5-amaliy ish. Axborotlarni himoyalash usullari. Axborot havfsizligi masalasi


Download 75.62 Kb.
Sana09.10.2023
Hajmi75.62 Kb.
#1696666
Bog'liq
5-AMALIY ISH


5-amaliy ish. Axborotlarni himoyalash usullari.


Axborot havfsizligi masalasi
Kompyuter virusi - internet orqali suzib yuradigan, kompyuter dasturlarini yo'q qilib, ishlamay qolishiga sabab bo'ladigan dastur. Hozirgi kunda bu viruslarga qarshi Antiviruslar ishlab chiqarilgan. Virus ham tuzilishiga ko’ra dastur, lekin zararli! Hozirda viruslar juda keng klassifikatsiya ega. Ular keng qamrovda faoliyat olib bormoqda. Masalan: Kasperskiy antivirusi 1,5 million virusni aniqlay oladi (2009-yil ma’lumoti). Dunyodagi birinchi virus dasturi 1988-yili Karnell Universiteti aspiranti Robert Moris(kichik) tomonidan Internet tarmog’iga joylashtirilgan bu virus o’z faoliyatini Unix operatsion tizimi xato-kamchiliklaridan g’arazli maqsadlarda foydalanish bilan amalga oshirgan. Robert Moris tuzgan virus juda katta ko’lamli zarar keltirdi. Robert moris esa uzoq muddatli qamoq jazosiga mahkum etildi, lekin uning nomi bir umrga tarixda qoldi.
Kompyuter virusi - EHMning havfli "dasturi". Kompyuter egasini ogohlantirmay va uning istagiga qarshi uning dasturiga "joylashtiriladi". Virus – bu dasturchi tomonidan tuzilgan, kompyuter ish faoliyatini tekis ishlashiga halaqit beradigan, oqibatda kompyuterni yoqilishini ham taqiqlab qo’yadigan dasturdir. Bu dasturlar asosan internet tarmog’i orqali foydalanuvchi kompyuteriga tushadi. Ularga qarshi kurashadigan dastur antivirus deb ataladi.
Viruslar kompyuterlarda o’zini har hil tutadi. Ba’zi birlari kompyuteringizni kerakmas fayllar bilan to’latsa, yana ba’zilari operativ xotirani ko’p qismini ishlatib, kompyuteringizni qotirib qo’yadi, viruslarning bir qismi esa, kerakli fayllaringizni yoki tizim fayllarini o’chirib sizga zarar yetkazadi. Shulardan saqlanish uchun viruslarning turini bilib olish lozim, shunda undan saqlanish o’z-o’zidan kelib chiqadi.


Talabalar uchun amaliy topshiriqlar

  1. O`z sohangiz bo’yicha ilg’or tajribalarni va zamonaviy texnologiyalarni Internet tarmog’idan izlab toping.

  2. O`z sohangizga oid saytlar ro’yhatini shakllantiring.

  3. O`z sohangizga oid qurilma, jihozlar va anjomlarning narxlarini tahlil qiling.

  4. Milliy yoki xalqaro elektron pochtalardan birini tanlab, ro’yxatdan o’ting

  5. Namunada berilgan kabi antivirus dasturini yuklang. Antivirus dasturlarining bazalarini turli xil yo’llar bilan yangilang.

Download 75.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling