Ona tili
1. Qo‘rq... do‘st yovuz dushman... yomon.
Ushbu gapdagi nuqtalar o`rnida qo`llanilishi kerak bo`lgan qo`shimchalarni tiklang. Ular haqidagi to`g`ri fikrni toping.
A) so`z yasovchi qo`shimcha
B) so`z yasovchi va lug`aviy shakl yasovchi qo`shimcha
C) lug`aviy shakl yasovchi va sintaktik shakl yasovchi qo`shimcha
D) so`z yasovchi va sintaktik shakl yasovchi qo`shimcha
2. Qaysi so`zda ikki bo`g`inli qo`shimcha ishtirok etgan so`z berilgan?
A) beilm
B) ulug‘lamoq
C) ilmparvar
D) ulug‘vorlik
3. O‘g‘lining uchinchi marta olib kelgan pulini otmoqchi bo‘lganida, bola uning qo‘liga yopishadi.
Gapdagi fonetik yozuv qoidasi asosida yozilgan so`zning tarkibi haqida bildirilgan qaysi fikr to`g`ri?
A) ikki ma`noli qismdan iborat
B) tarkibida faqat sintaktik shakl yasovchi qo`shimcha mavjud
C) asos va bitta qo`shimchadan iborat
D) so`z tarkibi tartibi buzilgan
4. Shakldosh qo`shimchali so`zlar juftligini aniqlang.
A) kitobimiz – boramiz
B) chayqa – qishloqqa
C) dastlab – o`nlab
D) bilim – o`lim
5. Narsani (predmetni) boshqa biror narsaga nisbatlash (qiyoslash), o'xshatish yo'li bilan bildiruvchi qo'shma ot va qo'shma sifatlar…
A) ajratib yoziladi
B) chiziqcha bilan yoziladi
C) qo`shib yoziladi
D) bosh harf bilan yoziladi
6. Qaysi qatorda omonim bo`lmagan so`zlar berilgan?
A) rasta, palata
B) murauvvat, oq
C) kosa, niqob
D) chang, rasm
7. Zamonaviy bilimga ega, odobli, ilmli, barkamol va shijoatli farzandlar bizning yutug`imizdir.
Ushbu gapda nechta yasama so`z bor?
A) 5 ta
B) 7 ta
C) 4 ta
D) 6 ta
8. Qaysi qatorda sintaktik usulda yasalgan yasama fe`l berilgan?
A) ko`rib qolmoq
B) gapirib bermoq
C) sotib olmoq
D) haydab yubormoq
9. So`z tarkibi tartibi buzilgan so`z uchraydigan javobni toping.
A) oqayotganda
B) eslaganlik
C) chidamli
D) bosqinchilik
10. So`z qo`llash bilan bog`liq xatolik mavjud gapni aniqlang.
A) Devordagi yoriqdan ko`chaga termulib turardi.
B) Yaxshiga yondosh, yomondan qoch.
C) Qaddi rost shamning tilidan o`rtanur parvona ham.
D) Musiqachilar tor, g`ijjak, tanbur, doira bilan kirib kelishdi.
11. Ko‘plik, kichraytirish-erkalash, qarashlilik, o‘rin-joyga xoslik; sonning ma’noviy guruhlarini, sifat va ravish darajalarini; fe’lning bo‘lishsizlik, nisbat, vazifa shakllarini yasovchi qo‘shimchalar…
A) so`z yasovchi qo`shimchalar deyiladi
B) sintaktik shakl yasovchi qo`shimchalar deyiladi
C) munosabat shakllarini hosil qiluvchi qo`shimchalar deyiladi
D) lug`aviy yasovchi qo`shimchalar deyiladi
12. Tub so`z berilgan javobni toping.
A) oybolta
B) nodon
C) sotib olmoq
D) biir necha
13. do`st so`ziga qo`shila oladigan qaysi qo`shimcha so`z yasashga xizmat qilmaydi?
A) -lik
B) -larcha
C) -ona
D) -lar
14. Qaysi qatordagi so`z ikki ma`noli qismdan iborat emas?
A) ozchilik
B) ovoragarchilik,
C) zargar
D) elchilik
15. Til orqa undoshlari berilgan qatorni toping.
A) q, g’, x
B) g, k, h
C) ng, g, k
D) g, x, ng
Do'stlaringiz bilan baham: |