Usb jamoasi savollar paketi mad max93August 15, 2022 1


Download 253.63 Kb.
bet1/4
Sana16.06.2023
Hajmi253.63 Kb.
#1504744
  1   2   3   4
Bog'liq
USB


USB jamoasi savollar paketi.
mad_max93August 15, 2022
1. Diqqat tarqatma material

Bu bir yil oldin chiqarilgan hayriya reklama posterlaridan namunalar. Unda bir necha sonlar berkitilgan. Tashkilotchilar bu orqali ushbu savobli ishga yordam bermoqchi bo'lganlarni aqliy faoliyatga chaqirmoqda.
Diqqat savol: hayriya kimlarga yordam berish maqsadida tashkil etilganini yozib bering?
Javob : Altsgeymerga chalingan bemorlar uchun
Izoh: jumboqlar yoki krossvordlar kabi aqliy faoliyatni talab qiluvchi ishlar - Altsgeymer kasalligining oldini oluvchi mashg'ulotlar sanaladi.
2. Xyuston aeroporti ma'muriyatiga o'z bagajlarini juda uzoq kutib qolayotganligi sababli passajirlardan shikoyatlar tusha boshlaydi. Rahbariyat yuk tashuvchilar sonini oshiradi, biroq shikoyatlar kelishda davom etaveradi. Keyin rahbariyat yaxshi usulni o'ylab topishadi. Yani bu yo'l uzunligi 6 barobar oshiriladi va shikoyatlar to'xtaydi.
Diqqat savol: qaysi masofa 6 marta uzaytirilganini maksimal aniqlikda yozib bering?
Javob: Trapdan transportergacha bo'lgan yo'l uzunligi
Qabul: mazmunan yaqin javoblar
Odamlar yuklarini kutib o'tkazadigan vaqtni yo'lda o'tkaza boshladilar
Manba: https://www.airport-houston.com/
3. Tarqatma material
__________________________
Temir odam
__________________________

"Katta portlash nazariyasi" serialida u haqida bir nechta epizodlarni uchratish mumkin. Shulardan birida u Garvardda shukronalik kuni doirasida o'tkazilgan uysizlar uchun kechki taom dasturida idishlar yuvayotgani tasvirlangan. Boshqa bir epizodda esa serialning qahramoni bo'lgan fizik Sheldonning konspektlarini o'qiyotgan bo'ladi.
Diqqat savol: gap kim haqida ketyapti?
Javob: Ilon Mask
Ko‘pchilik fikricha Ilon Mask Temir odam obrazi uchun protatip bo‘lgan. Bundan tashqari Ilon Mask Temir odam filmida ham kichik epizod sifatida namoyon bo’lgan.
manba: https://www.pinterest.com/pin/426012445979271206/
4. Aytishlaricha, Eronning Yazd vohasida o'sadigan anorlar eng mazali anorlar emish. Bu hududda anorni yeyishning o'ziga xos usuli ham mavjud. Ya'ni anor hech qanday kesilmaydi, bo'laklanmaydi, aksincha qattiq siqiladi. To anorni sharbatga to'lgan yumaloq shar holatiga olib kelguncha siqishadi. Va yakunda uning ustini kichkinagina qilib teshishib, sharbatini simirib ichishadi.
Bunday usulni qo'llashga sabab nima?
Javob: Sababi bu yerda suv juda tanqis. Agar anorni kesib iste'mol qilsangiz, uning shirasi qo'lga tegadi va qo'lni yuvish uchun anchagina suv isrof bo'ladi. Suvni tejash maqsadida eronliklar ushbu tejamkor usulni qo'llashadi.

Download 253.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling