Urganch tumanidagi 24-sonli Umumiy o’rta ta’lim maktabi tabiiy fanlar uslubiy birlashmasining2021-2022-o’quv yili davomida qilgan ishlari yuzasidan hisobot


Download 17.95 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi17.95 Kb.
#1598507
Bog'liq
MBR HISOBOT


Urganch tumanidagi 24-sonli Umumiy o’rta ta’lim maktabi TABIIY FANLAR uslubiy birlashmasining2021-2022-o’quv yili davomida qilgan ishlari yuzasidan HISOBOT
2021-2022-o’quv yilini avgust oyida dars taqsimoti bilan boshladik. Sinfxonalar dars jarayoni uchun tayyorlandi. Tabiiy fanlar uslubiy birlashmasiga kiruvchi o’qituvchilar uchun ochiq darslar rejasi ishlab chiqildi. 2021-2022-o’quv yili uchun mo’ljallangan taqvim mavzu rejasini elektron kundalikka joyladik. Yangi o’quv yilini 6-sentabr kuni Bilimlar kuni bayram tadbirida faol ishtirok etib, 8:30 da ”Yangi O’zbekistonda erkin va farovon yashaylik” shiori ostidagi mustaqillik darslari bilan boshladik. Sentabr oyida maktab ichki olimpiadasi o’tkazish uchun savollarning mahfiyligi va shaffofligi ta’minlanib, maktab ichki olimpiadasi ekspert guruhi tomonidan olindi va g’olib o’quvchilar tuman bosqichiga yo’naltirildi. Sentabr oyidan boshlab fan o’qituvchilari yil davomida iqtidorli va ulgurmovchi o’quvchilar uchun to’garaklar tashkil qilindi va ushbu to’garaklar yil davomida muntazam o’tib borildi. 1-oktabr Ustoz va murabbiylar kuni, 21-oktabr Til bayrami munosabati bilan turli tadbir va kechalar tashkil qilindi. Unda faol qatnashgan sinf o’quvchilari maktab ma’muriyati tomonidan faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.
I-chorak yakuni II-chorak vazifalari haqida metodbirlashma hisoboti tinglandi. O’quvchilar bilimidagi bo’shliqlar va ularni to’ldirish ishlari olib borildi. O’quvchilarning tuman miqiyosida o’tkazilgan turli intellektual musobaqa va ko’rik tanlovlarda ishtiroki ta’minlandi. 18-noyabr Bayroq qabul qilingan kuniga bag’ishlab maktabda tadbir o’tkazildi.
Maktablarda ishki monitoring o’tkazish uchun tumandan kelgan buyruq asosida dekabr oyidan boshlab, maktab ichki monitoringgi tashkil qilindi va ishchi guruh tomonidan monitoring olinib natijalari e’lon qilindi. Metodbirlashma rahbari va a’zolari bilan birgalikda II-chorak yakuni va III-chorak vazifalari hamda ichki monitoring natijalari tahlili haqida yig’ilish o’tkazdik. Yanvar-Tabiiy fanlar oyligi munosabati bilan faye va sinfxonalar bezatildi. Respublikamiz bo’ylab karantin kuchaytirilganligi sababli 11-yanvardan to’garaklar onlayn shaklda tashkil qilinib, o’quvchilarga onlayn topshiriqlar berib borildi. 24-yanvardan darslar onlayn tashkil qilinib, o’quvchilarga audio va videodarslar orqali mavzular tushuntirilib borildi. Ayrim o’quvchilarimiz onlayn olimpiadalarda qatnashib diplom va sertifikakga ega bo’ldilar.
7-fevraldan boshlab darslar an’anaviy tarzda tashkil qilindi. Mart geografiya va iqtisodiyot fanlari oyligida faye va sinfxonalar bezatildi, ochiq darslar va tadbirlar tashkil qilindi. III-chorak yakuni va IV-chorak vazifalari, ichki monitoring tahlili yuzasidan metodbirlashma a’zolari bilan yig’ilish o’tkazildi. Ta’limga oid yangiliklar va PISA xalqaro baholash dasturi bo’yicha o’quv seminarlarda tashkil qilindi.
Pedagoglarni malaka toifa test sinovlarida metodbirlashma a’zolari qatnashib, D.Palvanova 2-toifaga o’tdi, Ch.Navro’zova o’z toifasini saqlab qoldi. Yakuniy attestatsiyaga tayyorgarlik ishlari boshlab yuborildi. O’quv yili yakuni, ichki monitoring tahlili, o’quvchilarning choraklik va yillik reyting baholarini o’z vaqtida qo’yish ishlari olib borildi. O’quv yili davomida o’tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, ko’rik tanlovlardagi o’quvchilarning ishtiroki natijalari faxri y yorliqlar va sovg’alar bilan taqdirlandi.

Metodbirlashma rahbari: N.Sharipova
Download 17.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling