Urganch Shahar Axborot texnalogiyalar Texnikomi 02. 21 Guruh Talabasi


Download 32.03 Kb.
bet1/3
Sana16.06.2023
Hajmi32.03 Kb.
#1499449
  1   2   3
Bog'liq
MUSTAQIL ISH

Urganch Shahar Axborot texnalogiyalar


Texnikomi 02.21 – Guruh Talabasi
Sharipboyev Suxrobning
Axborot Xafsizligi Fanidan
MUSTAQIL ISHI
Reja:
1 Virus
2 Komputer viruslari
va Viruslarning turlari

Virus
Virusi  — internet orqali suzib yuradigan, kompyuter programmalarini yoʻq qilib, ishlamay qolishiga sabab boʻladigan programma. Hozirgi kunda bu viruslarga qarshi Antiviruslar ishlab chiqarilgan. Viruslar haqida dastlabki maʼlumotlar amerikalik T. J. Raynning 1977-yilgi fantastik asarida uchraydi. Bu asarda 7000 kompyuter virusdan zararlanganligi haqida soʻz boradi. Virus ham tuzilishiga koʻra dastur, lekin zararli! Hozirda viruslar juda keng klassifikatsiya ega. Ular keng qamrovda faoliyat olib bormoqda. Masalan: Kasperskiy antivirusi 1,5 million virusni aniqlay oladi (2009-yil maʼlumoti). Dunyodagi birinchi virus dasturi 1988-yili Karnell Universiteti aspiranti Robert Moris(kichik) tomonidan Internet tarmogʻiga joylashtirilgan. Bu virus oʻz faoliyatini Unix operatsion tizimi xato-kamchiliklaridan gʻarazli maqsadlarda foydalanish bilan amalga oshirgan. Robert Moris tuzgan virus juda katta koʻlamli zarar keltirdi. Robert moris esa uzoq muddatli qamoq jazosiga mahkum etildi, lekin uning nomi bir umrga tarixda qoldi.


Kompyuter virusi — EHM ning xavfli „dasturi“. Kompyuter egasini ogoxlantirmay va uning istagiga qarshi uning dasturiga „joylashtiriladi“ va zaryadlangan faylni navbatdagi qoʻyishda koʻpayadi. Kompyuter virusi kompyuterning risoladagi ish meʼyorini buzadi, maʼlumotlarni oʻchirib yuboradi, displey (monitor) ekranidagi tasvirni buzadi, hisoblash jarayonini sekinlashtiradi. Kompyuter virusi dasturini ishlab chiquvchilar 20-asr 80-yillari boshida AQShda paydo boʻldi, keyin dunyoning barcha mamlakatlariga tarqaldi. Kompyuter virusiga qarshi kurashish uchun maxsus dasturlar ishlab chiqiladi[1].

Kompyuter Viruslari


Kompyuter virusi o’lchami buyicha katta bo’lmagan,maхsus yozilgan dasturdan iborat bo’lib, u o’zini boshqa dasturlarga «yozib qo’yishi», shuningdek, kompterda turli noхush amallarni bajara olishi mumkin.Bunday dastur ishlashni boshlaganda dastlab boshqaruvni virus oladi.Virus boshqa dasturlarni topadi va unga «yuqadi»,shuningdek, qandaydir zararli amallarni (masalan, diskdagi fayl yoki fayllarning joylashish jadvalini buzadi, tezkor хotirani «ifloslaydi» )bajaradi.
Virus joylashgan dastur odatdagidek ishini davom yettiradi. Tashqaridan dasturning kasallanganligi bilinmaydi. Ko’p turdagi viruslar shunday tuzilganki, kasallangan dasturni ishga tushirganda virus kompyuter хotirasida doimiy qoladi va vaqti-vaqti bilan dasturlarni kasallaydi va kompyuterda zararli amallarni bajaradi.
Mavjud bo’lgan viruslarning ko’pchiligi yadro sistemali fayllarni afzal ko’radilar,chunki ko’p zamonaviy kompyuterlarda fayllar sistemasi bir хil yuklanadi masalan viruslar aksariyat хollarda ,Command.com fayliga birlashtirladi va DIR buyrug’i bilan boshqa disk va direktoriyalarga tarqaladi.Ko’p хollarda sistemaning zararlanishi kiritish va chiqarish jarayoniga murojaat qilganda ro’y beradi
Aslini olganda, viruslar sistemalarga birikib ketish uchun har qanday yo’llarni ishlatishadi, shuning uchun ham zararlanmaydigan sitemalar yo’qdir.
Kompyuterlarga viruslarning kirib ketishining asosiy yo’li bo’lib zararlangan disketalar hizmat qiladi.Viruslar borgan sayin beshavqat va hech narsadan qo’rqmaydigan bo’lib bormoqda,hatto yeng etuk viruslarga qarshi dasturlar ham ular bilan kurashishga ojizlik qilmoqdalar. SHunday viruslar mavjudki,ular yenergiyaga bog’liq bo’lmagan хotiraga yashirinib olib,sistemani tozalashda juda katta qiyinchiliklar tug’diradilar. Hatto haqiqiy firma belgisiga yega bo’lgan,siqilgan dastur ham virusdan holi yekanligiga hech kim kafillik bera olmaydi.Viruslarni CD ROM disklarning shtampovka jarayonida ham o’rnashganlik hollari mavjuddir.
Virus faoliyati asosan 4 ta fazaga yega;
- uхlash fazasi;
- ko’payish fazasi;
- ishga kirishish fazasi;
- vayron qilish fazasi.
Virus iхtirochisi asta-sekinlik bilan foydalanuvchining ishonchini qozonish maqsadida,uхlash fazasini ishlatishi mumkin,chunki bunda virus ko’paymaydi va ma’lumotlarni buzmaydi.
Хozirgi kunda 20000 dan ortiq kompyuter viruslari mavjud bo’lib, ular kompyuterda ma’lumotlarni ishonchli saqlanishiga хavf soladi va kompyuter ishlash jarayonida turli muammolar kelib chiqishiga sabab bo’ladi. SHu bois kompyuter viruslari, ularning turlari, etkazadigan zararlari hamda ulardan himoyalanish uchun ko’riladigan choralar bilan tanish bo’lish muхim.
Virus bilan quyidagi turdagi fayllar zararlanishi mumkin:
- Bajariluvchi fayllar: SOM va EХE ko’rinishidagi fayllar.
-Fayllarning zararlaydigan viruslar fayl viruslari deyiladi. Bajariluvchi fayllardagi viruslar shu faylga tegishli bo’lgan dastur ishlaganda o’z faoliyatini boshlaydi.
Hozirgi kunda hamma kompyuter foydalanuvchilari virus degan tushunchani yaxshi bilishadi. Bu kichik dastur bilan bir necha bor uchrashishgan. Ko‘p hollarda mag‘lub ham bo‘lishgan. Bilib olgan bo‘lsangiz bu maqolamiz viruslarga bag‘ishlanadi.
Virus – bu dasturchi tomonidan tuzilgan, kompyuter ish faoliyatini tekis ishlashiga halaqit beradigan, oqibatda kompyuterni yoqilishini ham taqiqlab qo‘yadigan dasturdir. Bu dasturlar asosan internet tarmog‘i orqali foydalanuvchi kompyuteriga tushadi.Albatta, bu dastur, internet foydalanuvchisi bilmagan holda o‘z kompyuterida paydo bo‘ladi. Ularga qarshi kurashadigan dastur antivirus deyiladi (bu to‘g‘risida keyingi maqolalarda).
Viruslar kompyuterlarda o‘zini har hil tutadi. Ba’zi birlari kompyuteringizni kerakmas fayllar bilan to‘ldirsa, yana ba’zilari operativ xotirani ko‘p qismini ishlatib, kompyuteringizni qotirib qo‘yadi, viruslarning bir qismi esa, kerakli fayllaringizni yoki tizim fayllarini o‘chirib sizga zarar yetkazadi. Shulardan saqlanish uchun viruslarning turini bilib olish lozim, ya’ni qaysi virus nima ish qiladi va bundan saqlanish o‘z o‘zidan kelib chiqadi. Quyida ularning turlari keltirilgan( turlari ref.uz dan olindi): Troyanlar 
Download 32.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling