Ballar
|
Kasbiy ingliz tilida nutqiy ko‘nikmalar shakllanganlik bo‘yicha baholash mezonlari
|
O’qib tushunish
|
Tinglab tushunish
|
Gapirish
|
Yozish
|
5
|
Autentik matnni o‘qiganda mohiyatini to‘liq anglaydi, matn ichidagi terminlarning hammasini taniydi, matn bo‘yicha berilgan savollarga to‘liq javob beradi
|
Audio materialning ma’nosini to‘liq anglaydi, tinglaganda terminlarning hammasini tushunadi, audioni eshitib savollarga to‘liq javob bera oladi
|
Kasbiy mavzularda monolog va bayonotlar bexato tuza oladi, kasbiy mavzuda terminlardan to‘g‘ri foydalangan holda suhbat qura oladi, soha bo‘yicha bexato taqdimotlar qila oladi
|
Kasbiy yo‘riqnomalar bexato yoza oladi, kasbga doir diagrammalar, protseslar va xaritalarni xatosiz yozma tasvirlay oladi, robot qurilmalarini yozma texnik to‘liq‘tasvirlay oladi
|
4
|
Autentik matnni o‘qiganda mohiyatini yetarlicha anglaydi, matn ichidagi terminlarning ko’p qismini taniydi, matn bo‘yicha berilgan savollarga javob beradi, qisman xato qiladi.
|
Audio materialning ma’nosini yetarlicha anglaydi, tinglaganda terminlarning ko‘pini tushunadi, audioni eshitib savollarga javob bera oladi, qisman xato qiladi
|
Kasbiy mavzularda monolog va bayonotlar tuza oladi, qisman xato qiladi, kasbiy mavzuda terminlardan foydalangan holda suhbat qura oladi, soha bo‘yicha taqdimotlar qila oladi, qisman xato qiladi.
|
Kasbiy yo‘riqnomalar yoza oladi, kam xato qiladi, kasbga doir diagrammalar, protseslar va xaritalarni yozma tasvirlay oladi, robot qurilmalarini yozma texnik yetarlicha tasvirlay oladi
|
3
|
Autentik matnni o‘qiganda mohiyatini qisman anglaydi, matn ichidagi terminlarning oz qismini taniydi, matn bo‘yicha berilgan savollarga qisman javob beradi
|
Audio materialning ma’nosini qisman anglaydi, tinglaganda terminlarning oz qismini tushunadi, audioni eshitib savollarga qisman javob bera oladi, ko‘p xato qiladi.
|
Kasbiy mavzularda 2-3 gapdan iboratmonolog tuza oladi, terminlardan foydalangan holda suhbat qurishda qiynaladi, soha bo‘yicha taqdimotlar qila olishda qiyinchilikka uchraydi
|
Kasbiy yo‘riqnomalar yozishda ko‘p xato qiladi, kasbga doir diagrammalar, protseslar va xaritalarni yozma tasvirlay olishda qiynaladi, robot qurilmalarini yozma texnik tasvirlashda 2-3 ta gap tuza oladi.
|
2
|
Autentik matnni o‘qiganda mohiyatini anglamaydi, matn ichidagi terminlarning tanimaydi, matn bo‘yicha berilgan savollarga javob bera olmaydi
|
Audio materialning ma’nosini anglamaydi, tinglaganda terminlarning hammasini tushunmaydi, audioni eshitib savollarga umuman javob topa olmaydi.
|
Kasbiy mavzularda monolog tuza olmaydi, terminlardan foydalangan holda suhbat qura olmaydi, soha bo‘yicha taqdimotlar qila olmaydi
|
Kasbiy yo‘riqnomalar yoza olmaydi, kasbga doir diagrammalar, protseslar va xaritalarni yozma tasvirlay olmaydi robot qurilmalarini yozma texnik tasvirlay olmaydi.
|