Urganch ranch texnologiya universiteti Mustaqil Ishi
Fermer ho‘jaliklarida ishlab chiqarish rentabelligi
Download 354.47 Kb.
|
“Korrelyasion –regression modellardan iqtisodiy tahlil va prognoz qilishda foydalanish”.
Fermer ho‘jaliklarida ishlab chiqarish rentabelligi
(1 ga nisbatan) va uning muhim omillari
Demak, foyda darajasining umumiy variatsiyasidan 89,8 % mehnat sarfi, don ekinlari salmog‘i va ularning hosildorligining o‘zgaruvchanligi natijasi hisoblanadi, ya’ni foyda darajasi bilan ushbu omillar orasida kuchli bog‘lanish mavjud. 10.5-jadval ma’lumotlari asosida EHM yordamida ko‘p o‘lchovli va juft korrelyatsiya koeffitsiyentlari hisoblanib, quyidagi natijalar olingan: Bularga asosan: a) regressiya tenglamasi uchun Natijada, x3-don hosildorligi omili uchun xususiy determinatsiya koeffitsiyenti: yoki b) regressiya tenglamasi uchun Demak, yoki Demak, yoki Shunday qilib, xususiy determinatsiya va korrelyatsiya koeffitsiyentlari ayrim omillarning natijaga ta’sirini aniqroq belgilash imkonini beradi. 10.11. Ko‘p o‘lchovli regressiya tenglamalarini baholash va tahlil qilish Yuqorida ko‘p o‘lchovli regressiya tenglamasini baholash bilan bog‘liq bo‘lgan birinchi masala-determinatsiya va korrelyatsiya koeffitsiyentlarini aniqlash usullarini ko‘rib chiqdik. Bunday baholashning ikkinchi masalasi regressiya tenglamalarini yechish natijalari va korrelyatsiya koeffitsiyentlarini ehtimollik jihatdan muhimligi, ishonchliligini aniqlashdan iborat. Bu masala juft regressiya tenglamasi va korrelyatsiya koeffitsiyentlarini baholashdagi usullar (10.6-bo‘lim) yordamida ya’ni t-Styudent va F-Fisher mezonlaridan foydalanib yechiladi. (10.40) bu yerda k-omillar tartib raqami, n-to‘plam hajmi, k-omillar soni, r0j-har bir omilning juft korrelyatsiya koeffitsiyenti, «0»-natijaviy belgi indeksi (nishoni) cij-normal tenglamalar tizimidagi koeffitsiyentlardan tuzilgan matritsaga B(bej)teskari bo‘lgan matritsaning V-1(Sej) diagonal elementi. Ko‘p o‘lchovli korrelyatsiya koeffitsiyentining o‘rtacha xatosi quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi: (10.41) Uning muhimligini aniqlash uchun Styudent t-mezonining haqiqiy qiymati hisoblanadi va t-taqsimot jadvalidagi kritik qiymati bilan taqqoslanadi. Ko‘p o‘lchovli korrelyatsiya koeffitsiyenti uchun t-mezon bu koeffitsiyentning haqiqiy qiymatini uning o‘rtacha hatosiga bo‘lish hosilasidir. . (10.42) Agar mazkur korrelyatsiya koeffitsiyentining qiymati birga yaqin bo‘lsa, uning baholar taqsimoti normal yoki Styudent taqsimotidan farq qiladi, chunki u bir soni bilan chegaralangan. Bunday hollarda korrelyatsiya koeffitsiyentlarining muhimligi F-Fisher mezoni bilan baholanadi: . (10.43) Bu yerda k - omillar soni, k = m-1 m – regressiya tenglamasidagi hadlar soni. Misolimizda, . Erkin darajalar soni =n-k-1=16-3-1=12 bilan qoldiq dispersiya 10.5-jadvalda 0.1=34,6 , 0.2=10,6 , 0.3=887. Rekurent formulaga asosan: (10.42) formulaga asosan Styudent taqsimotiga binoan, erkin darajalar soni v=n-k-1=16-3-1=12 va muhimlik daraja 0,05 da t-mezonning kritik qiymati t=2,18. Demak, barcha xususiy regressiya koeffitsiyentlari R=0,95 ehtimol bilan ishonchlidir. R uchun Erkin darajalar soni 12 va R=0,95 ehtimol Styudent taqsimoti jadvalida t-mezon kritik qiymati tjadv=2,18. Mezonning haqiqiy kritik qiymati ancha katta bo‘lgani uchun ko‘p o‘lchovli korrelyatsiya koeffitsiyent ishonchlidir. Erkin darajalar soni 2=12, 1=3 va muhimlik darajasi =0,05 bilan F-mezonning Fisher taqsimoti jadvalidagi kritik qiymati Fjad=3,49. Demak, ko‘p o‘lchovli korrelyatsiya koeffitsiyenti R=0,95 ehtimol bilan ishonchlidir. Download 354.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling