Ushbu kitob aqsh xalqaro taraqqiyot agentligi (usaid) orqali Amerika xalqining


Download 7.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/31
Sana30.10.2023
Hajmi7.14 Mb.
#1734351
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   31
Bog'liq
8 SINF INFORMATIKA

 

Maqsadli dasturlash
Vaqt bilan ishlash
 
Scratchda vaqt bilan ishlashning ikki xil usuli mavjud:
taymer va wait funksiyasi orqali.
Taymer
 
Scratchda voqeaning vaqtini belgilashda foydalanish 
uchun ichki taymer mavjud. Masalan, 10 soniyadan keyin 
yangi sprayt paydo boʻlishi mumkin.
Dastur ishga tushishi bilan taymer ishlashni boshlaydi.
Keyin if operatoridan foydalanib qancha vaqt oʻtganini 
tekshirib koʻrish mumkin. Masalan, if timer > 5, then...
 
Taymer bloklari 
Sensing 
menyusida joylashgan.
Blok 
joriy vaqtni oladi (soniyada). Agar 
katakchaga belgi qoʻyilsa, ekranda taymer qiymati paydo
boʻladi.
bloki taymerga 0 ga qaytish va hammasini 
boshidan boshlash buyrugʻini beradi.
Bu sprayt dasturi taymer qiymatini doimiy tekshirib turadi. 
Agar taymer qiymati 5 dan oshsa, u spraytni yashiradi.
Wait funksiyasidan foydalanish
 
Faqat bitta taymer mavjud. Shu bois agar turli vaqtda koʻplab 
turli amallar sodir boʻlishini istasangiz va taymerni bekor qilishda 
davom etsangiz, jarayon juda murakkablashib ketadi.
Taymerni wait funksiyasi bilan birga ishlatish mumkin. Wait bloki 
kiritilgan soniya davomida bu kod ketma-ketligini toʻxtatadi, 
keyin davom etadi.
Wait bloki 
Control 
menyusida joylashgan.
31
 


 
 
 
 
 
 
 
 
 
Ketma-ketlikni toʻxtatish va istalgan soniyani belgilash uchun blokni olib borib, soniya
qiymatini 
kiritish lozim. Bu kodning faqat shu boʻlimini toʻxtatadi.
10.1-mashgʻulot
 
Yangi Scratch dasturini yarating. Ikkita kostyumli sprayt qoʻshing.
Bloklarni shunday qoʻshingki, sprayt 5 soniyadan keyin kostyumini almashtirsin, yana 10 
soniyadan keyin birinchi kostyumga qaytsin.

Download 7.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling