunday himoya mexanizmi shaxsni ko‘pincha turli xil yomon asoratlardan, hissiy kechinmalardan asraydi. Lekin shuni alohida ta’kidlash lozimki, “Men” - obrazining ijobiy yoki salbiyligida yana o‘sha shaxsni o‘rab turgan tashqi muhit, o‘zgalar va ularning munosabati katta rol o‘ynaydi. Odam o‘zgalarga qarab, guyoki oynada o‘zini ko‘rganday tasavvur qiladi. Bu jarayon psixologiyada refleksiya deb ataladi. Uning mohiyati - aynan o‘ziga o‘xshash odamlar obrazi orqali o‘zi to‘g‘risidagi obrazni shakllantirish, jonlantirishdir. Refleksiya “Men” - obrazi egasining ongiga taalluqli jarayondir. Masalan, ko‘chada bir tanishingizni uchratib qoldingiz. Siz tinmay unga o‘z yutuqlaringiz va mashg‘ulotlaringiz haqida gapirmoqdasiz. Lekin gap bilan bo‘lib, uning qaergadir shoshayotganligiga e’tibor bermadingiz. SHu narsani siz uning betoqatlik bilan sizni tinglayotganligidan, hayoli boshqa erda turganligidan bilib qolasiz va shu orqali ayni shu paytda “maxmadona, laqmaroq” bo‘lib qolganingizni sezasiz. Keyingi safar shu o‘rtog‘ingiz bilan uchrashganda, oldingi hatoga yo‘l qo‘ymaslik uchun “O‘rtoq, shoshmayapsanmi?” deb so‘rab ham qo‘yasiz. Ana shu ilgarigi refleksiyaning natijasidir. YA’ni, suhbatdosh o‘rniga turib, o‘zingizga tashlangan nazar («men unga qanday ko‘rinyapman?») - refleksiyadir.
SHaxsning o‘zi haqidagi obrazi va o‘z-o‘zini anglashi Yosh va jinsiy o‘ziga xoslikka ega. Masalan, o‘ziga nisbatan o‘ta qiziquvchanlik, kim ekanligini bilish va anglashga intilish ayniqsa, o‘smirlik davrida rivojlanadi. Bu davrda paydo bo‘ladigan «kattalik» hissi qizlarda ham, o‘smir yigitchalarda ham nafaqat o‘ziga, balki o‘zgalar bilan bo‘ladigan munosabatlarini ham belgilaydi. Qizlardagi “Men” - obrazining yaxshi va ijobiy bo‘lishi ko‘proq bu obrazning ayollik sifatlarini o‘zida mujassam eta olishi, ayollik xislatlarining o‘zida ayni paytda mavjudligiga bog‘liq bo‘lsa, yigitlardagi obraz ko‘proq jismonan barkamollik mezonlari bilan nechog‘li uyg‘un ekanligiga bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun ham o‘smirlikda o‘g‘il bolalardagi bo‘yning pastligi, muskullarning zaifligi va shu asosda qurilgan “Men” - obrazi qator salbiy taassurotlarni keltirib chiqaradi. Qizlarda esa tashqi tarafdan go‘zallikka, kelishganlik, odob va ayollarga xos qator boshqa sifatlarning bor - yo‘qligiga bog‘liq xolda “Men” obrazi mazmunan idrok qilinadi. Qizlarda ham ortiqcha vazn yoki terisida paydo bo‘lgan ayrim toshmalar yoki shunga o‘xshash fiziologik nuqsonlar kuchli salbiy emotsiyalarga sabab bo‘lsa-da, baribir, chiroyli kiyimlar, taqinchoqlar yoki sochlarning o‘ziga xos turmagi bu nuqsonlarni bosib ketadigan omillar sifatida qaraladi.
“Men” - obrazi asosida ham bir shaxsda o‘z-o‘ziga nisbatan baholar tizimi shakllanadiki, bu tizim ham obrazga mos tarzda har xil bo‘lishi mumkin. O‘z-o‘ziga nisbatan baho turli sifatlar va shaxsning orttirilgan tajribasi, shu tajriba asosida yotgan yutuqlariga bog‘liq xolda turlicha bo‘lishi mumkin. YA’ni, ayni biror ish, yutuq yuzasidan ortib ketsa, boshqasi ta’sirida - aksincha, pastlab ketishi mumkin. Bu baho aslida shaxsga boshqalarning real munosabatlariga bog‘liq bo‘lsa-da, aslida u shaxs ongi tizimidagi mezonlarga, ya’ni, uning o‘zi sub’ektiv tarzda shu munosabatlarni qanchalik qadrlashiga bog‘liq tarzda shakllanadi. Masalan, maktabda bir fan o‘qituvchisining bolaga nisbatan ijobiy munosabati, doimiy maktovlari uning o‘z-o‘ziga bahosini oshirsa, boshqa bir o‘qituvchining salbiy munosabati ham bu bahoni pastlatmasligi mumkin. YA’ni, bu baho ko‘proq shaxsning o‘ziga bog‘liq bo‘lib, u sub’ektiv xarakterga egadir.
O‘z-o‘ziga baho nafaqat haqiqatga yaqin (adekvat), to‘g‘ri bo‘lishi, balki u o‘ta past yoki yuqori ham bo‘lishi mumkin.
O‘z-o‘ziga bahoning past bo‘lishi ko‘pincha atrofdagilarning shaxsga nisbatan qo‘yayotgan talablarining o‘ta ortiqligi, ularni uddalay olmaslik, turli xil e’tirozlarning doimiy tarzda bildirilishi, ishda, o‘qishda va muomala jarayonidagi muvaffaqiyatsizliklar oqibatida hosil bo‘lishi mumkin. Bunday o‘smir yoki katta odam ham, doimo tushkunlik holatiga tushib qolishi, atrofdagilardan chetrokda yurishga harakat qilishi, o‘zining kuchi va qobiliyatlariga ishonchsizlik qayfiyatida bo‘lishi bilan ajralib turadi va bora-bora shaxsda qator salbiy sifatlar va hatti-harakatlarning paydo bo‘lishiga olib keladi. Hattoki, bunday holat suitsidal harakatlar, ya’ni o‘z joniga qasd qilish, real borligidan «qochishga» intilish psixologiyasini ham keltirib chiqarishi mumkin.
O‘z-o‘ziga baho o‘ta yuqori ham shaxs xulq-atvoriga yaxshi ta’sir ko‘rsatmaydi. CHunki, u ham shaxs yutuqlari yoki undagi sifatlarning boshqalar tomonidan sun’iy tarzda bo‘rttirilishi, noo‘rin maqtovlar, turli qiyinchiliklarni chetlab o‘tishga intilish tufayli shakllanadi. Ana shunday sharoitda paydo bo‘ladigan psixologik holat «noadekvatlilik effekti» deb atalib, uning oqibatida shaxs hattoki, mag‘lubiyatga uchraganda yoki o‘zida nochorlik, o‘quvsizliklarni sezganda ham buning sababini o‘zgalarda deb biladi va shunga o‘zini ishontiradi ham (masalan, «halaqit berdi-da», «falonchi bo‘lmaganida» kabi bahonalar ko‘payadi). YA’ni, nimaiki bo‘lmasin, aybdor o‘zi emas, atrofdagilar, sharoit, taqdir aybdor. Bundaylar haqida bora-bora odamlar «oyog‘i erdan o‘zilgan», «manmansiragan», «dimog‘dor» kabi sifatlar bilan gapira boshlaydilar. Demak, o‘z-o‘ziga baho realistiq, adekvat, to‘g‘ri bo‘lishi kerak.
Realistik baho shaxsni o‘rab turganlar - ota-ona, yaqin qarindoshlar, pedagog va murabbiylar, qo‘ni-qo‘shni va yaqinlarning o‘rinli va asosli baholari, real samimiy munosabatlari mahsuli bo‘lib, shaxs ushbu munosabatlarni ilk Yoshligidanoq xolis qabul qilishga, o‘z vaqtida kerak bo‘lsa to‘g‘rilashga o‘rgatilgan bo‘ladi. Bunda shaxs uchun etalon, ibratli hisoblangan insonlar guruhi - referent guruhning roli katta bo‘ladi. CHunki biz kundalik hayotda hammaning fikri va bahosiga quloq solavermaymiz, biz uchun shunday insonlar mavjudki, ularning hattoki, oddiygina tanbehlari, maslahatlari, hattoki, maktab turib bergan tanbehlari ham katta ahamiyatga ega. Bunday referent guruh real mavjud bo‘lishi (masalan, ota-ona, o‘qituvchi, ustoz, yaqin do‘stlar), yoki noreal, hayoliy (kitob kaxramonlari, sevimli aktyorlar, ideal) bo‘lishi mumkin. Shuning uchun Yoshlar tarbiyasida yoki real jamoadagi odamlarga maqsadga muvofiq ta’sir yoki taz’yiq ko‘rsatish kerak bo‘lsa, ularning etalon, referent guruhini aniqlash katta tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘ladi.
SHunday qilib, o‘z-o‘ziga baho sof ijtimoiy hodisa bo‘lib, uning mazmuni va mohiyati shaxsni o‘rab turgan jamiyat normalariga, shu jamiyatda qabul qilingan va e’zozlanadigan qadriyatlarga bog‘liq bo‘ladi. Keng ma’nodagi yirik ijtimoiy jamoalar etalon rolini o‘ynashi oqibatida shakllanadigan o‘z-o‘ziga baho - o‘z-o‘zini baholashning yuksak darajasi hisoblanadi. Masalan, mustaqillik sharoitida mamlakatimiz Yoshlari ongiga milliy qadriyatlarimiz, vatanparvarlik, adolat va mustaqillik mafkurasiga sadoqat hislarining tarbiyalanishi, tabiiy, har bir Yosh avlodda o‘zligini anglash, o‘zi mansub bo‘lgan halq va millat ma’naviyatini kadrlash hislarini tarbiyalamoqda. Bu esa, o‘sha yuksak o‘z-o‘zini anglashning poydevori va muhim shakllantiruvchi mexanizmidir. O‘z-o‘ziga nisbatan baho turli sifatlar va shaxsning tajribasi, shu tajriba asosida erishgan yutuqlariga bog‘liq holda turlicha bo‘lishi mumkin. Ya’ni, ayni biror ish yutuq yuzasidan or- tib ketsa, boshqasi ta’sirida, aksincha, pastlab ketishi mumkin. Bu baho aslida shaxsga, boshqalarning real munosabatlariga bog‘liq bo‘lsa-da, aslida shaxs shu munosabatlarni qanchalik qadrlashiga bog‘liq tarzda shakllanadi. Masalan, maktabda bir fan o‘qituvchisining bolaga nisbatan ijobiy munosabati, doi- miy maqtovlari uning o‘z-o‘ziga bahosini oshirsa, boshqa bir o‘qituvchining salbiy munosabati ham bu bahoni pastlatmas- ligi mumkin. Ya’ni, bu baho ko‘proq shaxsning o‘ziga bog‘liq bo‘lib, u subyektiv xarakterga egadir.
O‘z-o‘ziga baho nafaqat haqiqatga yaqin (adekvat), to‘g‘ri bo‘lishi, balki u o‘ta past yoki yuqori bo‘lishi ham mumkin.
O‘z-o‘ziga bahoning past bo‘lishi ko‘pincha atrofdagilarning shaxsga nisbatan qo‘yayotgan talablarining o‘ta ortiqligi, ularni uddalay olmaslik, turli e’tirozlarning doimiy tarzda bildirilishi, ishda, o‘qishda va muomala jarayonidagi muvaffaqiyatsizliklar oqibatida hosil bo‘lishi mumkin. Bunday o‘smir yoki katta odam ham, doimo tushkunlik holatiga tushib qolishi, atrofdagilardan chetroqda yurishga harakat qilishi, o‘zining kuchi va qobiliyatlariga ishonchsizlik kayfiyatida bo‘lishi bilan ajralib turadi va bora-bora shaxsda qator salbiy sifatlar va xatti-harakatlarning paydo bo‘lishiga olib keladi. Hattoki, bunday holat suisidal harakatlar, ya’ni o‘z joniga qasd qilish, real borliqdan «qochishga» intilish psixologiyasini ham keltirib chiqarishi mumkin.
O‘z-o‘ziga baho o‘ta yuqori bo‘lishi ham shaxs xulq-atvoriga yaxshi ta’sir ko‘rsatmaydi. Chunki, u ham shaxs yutuqlari yoki undagi sifatlarning boshqalar tomonidan sun’iy tarzda bo‘rttirilishi, noo‘rin maqtovlar, turli qiyinchiliklarni chet- lab o‘tishga intilish tufayli shakllanadi. Ana shunday sharoitda paydo bo‘ladigan psixologik holat «noadekvatlilik effekti» deb atalib, uning oqibatida shaxs hattoki, mag‘lubiyatga uchraganda yoki o‘zida nochorlikni, uquvsizlikni sezganda ham buning sababini o‘zgalarda deb biladi va shunga o‘zini ishontira- di (masalan, «xalaqit berdi-da», «falonchi bo‘lmaganida» kabi bahonalar ko‘payadi). Ya’ni, nimaiki bo‘lmasin aybdor o‘zi emas, atrofdagilar, sharoit, taqdir aybdor. Bundaylar haqida bora-bora odamlar «oyog‘i yerdan uzilgan», «manmansiragan», «dimog‘dor» kabi sifatlar bilan gapira boshlaydilar.
Realistik baho shaxsni o‘rab turganlar — ota-ona, yaqin qarindoshlar, pedagog va murabbiylar, qo‘ni-qo‘shni va yaqinlarning o‘rinli va asosli baholari, real, samimiy munosabatlari mahsuli bo‘lib, shaxs ushbu munosabatlarni ilk yoshligidanoq xolis qabul qilishga, o‘z vaqtida kerak bo‘lsa to‘g‘rilashga o‘rgatilgan bo‘ladi. Bunda shaxs uchun ibratli hisoblangan insonlar guruhi — refe­rent guruhning roli katta bo‘ladi. Chunki, biz kundalik hayotda hammaning fikri va bahosiga quloq solavermaymiz, biz uchun shunday insonlar mavjudki, ularning hattoki, oddiygina tanbehlari, maslahatlari hamda maqtab turib bergan tanbehlari ham katta ahamiyatga ega. Bunday referent guruh real mavjud bo‘lishi (masalan, ota-ona, o‘qituvchi, ustoz, yaqin do‘stlar) yoki noreal, xayoliy (kitob qahramonlari, sevimli aktyorlar, ideal) bo‘lishi mumkin. Shuning uchun yoshlar tarbiyasida hamda real jamoa- dagi odamlarga maqsadga muvofiq ta’sir yoki tazyiq ko‘rsatish kerak bo‘lsa, ularning etalon, referent guruhini aniqlash katta tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘ladi.
Shunday qilib, o‘z-o‘ziga baho sof ijtimoiy hodisa bo‘lib, uning mazmuni va mohiyati shaxsni o‘rab turgan jamiyat normalariga, shu jamiyatda qabul qilingan va e’zozlanadigan qadriyatlarga bog‘liq bo‘ladi. Demak, o‘z-o‘zini baholash o‘z- o‘zini tarbiyalashning muhim mezonidir. O‘z-o‘zini tarbiyalash omillari va mexanizmlariga esa quyidagilar kiradi:
o‘z-o‘zi bilan muloqot (o‘zini konkret tarbiya obyekti sifati­da idrok etish va o‘zi bilan muloqotni tashkil etish sifatida);
o‘z-o‘zini ishontirish (o‘z imkoniyatlari, kuchi va irodasi- ga ishonish orqali, ijobiy xulq normalariga bo‘ysundirish);
o‘z-o‘ziga buyruq berish (tig‘iz holatlarda o‘zini qo‘lga olish va maqbul yo‘lga o‘zini chorlay olish sifati);
o‘z-o‘ziga ta’sir (ijtimoiy normalardan kelib chiqqan hol­da o‘zida ma’qul normalarni shakllantirish);

ichki intizom — o‘z-o‘zini boshqarishning muhim me- zoni, har doim har yerda o‘zining barcha harakatlarini mun- tazam ravishda tuzatib borish.


Shaxsning qanday sifatlarga ega ekanligi, undagi baholarning obyektivligiga bog‘liq tarzda o‘z-o‘zi bilan muloqotga kirishib, jadvaldagiga muvofiq shaxs o‘zini nazorat qila oladi. Shuning uchun ham hayotda shunday kishilar uchraydiki, kat- ta majlisda ishi tanqidga uchrasa ham, o‘ziga xolis baho berib, kerakli to‘g‘ri xulosalar chiqara oladi, shunday odamlar ham borki, arzimagan xatolik uchun o‘z «ich-etini yeb tashlaydi». Bu o‘sha ichki dialogning har kimda har xil ekanligidan darak beruvchi faktlardir. Shaxsni maqsadga yo‘naltirilgan tarzda tarbiyalash sifati­da shakllantirish. A.S. Makarenko bu jarayonni «shaxsni loyi- halash» deb atagan. Bu pedagogik yondashuv shaxsni jamiyat talablariga javob beradigan bo‘lishi uchun nimalar qilish va qanday qilib shakllantirish kerakligini aniqlash zarur deb hisoblaydi. Pedagogika tarbiya jarayonida nima shakllantiril- gan bo‘lishi kerakligini aniqlaydi hamda o‘z usul va vositalarini tavsiya qiladi. Shaxsni shakllantirishda pedagogik va psixologik yondashuvni aralashtirib yuborib bo‘lmaydi. Turli davlat dasturlari, xususan «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da, «Bolajon» davlat dasturida belgilangan vazifalar o‘qituvchi-murabbiylar e’tiborini bolalarda mavj ud bo‘lgan shaxs xislatlariga emas, balki shakllantirish lozim bo‘lgan xislatlarga qaratadi. Bu ikki yondashuv aynan bir-biriga o‘xshamasa ham lekin bir-birini to‘ldiruvchi birlikni tashkil etadi.
Inson shaxsining rivojlanishi to‘rt manbaga: irsiyat, ijti­moiy muhit, ta’lim-tarbiya, shaxsi faollikka bog‘liqdir. Har bir odam o‘ziga xos ijtimoiy muhitda, ma’lum oilada, odam­lar orasida yashaydi. Tug‘ilgan kunidanoq atrofidagi odamlar bilan ma’lum ijtimoiy munosabatlarda bo‘ladi. Uzoq davom etadigan bu munosabatlarning hammasi shaxsning xulq- atvoriga ta’sir etadi. Yoshlik chog‘idanoq atrofidagi odamlar­ning fazilatlarini (mehnatsevarlik, halollik, rostgo‘ylik va aksi) o‘zlariga singdirib boradilar. Bu xususiyatlar keyinchalik shaxsiy sifatlarga aylanib qoladi.
Inson shaxsining tarkib topishiga tashqi ijtimoiy muhitning ta’siri haqida gap borar ekan, shuni ko‘rsatib o‘tish kerakki, ayrim g‘ayritabiiy hodisalar inson shaxsining tarkib topishiga tashqi muhit ta’sirining hal qiluvchi ahamiyatga ega ekan- ligini to‘la tasdiqlaydi. Bunda, ayrim tasodifiy hollarda odam bolalarining yovvoyi hayvonlar muhitiga tushib qolishi hodisa si nazarda tutiladi. Masalan, 1920-yilda Hindistonda, Kalkut- ta shahrining g‘arbiy-janubiga joylashgan Midnapura shahar- chasi yaqinidagi o‘rmonzorda doktor Sing ona bo‘ri va uning bolalari bilan birga chopib yurgan ikkita odam bolasini ko‘rib qoladi. Odam bolafari xuddi bo‘ri bolalari kabi to‘rt oyoqlab yugurib yurar edi. Doktor Sing bo‘ri uyasini topib, bolalarni olib keladi. Ularning ikkisi ham qiz bolalar bo‘lib, bittasi yet- ti-sakkiz yoshlar, ikkinchisi ikki-uch yoshlar chamasida edi. U bolalarning biriga Amala, ikkinchisiga Kamala deb nom beradi. Bu nodir hodisada shu narsa juda xarakterliki, bolalar yoshlikdan boshlab bo‘rilar muhitida yashaganliklari tufay­li tashqi ko‘rinishlari odam qiyofasida bo‘lsa ham, butun fe’l- atvorlari va xatti-harakatlari bo‘rilarga o‘xshab qolgan edi. Bu hodisa odamning shaxs sifatida tarkib topishi uchun eng avvalo insoniy muhit, ya’ni ijtimoiy muhit bo‘lishi shartligini to‘la tasdiqlaydi.
Oila va maktab tomonidan amalga oshiriladigan ta’lim-tar- biya jarayoni shaxsning shakllanishida muhim ahamiyatga ega. Hozirgi vaqtda oiladagi tarbiya ishlari ta’lim-tarbiya muassasa- lari ishlari bilan birga davlat tomonidan belgilangan dastur asosida berilmoqda. Uzoq muddat davomida bolaga beriladi- gan ijtimoiy ta’lim-tarbiya bolaning butun psixik taraqqiyotiga, unda shaxsiy psixologik xislatlarning tarkib topishiga ta’sir qilmay qolmaydi. Ta’lim muassasalarida fanlararo uzviy ravish- da uzluksiz beriladigan ta’lim-tarbiya ishlari bolalarda ma’lum bilim, malaka va ko‘nikmalarni hosil qiladi.
Shaxsning o‘zi, o‘z xulq-atvori xususiyatlari, jamiyatdagi mavqeini tasavvur qilishidan hosil bo‘lgan obraz - «Men» - obrazi deb atalib, uning qanchalik adekvatligi va reallikka yaqinligi shaxs barkamolligining mezonlaridan hisoblanadi.
«Men» - obrazining ijtimoiy psixologik ahamiyati shundaki, u shaxs tarbiyasining va tarbiyalanganligining muhim omillaridan hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan olib qaralganda, tarbiya shaxsning o‘zi va o‘z sifatlari to‘g‘risidagi tasavvurlarining shakllanishi jarayonidir, deb ta’rif berish mumkin. Demak, har bir inson o‘zini, o‘zligini kanchalik aniq va to‘g‘ri bilsa, tasavvur qilolsa, uning jamiyat normalariga zid harakat qilish extimoli ham shunchalik kam bo‘ladi, ya’ni u tarbiyalangan bo‘ladi.
O‘z-o‘zini anglash, o‘zidagi mavjud sifatlarni baholash jarayoni ko‘pincha konkret shaxs tomonidan og‘ir kechadi, ya’ni inson tabiati shundayki, u o‘zidagi o‘sha jamiyat normalariga to‘g‘ri kelmaydigan, no’maqul sifatlarni anglamaslikka, ularni «yashirishga» harakat qiladi, hattoki, bunday tasavvur va bilimlar ongsizlik sohasiga sikib chiqariladi (avstriyalik olim Z. Freyd nazariyasiga ko‘ra). Bu ataylab qilinadigan ish bo‘lmay, u har bir shaxsdagi o‘z shaxsiyatini o‘ziga xos himoya qilish mexanizmidir. Bunday himoya mexanizmi shaxsni ko‘pincha turli xil yomon asoratlardan, hissiy kechinmalardan asraydi. Lekin shuni alohida ta’kidlash lozimki, «Men» - obrazining ijobiy yoki salbiyligida yana o‘sha shaxsni o‘rab turgan tashqi muhit, o‘zgalar va ularning munosabati katta rol o‘ynaydi. Odam o‘zgalarga qarab, guyoki oynada o‘zini ko‘rganday tasavvur qiladi. Bu jarayon psixologiyada refleksiya deb ataladi. Uning mohiyati - aynan o‘ziga o‘xshash odamlar obrazi orqali o‘zi to‘g‘risidagi obrazni shakllantirish, jonlantirishdir. Refleksiya «Men» - obrazi egasining ongiga taalluqli jarayondir. Masalan, ko‘chada bir tanishingizni uchratib qoldingiz. Siz tinmay unga o‘z yutuqlaringiz va mashg‘ulotlaringiz haqida gapirmoqdasiz. Lekin gap bilan bo‘lib, uning qayergadir shoshayotganligiga e’tibor bermadingiz. Shu narsani siz uning betoqatlik bilan sizni tinglayotganligidan, hayoli boshqa yerda turganligidan bilib qolasiz va shu orqali ayni shu paytda «maxmadona, laqmaroq» bo‘lib qolganingizni sezasiz. Keyingi safar shu o‘rtog‘ingiz bilan uchrashganda, oldingi hatoga yo‘l qo‘ymaslik uchun «O‘rtoq, shoshmayapsanmi?» deb so‘rab ham qo‘yasiz. Ana shu ilgarigi refleksiyaning natijasidir. Ya’ni, suhbatdosh o‘rniga turib, o‘zingizga tashlangan nazar («men unga qanday ko‘rinyapman?») - refleksiyadir.
Shaxsning o‘zi haqidagi obrazi va o‘z-o‘zini anglashi yosh va jinsiy o‘ziga xoslikka ega. Masalan, o‘ziga nisbatan o‘ta qiziquvchanlik, kim ekanligini bilish va anglashga intilish ayniqsa, o‘smirlik davrida rivojlanadi. Bu davrda paydo bo‘ladigan «kattalik» hissi qizlarda ham, o‘smir yigitchalarda ham nafaqat o‘ziga, balki o‘zgalar bilan bo‘ladigan munosabatlarini ham belgilaydi. Qizlardagi «Men» - obrazining yaxshi va ijobiy bo‘lishi ko‘proq bu obrazning ayollik sifatlarini o‘zida mujassam eta olishi, ayollik xislatlarining o‘zida ayni paytda mavjudligiga bog‘liq bo‘lsa, yigitlardagi obraz ko‘proq jismonan barkamollik mezonlari bilan nechog‘li uyg‘un ekanligiga bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun ham o‘smirlikda o‘g‘il bolalardagi bo‘yning pastligi, muskullarning zaifligi va shu asosda qurilgan «Men» - obrazi qator salbiy taassurotlarni keltirib chiqaradi. Qizlarda esa tashqi tarafdan go‘zallikka, kelishganlik, odob va ayollarga xos qator boshqa sifatlarning bor - yo‘qligiga bog‘liq xolda «Men» obrazi mazmunan idrok qilinadi. Qizlarda ham ortiqcha vazn yoki terisida paydo bo‘lgan ayrim toshmalar yoki shunga o‘xshash fiziologik nuqsonlar kuchli salbiy emotsiyalarga sabab bo‘lsa-da, baribir, chiroyli kiyimlar, taqinchoqlar yoki sochlarning o‘ziga xos turmagi bu nuqsonlarni bosib ketadigan omillar sifatida qaraladi.
«Men» - obrazi va o‘z-o‘ziga baho
«Men» - obrazi asosida ham bir shaxsda o‘z-o‘ziga nisbatan baholar tizimi shakllanadiki, bu tizim ham obrazga mos tarzda har xil bo‘lishi mumkin. O‘z-o‘ziga nisbatan baho turli sifatlar va shaxsning orttirilgan tajribasi, shu tajriba asosida yotgan yutuqlariga bog‘liq xolda turlicha bo‘lishi mumkin. Ya’ni, ayni biror ish, yutuq yuzasidan ortib ketsa, boshqasi ta’sirida - aksincha, pastlab ketishi mumkin. Bu baho aslida shaxsga boshqalarning real munosabatlariga bog‘liq bo‘lsa-da, aslida u shaxs ongi tizimidagi mezonlarga, ya’ni, uning o‘zi sub’ektiv tarzda shu munosabatlarni qanchalik qadrlashiga bog‘liq tarzda shakllanadi. Masalan, maktabda bir fan o‘qituvchisining bolaga nisbatan ijobiy munosabati, doimiy maktovlari uning o‘z-o‘ziga bahosini oshirsa, boshqa bir o‘qituvchining salbiy munosabati ham bu bahoni pastlatmasligi mumkin. Ya’ni, bu baho ko‘proq shaxsning o‘ziga bog‘liq bo‘lib, u sub’ektiv xarakterga egadir.
O‘z-o‘ziga baho nafaqat haqiqatga yaqin (adekvat), to‘g‘ri bo‘lishi, balki u o‘ta past yoki yuqori ham bo‘lishi mumkin.
O‘z-o‘ziga bahoning past bo‘lishi ko‘pincha atrofdagilarning shaxsga nisbatan qo‘yayotgan talablarining o‘ta ortiqligi, ularni uddalay olmaslik, turli xil e’tirozlarning doimiy tarzda bildirilishi, ishda, o‘qishda va muomala jarayonidagi muvaffaqiyatsizliklar oqibatida hosil bo‘lishi mumkin. Bunday o‘smir yoki katta odam ham, doimo tushkunlik holatiga tushib qolishi, atrofdagilardan chetrokda yurishga harakat qilishi, o‘zining kuchi va qobiliyatlariga ishonchsizlik qayfiyatida bo‘lishi bilan ajralib turadi va bora-bora shaxsda qator salbiy sifatlar va hatti-harakatlarning paydo bo‘lishiga olib keladi. Hattoki, bunday holat suitsidal harakatlar, ya’ni o‘z joniga qasd qilish, real borligidan «qochishga» intilish psixologiyasini ham keltirib chiqarishi mumkin.
O‘z-o‘ziga baho o‘ta yuqori ham shaxs xulq-atvoriga yaxshi ta’sir ko‘rsatmaydi. Chunki, u ham shaxs yutuqlari yoki undagi sifatlarning boshqalar tomonidan sun’iy tarzda bo‘rttirilishi, noo‘rin maqtovlar, turli qiyinchiliklarni chetlab o‘tishga intilish tufayli shakllanadi. Ana shunday sharoitda paydo bo‘ladigan psixologik holat «noadekvatlilik effekti» deb atalib, uning oqibatida shaxs hattoki, mag‘lubiyatga uchraganda yoki o‘zida nochorlik, o‘quvsizliklarni sezganda ham buning sababini o‘zgalarda deb biladi va shunga o‘zini ishontiradi ham (masalan, «halaqit berdi-da», «falonchi bo‘lmaganida» kabi bahonalar ko‘payadi). Ya’ni, nimaiki bo‘lmasin, aybdor o‘zi emas, atrofdagilar, sharoit, taqdir aybdor. Bundaylar haqida bora-bora odamlar «oyog‘i yerdan o‘zilgan», «manmansiragan», «dimog‘dor» kabi sifatlar bilan gapira boshlaydilar. Demak, o‘z-o‘ziga baho realistiq, adekvat, to‘g‘ri bo‘lishi kerak.
Realistik baho shaxsni o‘rab turganlar - ota-ona, yaqin qarindoshlar, pedagog va murabbiylar, qo‘ni-qo‘shni va yaqinlarning o‘rinli va asosli baholari, real samimiy munosabatlari mahsuli bo‘lib, shaxs ushbu munosabatlarni ilk yoshligidanoq xolis qabul qilishga, o‘z vaqtida kerak bo‘lsa to‘g‘rilashga o‘rgatilgan bo‘ladi. Bunda shaxs uchun etalon, ibratli hisoblangan insonlar guruhi - referent guruhning roli katta bo‘ladi. Chunki biz kundalik hayotda hammaning fikri va bahosiga quloq solavermaymiz, biz uchun shunday insonlar mavjudki, ularning hattoki, oddiygina tanbehlari, maslahatlari, hattoki, maktab turib bergan tanbehlari ham katta ahamiyatga ega. Bunday referent guruh real mavjud bo‘lishi (masalan, ota-ona, o‘qituvchi, ustoz, yaqin do‘stlar), yoki noreal, hayoliy (kitob kaxramonlari, sevimli aktyorlar, ideal) bo‘lishi mumkin. Shuning uchun yoshlar tarbiyasida yoki real jamoadagi odamlarga maqsadga muvofiq ta’sir yoki taz’yiq ko‘rsatish kerak bo‘lsa, ularning etalon, referent guruhini aniqlash katta tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘ladi.
Shunday qilib, o‘z-o‘ziga baho sof ijtimoiy hodisa bo‘lib, uning mazmuni va mohiyati shaxsni o‘rab turgan jamiyat normalariga, shu jamiyatda qabul qilingan va e’zozlanadigan qadriyatlarga bog‘liq bo‘ladi. Keng ma’nodagi yirik ijtimoiy jamoalar etalon rolini o‘ynashi oqibatida shakllanadigan o‘z-o‘ziga baho - o‘z-o‘zini baholashning yuksak darajasi hisoblanadi. Masalan, mustaqillik sharoitida mamlakatimiz yoshlari ongiga milliy qadriyatlarimiz, vatanparvarlik, adolat va mustaqillik mafkurasiga sadoqat hislarining tarbiyalanishi, tabiiy, har bir yosh avlodda o‘zligini anglash, o‘zi mansub bo‘lgan halq va millat ma’naviyatini kadrlash hislarini tarbiyalamoqda. Bu esa, o‘sha yuksak o‘z-o‘zini anglashning poydevori va muhim shakllantiruvchi mexanizmidir.
Yuqoridagi o‘z-o‘zini boshqarish mexanizmlari orasida psixologik nuqtai nazardan o‘z- o‘zi bilan amalga oshiriladigan ichki dialog alohida o‘rin tutadi. O‘z-o‘zi bilan dialog - oddiy til bilan aytganda, o‘zi bilan o‘zi gaplashishdir. Aslida bu qobiliyat bizning boshqalar bilan amalga oshiradigan tashqi dialoglarimiz asosida rivojlanadi, lekin aynan ichki dialog muhim regulyativ rol o‘ynaydi. Sotsial intellektni o’lchashga mo’ljallangan birinchi ishonchli testni yaratgan J.Gilford uni umumiy intellekt omilidan mustasno bo’lgan va eng avvalo xulq-atvorga oid bo’lgan axborotlarni tushunishi bilan bog`liq bo’lgan intellektual qobiliyatlar tizimi sifatida o’rgangan.Dj.Gilfordning sotsial intellekt muammosining o’rganishdagi ulushini ko’proq metodik muammolarga qaratilganligi bilan izohlash o’rinlidir. U tomonidan sotsial intellektni o’rganish asosida o’zing shaxsiy intellekt kontsepsiyasini yaratishga muyassar bo’ldi. Olim sotsial intellekt muammosiga umumiy intellekt omiliga bog`liq bo’lmagan xulqiy axborotlarni bilish bilan bog`liq qobiliyatlar tizimi sifatida qaradi. Sotsial intellektni bu tarzda tushunish modeli Dj.Gilfordning intellekt strukturasining umumiy modelidan kelib chiqdi.Sotsial intellekt tarkibiga oltita bilish qobiliyatlari va oltita tuzgan testlari yordamida o’rganishga yo’naltirilgan divergent tafakkur qilishga qobiliyatlilikni kiritdi. G`oyalarning keyingi taraqqiyoti borasidagi yangi tushunchalar shaxslararo munosabat sohasidagi masalalarni yechishga yordam beruvchi malakalarni o’zida mujassamlashtirgan “sotsial intellekt” tushunchasi mazmuniga qo’shimcha tarzda “kreativ sotsial intellekt” tushunchasini ajratib ko’rsatdi. Shunday qilib, Dj.Gilford taklif etgan metodikalari yordamida sotsial intellektning mustaqil fenomen sifatidagina emas, balki uning bilish va xulqiy jabhalarini o’rganishga e’tibor qaratdi. O’quvchilarning sotsial intellekti darajasi tahlili Dj.Gilford metodikasining to’rtta subtestida ko’zda tutilgan: muloqot ishtirokchisining hissiyoti, fikri va niyatlarini tushunish; noverbal xulq-atvorni tushunish; verbal imo-ishoralarni tushunish; shaxslararo o’zaro ta’sirlashuvni tahlil etishdan iborat qobiliyatlari orqali amalga oshiriladi. O’quvchilar sotsial intellektining umumiy sharhiga to’xtalib o’taylik. Birinchi navbatda ularning “muloqot ishtirokchisining hissiyoti, fikri va niyatlarini tushunish” qobiliyatiga murojaat qilinadi. O’quvchilarning bu shkala bo’yicha ko’rsatkichlari 3,51 ga teng bo’ldi. Bu esa standart ball bo’yicha inson xulq-atvorini o’rtachadan me’yordagi qobiliyatlilikdan yuqoriroq ekanligini anglatadi.
O’qituvichilar faoliyat jarayonida rahbariyat, hamkasblari, o’quvchilari va atrofdagi boshqalar bilan muomalada xulq-atvor oqibatini oldindan ko’ra olish qobiliyatini shakllantirishgan. Ular muomaladagi real vaziyatdan kelib chiqib, uning nima bilan yakunlashini baholay olishlari, ba’zan odamlar bilan kutilmagan, notipik holatlarda harakatlarni prognoz qilishda yanglishishlari mumkinligi, qo’ygan maqsadga erishishda o’z rejalarini puxta ishlab chiqa olishiga xayrixohliklarini anglatmoqda.
Dj.Gilfordning intellekt strukturasining kubik modeli o‘zida 120 ta intellektual qobiliyatlarni qamrab olgan. Har bir qobiliyat o‘zining kichkina kubigiga mos kelib, mazmun, jarayon va natijalardan iborat uchta koordinata o‘qining kesishmasidan hosil bo‘ladi.Dj.Gilford modelining ahamiyatini baholovchi izlanish natijalarida quyidagi jihatlar uning qadr-qimmatini belgilashi ko‘rsatilgan:
Inson intellektual qobiliyatlarini tizimli va batafsil ifoda etuvchi keng ma’noli konsepsiya;
Nisbatan qisqa vaqt mobaynida intellektual qobiliyatlarni bashorat qilish imkoniyatining mavjudligi;
Ushbu model asosida amaliy jihatdan mavjud bo‘lgan intellektual testlarni klassifikatsiyalash va ularning ma’no jihatdan natijalarini samarali talqin etilishi.Ushbu dasturning o‘ziga xosligi kubik modelda sotsial intellektning tuzilishiga ham alohida o‘rin ajratilganligi bilan ahamiyatlidir.Shunga ko‘ra sotsial intellekt xulq-atvorni tushunish imkonini beruvchi oltita omilni o‘zida qamrab olgan:
Xulq-atvor elementlarini bilish – verbal va noverbal muloqot harakatlarni ajratish qobiliyati.
Xulq-atvor sifatlarini bilish xulq-atvor haqidagi verbal muloqot harakatlarini tushunish yoki vaziyatli axborotlar oqimidagi umumiy xususiyatlarni aniqlash.
Xulq-atvor munosabatlarini bilish – xulq-avtor haqidagi axborot birliklari o‘rtasidagi aloqalarni o‘rnatish va tushunish qobiliyati.
Xulq-atvor tizimini tushunish – o‘zaro ta’sirlashuvning yaxlit va-ziyatlarini rivojlanishini, bu vaziyatlarda ular xulq-atvorini mazmunini tushunish qobiliyati.
Xulq-atvorning o‘zgartirishini bilish har xil mazmundagi verbal va noverbal muloqotning mazmunidan kelib chiqib, o‘zgarishlar mazmuni tushunish qobiliyati.
Xulq-atvor natijalarini bilish − mavjud axborotlardan kelib chiqib, xulq-atvor oqibatlarini ko‘ra olish qobiliyati.
Mazkur model mutaxassislar tomonidan e’tirof etilayotganini inobatga olinsa, uni peadagogik jarayondagi sotsial o‘zaro ta’sirlashuv masalalarini qiynalmasdan tahlil eta olamiz. O‘qituvchi kasbiy faoliyati jarayonida ta’lim oluvchilarning xulq-atvor elementlarini, sinflarini, munosabatlarini, tizimini, o‘zgarishlarini, natijalarini bilishga ortiqcha qiyinchilik tug‘dirmaydi. Ko‘p hollarda o‘qituvchining kasbiy faoliyatida sotsial intellekt tuzilishining qaysidir jabhasi o‘zini namoyon eta olmasligini guvohi bo‘linadi.
Xulosa
Xulosa Demak, o‘z-o‘zini baholash - o‘z-o‘zini tarbiyalashning muhim mezonidir. O‘z-o‘zini tarbiyalash omillari va mexanizmlariga esa, quyidagilar kiradi:
o‘z-o‘zi bilan muloqot (o‘zini konkret tarbiya ob’ekti sifatida idrok etish va o‘zi bilan muloqotni tashkil etish sifatida);
o‘z-o‘zini ishontirish ( o‘z imkoniyatlari, kuchi va irodasiga ishonish orqali, ijobiy xulq normalariga bo‘ysundirish);
o‘z-o‘ziga buyruq berish (tig‘iz va ekstremal holatlarda o‘zini qo‘lga olish va maqbul yo‘lga o‘zini chorlay olish sifati);
o‘z-o‘ziga ta’sir yoki autosuggestiya (ijtimoiy normalardan kelib chiqqan xolda o‘zida ma’qul ustanovkalarni shakllantirish);
ichki intizom - o‘z-o‘zini boshqarishning muhim mezoni, har doim har erda o‘zining barcha harakatlarini muntazam ravishda korreksiya qilish va boshqarish uchun zarur sifat.
Demak, shaxsning qanday sifatlarga ega ekanligi, undagi baholarning ob’ektivligiga bog‘liq tarzda o‘z-o‘zi bilan muloqotga kirishib, jadvaldagiga muvofiq shaxs o‘zini nazorat qila oladi. Shuning uchun ham hayotda shunday kishilar uchraydiki, katta majlisda ishi tanqidga uchrasa ham, o‘ziga xolis baho berib, kerakli to‘g‘ri xulosalar chiqara oladi, shunday odamlar ham borki, arzimagan hatolik uchun o‘z «ich-etini eb tashlaydi». Bu o‘sha ichki dialogning har kimda har xil ekanligidan darak beruvchi faktlardir. Xulosa kilib aytganda, shaxsga sotsial-psixologik yondashish uni ma’lum guruxlarning a’zosi, konkreg sharoitida uziga uxshash shaxslar bilan mulokotga kirishuvchi konkret odam deb tushunishdir.
SHaxs sotsializatsiyasi tug‘risida gap ketarkan, uning fanda ko‘pincha “shaxs taraqqiyoti” yoki “tarbiyasi” tushunchalari bilan sinonimdek ishlatilishiga aloxida e’tibor berish kerak. Lekin sotsializatsiya sof ijtimoiy-psixologik tushuncha bulib, aytib utilgan tushunchalardan fark siladi. Sotsializatsiya — bu individning ijtimoiy muxitga qushilishi, ijtimoiy ta’sirlarni uziga singdirishi va aktiv ravishda muloqot sistemasiga kirib borishi jarayonidir. Bu jarayon ikki tomonlama bulib, bir tomondan, shaxs aktiv ravishda ijtimoiy ta’sirlarni kabul kiladi, ikkinchi tomondan esa, ularni hayotda uz xulk-atvorlari, munosabatlarida namoyon etadi. Bu jarayon normal individda tabiiy tarzda ruy beradi, chunki individda shaxs bulishga extiyoj xamda shaxs bulishiga imkoniyat va zaruriyat bordir. Shuning uchun xam bola tugilib, ijtimoiy muxitga kushilgan ondan boshlab, undagi shaxs bulishga intilishni, undagi shakllanish jarayonini kuzatish mumkin (masalan, chakaloqlardagi bevosita emotsional muloqotga extiyojning borligi)
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati:
1. G‘oziev E.G. Umumiy psixologiya. Toshkent. 2002.1-2 kitob.
2. Югай А.Х., Мираширова Н.А. “Oбщая психология” – Ташкент 2014.
3. Дружинина В.. “Психология “. Учебник. “Питер”, 2003. 
4. Z.T.Nish anova.”Psixologik xizmat”, Toshkent “Yangiyul Poligraph service” 2007y 45-bet
5. Ze.E.F. “Kasblar psixologiyasi” M;Akademik loyiha,2006y,30bet
6 Klimov.E .A .“Kasbiy o’zini o’zi aniqlash psixologiyasi”,Rossiya,1996y 4. www.ziy onet.com kutubxonasi.
7 www.tdpu.uz
8 www.pedagog.uz
9 www.Ziyo.net
Download 65.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling