Urug’ni yashovchanligini aniqlash
Download 26.6 Kb.
|
URUG’NI YASHOVCHANLIGINI ANIQLASH
1000 urug’ massasi – urug’ning yirikligi, to’laligi, murtakning oziqa moddalar bilan ta’minlanishini ko’rsatadi. 1000 urug’ massasi quruq modda bo’yicha hisoblansa, bu ko’rsatkich mutlaq massa deyiladi.
Ekishga tayyorlangan urug’lar albatta kasallik va zararkunandalar bilan zararlanganlikka tekshiriladi. Infeksiya va zararkunandalarning bo’lishi hosilga katta zarar yetkazadi: urug’larning dala unuvchanligi, o’simlik mahsuldorligi, hosildorlik, mahsulotning tovar va oziqaviy sifatlari pasayadi. Urug’ tozaligi va unuvchanligi ko’rsatkichlariga asoslanib urug’larning ekishga yaroqliligi aniqlanadi. Urug’lar dastlab OVP-20A, ZVS-20, ZAV-40, ZAV-50 va boshqa mashinalarda tozalanadi. Tozalangan urug’lar kondisiya namligigacha quritiladi. Urug’lar yirikligi bo’yicha g’alvir teshiklari turlicha bo’lgan OS-4,5A, MS-4,5, "Petkus-Gigant", "Super-Petkus" singari mashinalarda saralanadi. Urug’lik partiyasida kattaligi va aerodinamik xossalari bo’yicha tozalanayotgan urug’larga yaqin bo’lgan aralashmalar pnevmatik separator SP-5 da saralanadi. Kondisiyali urug’lar turli kasalliklarga qarshi dorilanadi. Urug’larni dorilash PSSH-5, PSSH-Z, PS-10 mashinalarida bajariladi. Dorilashda xavfsizlik choralariga rioya qilish zarur. Download 26.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling