Urug’ning biologiyasi


Ekish me’yori va usullari


Download 41.17 Kb.
bet4/7
Sana17.06.2023
Hajmi41.17 Kb.
#1540937
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
URUG

Ekish me’yori va usullari bilan tup qalinligi boshqariladi. ekish me’yori oshirib borilishi bilan o’simlikning tuplanishi, shoxla­nishi, mahsuldorligi, 1000 urug’ massasi kamayadi, ammo hosildorlik or­tishi mumkin. Bunday holda hosil asosan bosh poya hisobidan shaklla­nadi, donlar bir tekis bo’ladi.
Siyrak ekinzorda (keng qatorlab, lentali) tuplanish kuchayadi, ik­kinchi va navbatdagi poyalar hosil bo’ladi. Ularda don soni, 1000 urug’ massasi kam bo’ladi, ammo bitta o’simlikning mahsuldorligi ortadi.
Eng sifatli urug’ maksimal hosil shakllanishigacha hosil bo’ladi. Masalan, kuzgi bug’doy sug’oriladigan yerda gektariga 4 mln. unuvchan urug’ ekilganda, ekish me’yori 6,0 mln va 2 mln bo’lgandagiga nis­batan sifatli urug’ beradi, ammo maksimal hosil ekish me’yori 6,0 mln bo’lganda kuza­tilgan. Bug’doy, oddiy qatorlab ekilganda tor qatorlab, keng qatorlab va sochib ekilgandagiga nisbatan hosildorlik hamda ekin­boplik sifati yuqori hosil yetishtirilgan. Optimal ekish me’yori tovar don yetishti­rishdagi me’yorga teng yoki undan 10-15 % kam bo’lishi maqbul ekanligi aniqlangan. Keng qatorlab ekish urug’ (yangi nav)ni ko’paytirishda qo’llaniladi.
Ekish muddatlari ham urug’ sifatiga sezilarli ta’sir ko’rsatadi. ekish muddati o’simlikning me’yorida rivojlanishi, qishlab chiqishi uchun qulay sharoit yaratishi lozim. Bahori ekinlar tuproq yetilishi bi­lan ertaroq ekilsa, kechki bahori ekinlar yer muzlash xavfi tugashi bilan ekiladi.
O’g’itlashda o’simlik hamma oziqa elementlari bilan to’la ta’min­langan bo’lishi, yuqori sifatli urug’ yetishtirish kafolatlanishi zarur. Amaliyotning ko’rsatishicha azotli o’g’itlar hosildorlikni oshirsada don sifatini oshirmaydi (1000 urug’ massasi kamayadi, mayda, puch urug’lar ko’payadi). Fosforli o’g’itlar urug’ mahsuldorligini, urug’larning ekin­bop­lik va hosildorlik sifatlarini oshiradi, noqulay omillarga chi­damliligiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
Kaliyli o’g’itlar o’simlikning yotib qolishga, kasalliklarga chi­dam­liligini oshiradi, urug’da kraxmal to’planishini, ekinboplik sifatla­rini yaxshilaydi.

Download 41.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling