Ushbu kitob aqsh xalqaro taraqqiyot agentligi (usaid) orqali Amerika xalqining


Download 7.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/31
Sana30.10.2023
Hajmi7.14 Mb.
#1734351
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   31
Bog'liq
8 SINF INFORMATIKA

10.2-mashgʻulot
 
Ikkinchi spraytni qoʻshing.
10 soniyadan keyin bu sprayt ekran boʻylab harakatlansin.
10.3-mashgʻulot
 
Ochkolar nomli oʻzgaruvchi yarating.
Har 2 soniyada Ochkolar qiymatiga 1 ni qoʻshing.
Sprayt qoʻshing. Foydalanuvchi sprayt ustiga bosganida, Ochkolar ni 0 gacha qayta 
oʻrnating.
10.4-mashgʻulot
 
Qisqa hikoya soʻzlab beruvchi dastur yarating. Hikoyaning har bir qismi taymer asosida 
bajarilishini belgilang. Masalan, yangi sprayt belgilangan vaqtda paydo boʻladi.
Dasturni loyihalash
 
Dastur yaratishni boshlashdan avval uni rejalashtirib olish kerak. Buni abstraksiya orqali bajarish 
mumkin. Abstraksiya – real muammoni olib, uni kompyuter tizimi orqali yaratish mumkin boʻlgan 
rejaga aylantirish jarayonidir. Buni dastur bajarishi lozim boʻlgan kirish maʼlumotlari, natijalar va 
ishlov berish jarayonlarini belgilab amalga oshirish mumkin.
Kiruvchi maʼlumotlar: foydalanuvchi dasturga kiritadigan narsalar roʻyxati. Ular maʼlumotlarni 
kiritishi yoki tugmalarni bosishi mumkin. Masalan:
foydalanuvchi klaviaturada yuqoriga strelkani bosadi;
foydalanuvchi 
Start 
tugmasini bosadi.
Natijalar: tizim ishlab chiqaradigan narsalar roʻyxati. Bular paydo boʻluvchi soʻzlar va raqamlar 
yoki suratlar boʻlishi mumkin. Masalan:
Fonda maydonlar va ikkita daraxt koʻrinadi;
Otning tasviri bor;



Maqsadli dasturlash
Salomlashish xabari;
Gʻalaba xabari.
Jarayonlar: sodir boʻladigan amallar. Bu matematik hisob-kitob yoki tasvirning harakatga kelishi 
boʻlishi mumkin. Masalan:
Oʻng strelkani bosganda ot oʻngga harakatlanadi;

Download 7.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling