Ushbu kurs ishi Arab xalifaligi davrida harbiy yurishlarning tutgan o’rni, rivojlanish bosqichlari,ichki holati va hududlari haqidagi ma’lumotlarni yoritib beradi. Denov-2023 mundarij a kirish
Download 173.5 Kb.
|
arabiston
2.2.Islom dinining tarqalishi
Alloh taolo Qur’on tili etib tanlab olgan buyuk til. Haqiqatda u har bir musulmonning qalbiga yaqindir. Arab-tili, u haqida gapirishgandek juda murakkab til emas, balki juda boy til. Aslida esa talaba arab-tilini o’rganish moboynida duch keladigan barcha muammolar arab-tilining murakkabligida emas, balki boshqa sabablarga bog’liq. Arab-tili hozirgi kunda 6 ta jahon tilining biri hisoblanadi. UNESCO axborotiga ko’ra hozirgi kunda dunyoda 5600 dan ortiq til va shevalar mavjud. BMT (Birlashgan Millatlar Tashkiloti) kengashlarida ish yuritish uchun qo’llaniladigan yetti tilning bittasi arab-tilidir8. Bu tilda BMT, Arab davlatlari legasi, Fors ko’rfazi, arab davlatlari kengashi, AOPEK tashkiloti, arab-tili akademiyasi, Islom robitasi tashkilotlari singari bir qator, xalqaro tashkilotlarida kengashlar, sessiyalar, va majlislar olib boriladi. Bu tilda jahon ma’daniyatining durdonalariga aylangan ko’plab adabiy-badiiy, falsafiy, diniy, tarixiy, siyosiy, mavzulardagi asarlar yoritilgan. Yurtimizdan yetishib chiqqan Imom Buxoriy, Abu Iso at-Termiziy, al-Xorazmiy, Abu Rayxon Beruniy, Ibn Sino, Mirzo Ulug’bek kabi ko’plab vatandoshlarimiz o’zlarining ilmiy ma’rifiy asarlarini arab tilida yozishgan. Bugungi kun yosh kadrlari mazkur asarlarni o’qish, ularni ilmiy tahlil qilish hamda tarjima qilib xalqimiz e’tiboriga havola qilaolishlari muhim masalalardandir. Bu esa, arab-tilini o’rganish va o’rgatishni taqozo qiladi. Hozirgi paytda arab davlatlari dunyoning siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy sohalarida alohida mavqe egallayapti va ta’siri va nufuzi ortib boryapti. Mazkur arab davlatlari asosan Fors ko’rfazi, Hind okeani, O’rta-yer dengizi, Atlantika okeani sohillariga, Osiyo qit’asining janubi-g’arbiy, Afrika qit’asining shimoliy mintaqalarida joylashgan. Hozirgi paytda mustaqil 22 ta arab davlatining umumiy aholisi soni 190 milliondan ortadi. Kelajakda arab davlatlari bilan iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda o’zaro hamkorlik qilish, jumladan ular bilan o’zaro manfaatli iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishni o’zimizga maqsad qilib quygan ekanmiz, arab davlatlari bilan ham turli darajalardagi munosabatlarni rivojlantirib borishimiz lozim. Arab-tilini bilish ushbu maqsadga yetishish uchun ham xizmat qiladigan muhim omildir. Arab-tili xom-som tillar oilasining somiy tillar guruhiga kiradi. Bu guruh yana ivrit (yaxudiy) oysor, amhar, va horari tillarni o’z ichiga oladi. Klassik arab-tili Qur’ oni Karim tili asosida zamonaviy arab adabiy tili shakllangan. Barcha arab davlatlari rasmiy muammolarini shu tilda zamonaviy adabiy tilda olib boradi, ommaviy axborot vositalari; matbuot, radio, televideniya ham shu tilni ishlatadi. Ammo arablarning kundalik hayotlarida ishlatadigan so’zlashuv tillari arab adabiy tilidan farqlanadi. Shuningdek, turli mintaqalardagi arablarning tillari bir-biridan farq qiladi. Bu farq ayrim hududlarida shuqadar kattaki xalqning savotsiz qismi o’z davlatining rasmiy tilini bazo’r tushinishi hatto tushina olmay qolishi ham mumkin. Arab alifbosida 28 ta harf bor. Arab alifbosi bizning harflarimizdan o’ngdan chapga yozilishi va o’qilishi, bosh hamda kichik harflari yo’qligi, har bir harf alohida, so’z boshida, o’rtasi va oxirisida keladigan shakllarga ega ekanligi jihatidan farq qiladi. Arab alifbosining hammasi undosh harflar. Unli harflarni ifoda etuvchi belgilar harakatlar deyiladi. Islom (arabcha; al-Islom - ,,bo’ysunish, itoat etish”) jahonda keng tarqalgan uch dindan (xristianlik va yahudiy bilan bir qatorda) biri islom diniga e’tiqod qiluvchilar arabcha ,,muslim” (,,sadoqatli” ko’pligi ,,muslimun”) deb ataladi. ,,Muslim”, ,,muslimun” so’zining boshqa xalqlar orasida o’zgacha talaffuz etish (masalan; forslarda - musalmon, o’zbeklarda musulmon, qirg’iz va qozoqlarda - musulmon, Ukraina va Rossiyada - basurmon.) natijasida bu dinga e’tiqod qiluvchilar turli nom bilan ataladi. Lekin bularning ichida hozir musulmon iborasi keng tarqalgan. Jahonda dunyo aholisining 24,9% i ya’ni, 1,9 milliard kishi Islomga e’tiqod qiladi. Musulmonlarning 2/3 qismidan ko’prog’i Osiyoda yashaydi va bu qit’a aholisining 20% idan ortig’ini tashkil etadi. Qariyib 30% musulmonlar Afrikaga to’g’ri keladi (qit’a aholisining deyarli yarmi). Dunyoda musulmon jamoalari mavjud bo’lgan 120 dan ortiq mamlakatdan 40 dan ziyodida musulmonlar aholining ko’pchiligini tashkil qiladi9. Shimoliy Afrika, G’arbiy Osiyoning barcha mamlakatlarida (Kipr, Livan, Isroil, mustasno) Senegal, Gambiya, Niger, Somali, Afg’oniston, Pokiston, Bangladesh, Indoneziya va boshqa ba’zi mamlakatlarda aholining 80% dan ortig’i musulmonlardir. Musulmonlarning soni jihatidan eng yirik davlatlar; Indoneziya, Hindiston, Pokiston, va Bangladesh; musulmonlarning anchasi Markaziy Osiyo mamlakatlari, Xitoy, Tailand, Efiopiya, Tanzaniya, Kiprda, Yevropaning ayrim mamlakatlari Gersagovina, Albaniya, Buyuk Britaniya, GFR, Fransiya va boshqalar), Shimoliy va Janubiy Amerika qit’asi mamlakatlari (AQSH, Kanada, Argentena, Braziliya, Gayana, Surinam, Trinidad va Tabago) da Avstraliyada Fiji orolarida yashaydi. Islom 7-asrda Hijoz (G’arbiy Arabiston) da paydo bo’ldi. Uning asoschisi Muhammad (s.a.v.) sanaladi. Islom dinining paydo bo’lishi xususida Islom man’balariga asoslangan diniy an’anada u ilohiy hodisa, insonlarni to’g’ri yo’lga solish uchun Alloh taolo tomonidan yuborilgan oxirgi ta’limot deb hisoblanadi. Islom talqinida dastlab, yahudiy va xristianlar ham aynan musulmonlar e’tiqod qilgan Xudoga ishonganlar. Shu Xudo ya’ni Alloh odamlarga payg’ambarlar va elchilar yuborgan. Ammo insonlar payg’ambarlar ta’limotini buzganlar. Shuning uchun Alloh insonlarga oxirgi rasul etib Muhammadni (s.a.v.) tanladi, unga o’zining kalomi Qur’onni nozil qildi. Muhammad (s.a.v.) oldin o’z hamshaharlarini so’ng barcha arablarni ko’plab qabila xudolariga sig’inishdan voz kechish yagona xudo Allohga e’tiqod qilish, solih hayot kechirish, u dunyoda jannatga tushish uchun bu dunyoda ezgu ishlar qilishga da’vat etadi. Qur’onga ko’ra arablar va yahudiylarnng umumiy bobokaloni Ibrohim Allohga birinchi bo’lib imon keltirgan. Demak, Islom yangi e’tiqod emas balki Ibrohimga nozil bo’lgan dindir. Islomning muqaddas kitobi Qur’ondir. Ta’lim - bilim berish, malaka va ko’nikmalar hosil qilish jarayoni, kishini hayotga va mehnatga tayyorlashning asosiy vositasi. Tarbiya - shaxs muayyan jismoniy, ruhiy, axloqiy ma’naviy, sifatlarini shakllantirishga qaratilgan amaliy pedagogik jarayon; insonning jamiyatda yashashi uchun zarur bo’lgan xususiyatlarga ega bo’lishini ta’minlash yo’lida ko’riladigan chora tadbirlar yig’indisi. Tarbiya insonning insonligini taminlaydigan eng qadimiy adabiy qadriyatdir. Tarbiyasiz alohida odam ham, kishilik jamiyati ham mavjud bo’laolmaydi. Chunki odam va jamiyatning mavjudligini ta’minlaydigan qadriyatlar tarbiya tufayligina bir avloddan boshqasiga o’tadi. Xulosa qilib aytganda ,,Islom dini” tozalik va poklik ustiga qurilgan din hisoblanadi. Unda ezgu ishlar, ezgu amallar, yaxshilik va saxiylik, mehr muruvvat kabi fazilatlar mavjud. Avvalo tarbiya oiladan boshlanadi. Farzand yaralibdiki uni oiladan ya’ni go’dakligidan tarbiyalash joiz. Har bir ota-ona o’z farzandini yaxshi, ilmli, ziyoli, va xalqqa manfaati tegadigan qilib tarbiyalashi, yomon illatlardan yiroq yurishlikni uqtirishlari farzand oldidagi burchi hisoblanadi. XULOSA Arablar 642-yilgi Nahavand jangida gʻalabaga erishishi tufayli Seyiston va Xuroson egallanib, Sosoniylar saltanati toʻliq zabt etiladi. Ushbu jangdan qariyb 10 yil oʻtib, arablar Oʻrta Osiyoga yetib kelishdi. Xurosonning markazi Marv shahri 651-yilda Basra hokimi Abdulloh ibn Amir tomonidan egallanadi va natijada xalifalik chegaralari Amudaryo daryosigacha choʻziladi. Amudaryo daryosi shimolida joylashgan hududlar arablar tomonidan „Movaro un-nahr“ („daryoning narigi tomoni“) deb atalgan. Hudud arablar oldin bosib olgan yerlardan farq qilardi, Movarounnahr (Xurosondan sharqda Amudaryodan janubda Hindukush togʻlarigacha boʻlgan Tohariston yerlarini, hamda Amudaryodan shimoldada joylashgan Shimoliy Tohariston va Sugʻd yerlarini oʻz ichiga olgan) unumdor yerlarga ega boʻlgan vodiylari va vohalari, ularning xilma-xil landshaftlari bilan ajralib turar edi, bu joylarda oʻtroq va koʻchmanchi hayot tarzida turli xalqlar yashagan. Movarounnahrda ma'muriy boshqaruv Forsning markazlashgan boshqaruvi kabi boʻlmagan boʻlib, oʻlka ko'plab kichik mustaqil mahalliy hokimliklarga bo'lingan edi. Movarounnahr geografik, siyosiy va ijtimoiy jihatdan 4 ta hududga boʻlingan: Toxariston (Baqtriya) Amudaryoning yuqori oqimida, shimolda Hisor togʻlari, sharq va janubda Hindukush togʻlari bilan oʻralgan; Soʻgʻd yoki Soʻgʻdiyona, oʻrta Amudaryoning sharqida va Zarafshon daryosi atrofida; Xorazm yoki Xorasmiya, Amudaryoning quyi oqimidan to Orol dengiziga qadar; shimolda Hisor togʻlaridan to Sirdaryo daryosi boʻyigacha, jumladan, Yettisuv va Fargʻona vodiysini oʻz ichiga olgan hududga. Hozirgi kundagidek aholi ikki tilda muloqot qiladigan guruhga mansub edi: VII asrda oʻtroqlashishga moyil boʻlgan eron tillarida soʻzlashuvchi xalqlar va oʻsha davrda asosan koʻchmanchi boʻlgan turkiy xalqlar. Movarounnahr tarixida Markaziy Osiyodan koʻchmanchi xalqlarning bosqinlari tez-tez sodir boʻlgan. Miloddan avvalgi II asrda yuechjilar (toxarlar) Yunon-Baqtriya podsholigini tor-mor etib, Kushon podsholigini tuzdilar, ularning hukmronligida buddaviylik bu hududga kirib keldi. V asr boshlarida kushonlar oʻrniga eftaliylar bilan hokimiyat tepasiga kelishadi, ularning hukmronligi VI asr oʻrtalarigacha, ya'ni Turk xoqonligi vujudga kelganga qadar davom etgan. Xoqonlik ikki qismga boʻlingandan soʻng Gʻarbiy turk xoqonligi Movarounnahrning turli mahalliy hokimliklari ustidan hukmronligini saqlab qolgan, baʼzan hatto Balxgacha bosqinchilik yurishlarini ham olib borishgan. Xitoylik buddaviy rohib Syuan Szan 630-yilda Toxaristonga kelganida Gʻarbiy turk xoqonining toʻngʻich oʻgʻli, Qunduz shahri hokimining boshqaruvi ostida 27 ta dan kam bo'lmagan mahalliy hokimliklar haqida ma'lumot berib oʻtadi. 650-yillarda Gʻarbiy turk xoqonligi qulagandan soʻng Qunduz shahri hokimi xoqonlikka daʼvo qilib, mustaqil hukmdorga aylanadi. Xoqonlar Toxaristonning boshqa hokimliklari ustidan rasman hukmronlikni saqlab qolishgan boʻlsada, biroq kelib chiqishi turkiy boʻlgan koʻpchilik mahalliy hokimlar amalda mustaqil edi. Download 173.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling