Urushning Turkistonga ta’siri


Download 99.15 Kb.
Sana20.06.2023
Hajmi99.15 Kb.
#1631100
Bog'liq
Urushning Turkistonga ta


Urushning Turkistonga ta’siri. Birinchi jahon urushi Vatanimiz Turkistonni ham chetlab o‘tgani yo‘q. Chunki Turkiston Rossiya imperiyasining mustamlakasi edi. Turkiston hududida urush harakatlari olib borilmadi. Biroq urush yillarida mustamlakachi Rossiyaning Turkiston mahalliy aholisiga o‘tkazayotgan zulmi yanada kuchaydi. Chunonchi, urush ehtiyojlari uchun deb aholidan olinadigan soliqlar miqdori ko‘paytirildi. O‘lkadan olib ketiladigan paxta, don va boshqa qishloq xo‘jalik mahsulotlarining miqdori ortdi.
Bu ham yetmaganidek, 1916-yilda Rossiya imperatori Nikolay II farmoniga ko‘ra, Turkistonning 19 yoshdan 43 yoshgacha boigan erkak aholisi mardikorlikka safarbar etila boshlandi. Ular Rossiyaga borib qo‘shin uchun mudofaa inshootlari, temir yo‘llar qurish kabi ishlarda qatnashishlari lozim edi. Mardikorlikka olish natijasida ko‘plab oilalar o‘z boquvchilaridan ajrab qoldi. Qishloq xo‘jaligi esa inqirozga yuz tuta boshladi. Imperatorning qarori Turkiston aholisining keskin noroziligiga sabab bo‘ldi. Bu esa oxir-oqibatda xalq qo‘zg‘oloni boshlanishiga olib keldi.
Qo‘zg‘olonning boshlanishi. Xalq qo£zg‘oloni butun Turkiston o‘lkasini qamrab oldi. Joylarda mustamlakachilarning askarlari bilan qonli to‘qnashuvlar yuz berdi. Toshkentda boshlangan qo‘zgeolon qatnashchilari Beshyog’ochdagi politsiya mahkamasi oldida to'plandilar.
Qo‘zg‘olonning faol ishtirokchisi Rizvonbibi Ahmadjonova amaldorlariga qarata: «Bizni o‘ldirsanglar ham o’g’illarimizni bermaymiz», - deb baralla aytdi. Politsiyachilar Rizvonbibiga qarata o£q uzishdi. Bundan g‘azablangan xalq politsiya mahkamasini bosib oldi. Politsiyachilarga yordamga kelgan askarlar o’ndan ortiq qo‘zg’olonchini otib tashladi. Shunday vahshiyona usul bilan qo‘zg‘olon bostirildi.
Jizzax qo‘zg‘oIoni. Mardikorlikka olish to‘g‘risidagi farmondan norozilik, ayniqsa, Jizzaxda keskin tus oldi. Jizzaxdan jami 11 ming kishi mardikorlikka jo‘natilishi kerak edi. Jizzaxliklar mardikorlikka olish to‘g£risidagi farmonni bekor qilishni va mar­dikorlikka olinadiganlarning ro’yxatini tuzishni to’xtatishni talab qilib chiqdilar. Biroq bu talab rad etildi. Oqibatda qudratli qo‘zg‘olon yuz berdi.




Aslida bu milliy-ozodlik kurashi ham edi. Qo‘zg‘olonga Nazirxo'ja Abdusalomov va Abdurahmon jevachilar rahbarlik qildilar.
Biroq kuchlar teng emas edi. Oqibatda qo‘zg‘olonchilar mag‘lubiyatga uchradi. Mustamlakachilar qo‘zg‘olonchilar va ularning rahbarlarini ayovsiz jazoladi. Qo‘zg‘olon ko‘targan qishloqlarga o‘t qo‘yildi. Hatto qo‘zg‘olonchilarning oila a’zolariga ham shafqat qilimnadi.
Qo‘zg‘olon rahbarlari esa o’lim jazosiga hukm qilindi. Qolgan ishtirokchilar turli muddatlarga qamoqqa va surgunga jo‘natildi.
Qo‘zg‘olonchilarga xayrixoh bo'lganlik yoki ularni tutib olishda yordam bermaganlikda ayblanganlar cho‘iga haydab yuborildi.
Qo‘zg‘olonning yengilish sabablari va ahamiyati. Qo‘zg’olonchilar mustamlakachilarga qarshi kurashda hech qanday tajribaga ega emas edilar. Ular hech qanday maxsus tayyorgarlikdan o‘tmaganlar ham. Ularning qurollari, asosan, ketmon, panshaxa va tayoqlardan iborat edi.
Mustamlakachilarning askarlari esa zamonaviy qurol-yarog’ bilan ta’minlangan edi. Qolaversa, qo‘zg‘olonga oldindan puxta tayyorlanilmadi. Shunday bo’lsada, qo‘zg’olon ishtirokchilari mustamlakachilar tomonidan poymol qilingan haq-huquqlarini tiklash uchun kurashdilar. Vatanning fidoyi farzandlari ekanligini ko‘rsatdilar. Kuchlar noteng bo‘lgan jangda ko’rsatgan jasoratlari bilan Vatanimiz tarixida o‘chmas nom qoldirdilar.
1916-yilgi milliy ozodlik harakati Rossiya imperiyasini qattiq sarosimaga solib qo‘ydi. Uning Turkistondagi kuch-qudratini zaiflashtirdi.
Qo‘zg‘olon Turkislon aholisini mardikorlikka safarbar etish to‘g‘risidagi farmonning to‘la bajarilishiga yo‘l qo‘ymadi. Natijada mardikorlikka rejadagidan ikki barobar kam — jami 120 mingdan ortiq kishi yuborildi. Ular Rossiyaning turli burchaklarida og’ir mehnatdan, ochlikdan, xorlikdan mislsiz azob chekdi. Ko’plari qattiq sovuqdan va turli kasalliklardan o’lib ketdilar. Bir qismi esa umrbod nogiron bo‘lib qoldi.
Qo‘zg‘olon vatandoshlarimizning o‘z haq-huquqlari uchun kurasha olishi mumkinligini isbotladi. Mustamlakachi hukumatga ozodlik va mustaqiliik uchun kurash tuyg’ulari hech qachon so‘nmasligini yana bir bor ko’rsatib qo'ydi.
Download 99.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling