1-LABORATORIYa ISHI
Sinov uchun o‘rtacha namunani tanlash
Beton uchun ishlatiladigan to‘ldiruvchilar fizik va mexanik xususiyatlari o‘rganishda tajriba ishlari uchun o‘rtacha namuna ajratib olish zarur bo‘ladi. Bunda olingan namuna xomashyoning butun massasining xususiyatlari tekshirilayotgan namunaning xususiyatlariga mos kelishi zarur.
Xomashyo tashqi ko‘rinishi bir jinsli bo‘lmay, xar hil o‘lchamdagi aralashmalardan tashkil topadi. Bu holda namunalar xomashyo umumiy partiyasining xar xil nuqtalaridan olinadi. Bunda tanlangan namuna mavjud to‘ldiruvchi partiyasining xususiyatlarini to‘g’ri yoritishi va o‘rtacha namuna vazifasini o‘tishi kerak.
Ishning maqsadi: Talabalarni to‘ldiruvchilardan o‘rtacha namuna olish tartibi bilan tanishtirish.
Ishlatiladigan asbob-uskunalar: tarozi, 5 - 10l. idishlar, kurakcha.
Ish tartibi: Keltirilgan to‘ldiruvchi partiyasining xar xil nuqtalaridan 2 – 15litr hajmda namunalar olinadi va ularni yaxshilab aralashtiriladi, so‘ng 1m2 tekis yuzaga yupqa qatlam qilib yoyiladi. Kvartallash usulida sinash uchun yetarli miqdordagi o‘rtacha namuna ajratib olinadi.
rasm. To‘ldiruvchilardan kvartallash usuli bo‘yicha
o‘rtacha namuna ajratish
Buning uchun yoyilgan namuna aralashmasi diagonallar bo‘yicha to‘rt qismga bo‘linadi (1- rasm) va qarama-qarshi tomondagi bo‘laklar ajratib olinib aralashtiriladi. Kvartallash jarayoni sinov-tajriba ishlari o‘tkazish uchun yetarli miqdordagi o‘rtacha namuna olguncha davom ettiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |