6
Kirish
O’zbekiston Respublikasida «Ta’lim to’g’risida»gi qonuni va «Kadrlar tayyorlash
milliy dasturi» qabul qilinishi ta’lim tizimida muhim voqea hisoblanadi.
Bu hujjatlarda
ta’lim muassasalarida yuqori malakali, bilimdon kadrlar tayyorlash usul va yo’llari,
bosqichlari aniq belgilab berilgan va ular ta’lim sohasida amalga
oshiriladigan islohotlar
dasturi hisoblanadi. Binolar va sanoat inshootlarning sifati,
uzoq muddatga chidamliligi
ko’p jihatdan qurilish materiallari va buyumlarini tug’ri tanlab olish va ishlatishga
bog’liqdir.
«QURILISH MASHINALARI. QURILISH JARAYONLARI TEXNOLOGIYASI» fanidan
ma’ruza mashg’ulotlari yangi pedagogik texnologiyalar qo’llab o’tiladi
va amaliy
mashg’ulotlar maxsus uslubiy ko’rsatmalarga asosan, kompyuterlardan foydalangan holda
o’tiladi. Darslarni tashkil etish uchun semestr boshlanishida
har bir talabaga mavzular,
o’quv moduli birliklari, aniqlashtirilgan o’quv maqsadlari, tayanch so’z va iboralar, testlar,
muammoli (situatsion) masalalar hamda baholash mezonlari oldindan berib,
yangi
pedagogik texnologiyalarni joriy etilishiga asoslangan mashg’ulotlar o’tkazishga alohida
e’tibor beriladi. Ushbu «QURILISH MASHINALARI.
QURILISH JARAYONLARI
TEXNOLOGIYASI»fani dasturi «Bino va inshootlar Qurilishi» talim yo’nalishi bo’yicha
bakalavr - quruvchilarni tayyorlashda loyihalash-konstruktorlik kursi sifatida bilimini
oshirib, Qurilish mashinalari
va majmualarining tasnifi, ularning tuzilishi va hisoblash
uslublari, fan tarixi va rivojining tendentsiyasi, istiqboli hamda respublikamizdagi ijtimoiy-
iqtisodiy islohotlar natijalari va xududiy muammolarning Qurilish
sohasida ishlatiladigan
Qurilish mashinalari vositalari istiqboliga tasiri masalalarini qamraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: