Ушбу ы=ув =ылланма в 5140900 касб таълим (бинолар ва иншоотлар =урилиши) йыналиши быйича билим олаётган талабалар, 3-йиллик ма


 qurilish mashinalari va jixozlari tavsifi


Download 3.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/180
Sana10.11.2023
Hajmi3.89 Mb.
#1764660
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   180
Bog'liq
Qurilish mashinalari.Qurilish jarayonlari texnologiyasi-maruza-1585404135

1.2. qurilish mashinalari va jixozlari tavsifi. 
qurilish mashinalari o’z navbatida guruxlarga, turlarga va shuningdek o’lchamlari va 
texnologik vazifasi, ishchi qismlari, texnik va konstruktiv yechimlari xolatiga ko’ra sinflarga 
bo’linib ketadi. 
Masalan, yer ishlarini bajaruvchi mashinalar ishchi qismlarini tavsifiga ko’ra: yer 
kovlovchi (ekskavatorlar), konstruktsiyasiga qarab: yerni kovlab-tashuvchi (bulьdozer, 
skreper, greyder, greyder-elevator), suyuqlik yordamida ishlovchi (zemlesos, gidromonitor), 
yumshatuvchi (qattiq yerni, muzlikni), zichlovchi, maydonlarni tekislab, ularni turli xil 
chiqitlardan tozalovchi va xokazo. 
Ish rejimiga ko’ra qurilish mashinalari 2 ta sinfga bo’linadi: uzlukli (tsikl bilan) va 
uzluksiz (to’xtovsiz) ishlaydigan. Masalan, bir cho’michli ekskavator yerni kovlash davomida 
ish vaqtini 25-30% ini kovlash uchun sarflaydi, qolgan vaqtda esa platformani aylantirish, 
yuklash va xokazo ishlar uchun ajratadi. 
Uzluksiz ishlaydigan mashinalar bir vaqtning o’zida tuproqlarni xam kovlab, xam 
yuklaydi. Birinchisining afzalligi uni xamma joyda xam ishlay olishi va tezroq moslanishi 
bo’lsa, ikkinchisining afzalligi maxsus sharoitlarda xam uning ish unumdorligini va texnik-
iktisodiy samaradorligini yuqori bo’lishligidir. 
qurilish mashinalarining 90 % foizga yaqini o’zida xarakatlanish qismlariga ega. 
Turlariga ko’ra zanjirli, g’ildirakli, relьsli va odimlovchi bo’ladi. qurilish mashinalari elektr 
dvigatelli va yoqilg’i bilan ishlaydigan turlarga bo’linadi. Birinchisi xar doim ish sharoitiga 
tayyor xolda bo’lsa, ikkinchisining afzalligi aloxida joylarda (energiya bo’lmagan joylarda) 
ishlay olishi bilan farqlanadi. 
qurilish mashinalari bevosita ish bajaruvchi mashinalar bo’lib xisobla-nadi. SHuning 
uchun xam ularni texnologik jarayonga muvofiq turlarga ajratish mumkin. 
qurilish maydonida ish bajaruvchi mashinalar quyidagilarga bo’linadi: 
- yuk tashish mashinalari
- yuklash va tushirish mashinalari; 
- yuk ko’tarish mashinalari; 
- yer ishlari uchun mashinalar; 
- qoziq qoqish uchun qurilmalar

- maydalash-saralash mashinalari; 
- beton aralashmalari va qorishmalari tayyorlash va tashish mashinalari; 
- pardozlash ishlari uchun mashinalar; 
- qurilish uchun mexanizatsiyalashgan asboblar. Zamonaviy qurilish mashinalari 
besh asosiy qismdan iborat (1.2-rasm). 


41 
1.2-rasm. qurilish mashinalariiing tarkibiy 
sxemasi
1-kuch qurnlmasi; 2-tarnsmissiya; 3-ishchi 
jixozlari; 4-yurish jixozlari;
5-boshqarish qismlari. 
Bu qismlar xam o’z navbatida kichik qismlar va detallardan tashkil topgan. 
Mashinalar chizmalarda konstruktiv, kinematik, gidro va elektr sxemalari ko’rinishida 
berilishi mumkin. Konstruktiv sxemada mashinalar konstruktsiyasining printsipial tuzilishi 
ko’rsatilsa, kinematik sxemada esa mexanik yuritma elementlarining o’zaro bog’langanligi 
ko’rsatiladi. Gidro va elektr sxemalar mashinalardagi gidravlik va elektrik yuritmalarning 
o’zaro bog’lanishini ko’rsatadi. Ular maxsus belgilar bilan ifodalanadi. qurilish mashinalarining 
ish jixozlaridan tashqari ko’p qismlari umumiy bo’lib, tuzilish jixatidan bir-biriga o’xshaydi. 

Download 3.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling