1
Maqsadli dasturlash
Shundan keyin bu raqam
if buyrugʻida ishlatiladi.
Agar tasodifiy raqam 1 boʻlsa, x koordinata 10 ga ortadi.
Agar tasodifiy raqam 2 boʻlsa, x koordinata 20 ga ortadi.
Agar bu 1 yoki 2 boʻlmasa (yaʼni bu 3 boʻlishi aniq!), y koordinata 10 ga ortadi.
Sizda har bir imkoniyat uchun
if boʻlishi kerak!
1-
mashgʻulot
1 dan 2 gacha tasodifiy raqam hosil qiluvchi dastur yarating.
Spraytning x koordinatasini istalgan tasodifiy raqamga oʻzgartiring
2-
mashgʻulot
Ikkinchi spraytni yarating. 0 – 100 orasida ikkita tasodifiy raqam hosil qiling.
Spraytning holatini shu koordinatalarga oʻzgartiring (birinchi raqam – x, ikkinchisi – y).
3-
mashgʻulot
Sprayt yordamida dastur yarating. Sprayt paydo boʻlsin, keyin u yana gʻoyib boʻlishidan
oldin tasodifiy soniya qiymati davomida kuting. Keyin u yana paydo boʻlishidan oldin
tasodifiy soniya qiymati davomida kuting. Buni doimiy tarzda bajaring.
Yakuniy loyiha – Virtual uy hayvonlari oʻyini
Sizdan virtual uy hayvonlari oʻyinini yaratishni iltimos qilishdi.
Oʻyinda oʻyinchi gʻamxoʻrlik qilishi lozim boʻlgan jonivor mavjud. Jonivor har soniyada ortib
boruvchi ochlik qiymatiga ega:
• Foydalanuvchi oziqlantirish tugmasiga bosib, ochlik darajasini 0 ga qayta sozlashi mumkin.
• Foydalanuvchi jonivorga qancha ozuqa berishni 1 va 10 raqamlari oraligʻida kiritishi lozim.
Raqam jonivorning ayni paytdagi ochlik darajasidan kichik boʻlishi lozim. Chunki ochlik manfiy
boʻlishi mumkin emas.
Do'stlaringiz bilan baham: