Urganch ranch texnologiya universiteti «tasdiqlayman»


IV. Ta’lim texnologiyalari va metodlari


Download 192.8 Kb.
bet7/10
Sana16.11.2023
Hajmi192.8 Kb.
#1782122
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Fizika sirtqi МASHTEX 23

IV. Ta’lim texnologiyalari va metodlari
Fanning xususiyatlari dasturni o‘zlashtirishning interfaol usullaridan keng foydalanishni taqozo qiladi. Bunda auditoriya mashg‘ulotlarini o‘tkazish va mustaqil ta'lim jarayonlarida talabaning o‘rganilayotgan fanni xarakterlovchi nazariy bilimlarga, ob'ektiv jarayonlar va hodisalarga nisbatan dunyoqarashi to‘g‘ri shakllanishiga alohida e'tibor qaratiladi.
Materialning muammoli va mustaqil o‘zlashtirish uchun qiyin bo‘lgan bo‘limlarini, shuningdek, talabalarda alohida qiziqish uyg‘otuvchi bo‘limlarni o‘zlashtirishda quyidagi pedagogik texnologiyalar qo‘llaniladi:
- ilg‘or ma'ruzalarni interfaol usulda bayon qilish bilan;
- mustaqil o‘rganish uchun mo‘ljallangan mavzular bo‘yicha kollokviumlar va munozaralar o‘tkazish bilan;
- zamonaviy axborot texnologiyalariga asoslangan o‘qitish shakllari va vositalarini qo‘llash bilan.
Kompetensiyani baholash uchun quyidagi usullar qo‘llaniladi:
- og‘zaki;
- yozma.
Talabalar bilimi darajasini baholash uchun quyidagi baholash vositalari qo‘llaniladi:
- suhbat;
- testlar;
- amaliy, laboratoriya va seminar ishlari bo‘yicha yozma hisobotlar;
- mustaqil bajarilgan ishlarning himoyasi;
- nazorat topshirish.



V. Fan (modul) boʻyicha nazorat turlari va baholash mezonlari
1. Nazorat turlari
Ushbu fandan talabalar bilimini nazorat qilish oraliq va yakuniy nazorat turlarini o’tkazish orqali amalga oshiriladi.
Oraliq nazorat turini o‘tkazish va mazkur nazorat turi bo‘yicha talabaning bilimini baholash tegishli fan bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarini olib borgan professor-o‘qituvchi tomonidan talabaning oʻzlashtirgan bilim va amaliy ko’nikmalarini baholash maqsadida fan modulining tegishli boʻlimi tugagandan soʻng, har semestrda bir marotaba o’quv mashg’ulotlari davomida amalga oshiriladi.
Oraliq nazorat turi yozma (yoki ogʻzaki, yoki test) shaklda o’tkaziladi:
1- savol: nazariy
2 - savol: amaliy(yoki nazariy)
3 - savol: amaliy(yoki nazariy)
Talabani oraliq nazorat turi bo‘yicha baholashda, uning amaliy, seminar, laboratoriya mashg‘ulotlari va mustaqil ta’lim topshiriqlarini bajarishi, shuningdek uning ushbu mashg‘ulotlardagi faolligi inobatga olinadi.
Yakuniy nazorat turi semestr yakunida ushbu fan bo’yicha talabaning nazariy bilim va amaliy ko’nikmalarini o’zlashtirish darajasini aniqlash maqsadida (talabalar bilimini baholash mezonlarida nazarda tutilgan mezonlar asosida) tegishli fakultet dekani yoki o‘quv-uslubiy bo‘lim tomonidan ishlab chiqiladigan hamda o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor tomonidan tasdiqlanadigan Yakuniy nazorat turlarini o‘tkazish jadvaliga muvofiq yozma (yoki ogʻzaki, yoki test) shaklda o’tkaziladi:
1- savol: nazariy
2 - savol: amaliy(yoki nazariy)
3 - savol: amaliy(yoki nazariy)
Talaba fan bo‘yicha yakuniy nazorat turi o‘tkaziladigan muddatga qadar oraliq nazorat turini topshirgan bo‘lishlari shart.
Oraliq nazorat turini topshirmagan, shuningdek ushbu nazorat turi bo‘yicha “2” (qoniqarsiz) baho bilan baholangan talaba yakuniy nazorat turiga kiritilmaydi.
Yakuniy nazorat turiga kirmagan yoki kiritilmagan, shuningdek ushbu nazorat turi bo‘yicha qoniqarsiz baho bilan baholangan talaba akademik qarzdor hisoblanadi.
Talaba uzrli sabablarga ko‘ra oraliq va (yoki) yakuniy nazorat turiga kirmagan taqdirda ushbu talabaga tegishli nazorat turini qayta topshirishga fakultet dekanining farmoyishi asosida ruxsat beriladi.



Download 192.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling