Urganch ranch texnologiya universiteti


Download 99.79 Kb.
bet1/2
Sana14.03.2023
Hajmi99.79 Kb.
#1268581
  1   2
Bog'liq
Logistika Fani


URGANCH RANCH TEXNOLOGIYA
UNIVERSITETI


YO'NALISH:Iqtisodiyot va Ishlab chiqarishni tashkil etish
Guruh: 2107


Mustaqil ish
MAVZU: Lоgistika kоnsеpsiyasi

FAN: Lоgistika.

Topshirdi: Eshchanov Azamat
Qabul qildi: Jabbarova Zilola

Logistika konsepsiyasi


Reja:
Kirish:

  1. Logistika tizimi tushunchasi va uning konsepsiyalari.

  2. Logistikaning konseptual tashkil etuvchilari.

  3. Logistikaning funksiyalari va tamoyillari.

Jarayonlarni tashkil etishning logistik konsepsiyasini faqatgina logistika sohasida mutaxassislar tomonidangina amalga oshirib bo'lmaydi, Jarayonlarni tizimli tashkil etish falsafasi biznesning tayanch falsafasi bo’lishi lozim. Tijoratchilar, iqtisodchilar, turli larmoq menejerlari logistika konsepsiyasini tushunishlari va qabul qilishlari, jarayonlarni logistik tashkil etishning asosiy usullarini bilishlari hamda erishiladigan samarani ko‘zda tutadigan bo‘lishlari kerak. Shuning uchun ham bugungi kunda logistika sohasidagi keng qamrovdagi oliy ta’lim vazifasi nihoyatda muhim hisoblanadi O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A. Karimov O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisidagi ma’ruzasida O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini yanada rivojlantirish borasida to'xtalib: «... bizning yaqin istiqboldagi eng muhim vazifamiz boshlagan ishlarimizni izchil davom ettirish — iste’mol talabini kengaytirish maqsadida sotsial sohani rivojlantirish, mehnatga haq to ‘lashni yanada oshirish, xizmat ko'rsatish sektorini, infratuzilma obyekt- larini rivojlantrishga, transport va kommunikatsiya loyihalarining amalga oshirilishiga alohida e’tibor berishdir» deb ta’kidlab o‘tdilar.Shuningdek, I.A. Karimov O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yilning asosiy yakunlari va 2012-yilda
O‘zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim ustuvor yo'nalishlariga bag‘islilangan ma’ruzasida O‘zbekiston iqtisodiyoti oldida turgan asosiy vazifalar to'g'risida to'xtalib, «... bugungi. keskin raqobat sharoitida mahsulotlarimizning jahon va mintaqaviy bozorlarda xaridorgir boiishi va mustahkam o‘rin egaliashi uchun bu boradagi ishlarni yana bir bor tanqidiy ko'rib chiqish lozim.

Amaliy holda xalq xo‘jaligida kuchli va samaradorligi yuqori darajada bo‘lgan infratuzilma rivojlanayapti. Rivojlangan mamlakatlarda ishlab chiqaruvchilar bozor kon’yunkturasi, raqobatni ko‘zda tutib ish qilish zarurligini tushunib olganliklari, tez - tez o‘zgarib turadigan iqtisodiy vaziyatga moslashishga intilishlari logistikaning rivojlanishiga sabab bo‘ldi.
"Logistika" terminining aniq tavsifini berish oson emas. Logistika o‘ziga bir necha yo‘nalishlarni qamrab oladi. Katta firma boshlig‘i nuqtai nazaridan logistikaga berilgan tavsif muhandis yoki iqtisodchi nuqtai nazaridan berilgan tavsif bir - biridan farqlanishi mumkin. Bunday ahvol har bir mutaxassisning xalq xo‘jaligi bozor iqtisodiyoti tizimida tutgan o‘rniga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, marketing doirasida ish tutayotgan menejer yoki tadbirkor nuqtai nazaridan logistika quyidagicha izohlanadi:
Logistika - ma’lum maqsadlarni hal qilish uchun zarur bo‘lgan mablag‘ va xizmatlarni maqsadga muvofiq tayyorlash, foydalanishni tashkil qilish va boshqarish. Logistikaning maqsadi - ma’lum tovarni ma’lum vaqtda eng kam (minimal) harajatlar bilan oldindan tayyorlash. Logistikani iqtisodiyotning ishlab chiqarish infratuzilmasi, desa ham bo‘ladi. Logistikaning tuzilishi quyidagicha bo‘ladi (2-chizma):
Ishlab Tarqatish, Transport, Tarqatish, Iste’mol
Chiqarish saqlash, taqsimlash, yukni qilish
yuklash marketing tushurish

Download 99.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling