Urganch ranch texnologiya universiteti «tasdiqlayman»


Ta’lim texnologiyalari va metodlari


Download 274 Kb.
bet3/7
Sana08.11.2023
Hajmi274 Kb.
#1757960
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Davlat tilida ish yuritish 15.10.2023 oxirgisi

3

Ta’lim texnologiyalari va metodlari:
• ma’ruzalar;
individual topshiriqlar;
• guruhlarda ishlash;
• real vaziyatga asoslangan amaliy ishlarni bajarish;
• loyiha ishi bajarish;
• mustaqil ishlarni bajarish.







V. Fan (modul) boʻyicha nazorat turlari va baholash mezonlari
1. Nazorat turlari
Ushbu fandan talabalar bilimini nazorat qilish oraliq va yakuniy nazorat turlarini o‘tkazish orqali amalga oshiriladi.
Oraliq nazorat turini o‘tkazish va mazkur nazorat turi bo‘yicha talabaning bilimini baholash tegishli fan bo‘yicha o‘quv mashg’ulotlarini olib borgan professor-o‘qituvchi tomonidan talabaning oʻzlashtirgan bilim va amaliy ko’nikmalarini baholash maqsadida fan modulining tegishli boʻlimi tugagandan soʻng, har semestrda bir marotaba o‘quv mashg’ulotlari davomida amalga oshiriladi.
Talabani oraliq nazorat turi bo‘yicha baholashda, uning amaliy, seminar, laboratoriya mashg’ulotlari va mustaqil ta’lim topshiriqlarini bajarishi, shuningdek uning ushbu mashg’ulotlardagi faolligi inobatga olinadi.
Yakuniy nazorat turi semestr yakunida ushbu fan bo‘yicha talabaning nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarini o‘zlashtirish darajasini aniqlash maqsadida (talabalar bilimini baholash mezonlarida nazarda tutilgan mezonlar asosida) tegishli fakultet dekani yoki o‘quv-uslubiy bo‘lim tomonidan ishlab chiqiladigan hamda o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor tomonidan tasdiqlanadigan Yakuniy nazorat turlarini o‘tkazish jadvaliga muvofiq yozma (ogʻzaki, test) shaklda o’tkaziladi:
1- savol: nazariy
2 - savol: amaliy(yoki nazariy)
3 - savol: amaliy(yoki nazariy)
Talaba fan bo‘yicha yakuniy nazorat turi o‘tkaziladigan muddatga qadar oraliq nazorat turini topshirgan bo‘lishlari shart.
Oraliq nazorat turini topshirmagan, shuningdek ushbu nazorat turi bo‘yicha “2” (qoniqarsiz) baho bilan baholangan talaba yakuniy nazorat turiga kiritilmaydi.
Yakuniy nazorat turiga kirmagan yoki kiritilmagan, shuningdek ushbu nazorat turi bo‘yicha qoniqarsiz baho bilan baholangan talaba akademik qarzdor hisoblanadi.
Talaba uzrli sabablarga ko‘ra oraliq va (yoki) yakuniy nazorat turiga kirmagan taqdirda ushbu talabaga tegishli nazorat turini qayta topshirishga fakultet dekanining farmoyishi asosida ruxsat beriladi.

Download 274 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling