Ushbu kurs ishi Arab xalifaligi davrida harbiy yurishlarning tutgan o’rni, rivojlanish bosqichlari,ichki holati va hududlari haqidagi ma’lumotlarni yoritib beradi. Denov-2023 mundarij a kirish


Mavzuning o’rganilganlik darajasi


Download 173.5 Kb.
bet2/6
Sana30.04.2023
Hajmi173.5 Kb.
#1417871
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
arabiston

Mavzuning o’rganilganlik darajasi. A.S.Sagdullayev. O`zbekiston tarixi. VneshinVestprom. Toshkent. 2019-yil, 445- 455 b.; R.Murtazayev. O`zbekiston tarixi. Toshkent 2001-yil, 154-158 b.; B.J. Eshov, A.A.Odilov. O`zbekiston tarixi.Toshkent, 2014-yil, 267 – 292 b.; A.R.Muhammadjonov O`zbekiston tarixi ( IV – XVI asr boshlarigacha G`afur G`ulom nomidagi nashriyoti, Toshkent, 2004 – yil , 133-140 b.; R.Shamsutddinov, Sh.Karimov. Vatan tarixi. Sharq nashriyoti. Toshkent. 2010- yil. 220-265 b.; Anvar Ahmad Nozim Mamatoxunov Arab - tili 1 - kitob. T.: 2013.; Lutfiy Ahmad, Saodat asri qissalari [ 1-kitob, Intizor kutilgan tong ] T.: 2003.; С. А. Ҳайдаров. (2020). Ўзбекистон тарихини ўқитишда “Зафарнома”дан фойдаланишни имкониятлари. Science and Education. 1(7). 192-198.; Ҳайдаров С. (2020). Ўзбекистон тарихи дарсларида педагогик технологияларни уйғунлашган ҳолда қўллашнинг методик талаблари. Academic Research in Educational Sciences. 1 (3). 1313-1321.; va boshqa monografiyalardan foydalanildi. Bu manbalarda Arab xalifaligi davrida harbiy yurishlarning tutgan o’rni haqidagi ma’lumotlar yozilganligini bilishimiz mumkin.
Kurs ishining maqsadi va vazifalari: Ushbu kurs ishimni ko’zlangan maqsad Arab xalifaligi davrida harbiy yurishlarning tutgan o’rni haqidagi ma’lumotlarni o’rganish va bu ma’lumotlarni talabalarga yetkazish.
Kurs ishining tuzilishi.Ushbu kurs ishi kirish,asosiy qism,xulosa va foydalanilgan adabiyotlar qismlaridan iborat. Asosiy qismda 2 ta bob va ta reja orqali mavzu yoritib berilgan.
ASOSIY QISM
I.bob.Xalifalikning tashkil topishi hamda Movarounnahr
1.1.Arab xalifaligining tashkil topishi
Arab xalifaligi (632 – 1258) – Arabiston yarim oroli, Yaqin va O‘rta Sharq, Shimoliy Afrika, Ispaniya, Markaziy Osiyo va Kavkazortini o‘z ichiga olgan saltanat.
VII-VIII asrlarda tashkil topgan. Arab Xalifaligi asoschisi payg‘ambar Muhammad(s.a.v)ning eng yaqin safdoshi xalifa Abu Bakr – Arablar yuqorida zikr etilgan mamlakatlarni 630–715 yillar orasida bosib olganlar. Bu mamlakatlar asosan "Xula-fo Ar-Rashidin" ("To‘g‘ri yo‘ldan boruvchi xalifalar") va umaviylar zamonida fath etildi.. Xalifa Umar davrida (634-644 –yillar) kuchli markazlashgan davlat va jangovar armiya tashkil topadi. Ko‘p sonli arab qo‘shinlari o‘z zarbalarini Vizantiya va Eronga qarshi yo‘naltiradilar. Bir necha o‘n yilliklar mobaynida arablar Suriya, Iroq, Eron, Misr va butun Shimoliy Afrikani istilo qiladilar. Arablar Vizantiyaga kuchli zarba beradilar. Jangari arablar g‘arbga va sharqqa tomon tobora ichkarilab boradilar. Arablar armiyasining asosiy zarbdor kuchini otliq qo‘shinlar tashkil qilardi. VII asr va VIII asrning birinchi yarmi mobaynida ulkan davlat – Arab xalifaligi tashkil topadi. Damashq shahri uning poytaxtiga aylanadi. Lekin Abbosiylar bu ulkan hududni butun saqlab qololmadilar.Ichki ixtiloflar ta’siri ostida Arab Xalifati 8-asrning oxirlaridan boshlab mayda-mayda qismlarga parchalanib keta boshladi:788 yilda Mag‘ribning g‘arbiy qismida(hozirgi Marokash) idrisiylar (788 – 985), uning sharqiy qismida (hozirgi Tunis) ag‘labiylar (800 – 909) hukmronligi o‘rnatildi. Xuroson va Movarounnahrda esa X asrning 20-yillaridan boshlab mahalliy sulolalar: Tohiriylar(821 – 873), Safforiylar (867 – 903) va Somoniylar (875 – 999) bosh ko‘tarib chiqdilar. Ular Arab Xalifatiga nomigagina tobe bo‘lib, aslida mustaqil hukmdor edilar. Arab Xalifati 1258 yilda mo‘g‘ullar tarafidan tugatildi.
Movarounnahr (arabcha — daryoning narigi tomoni) — oʻrta asrlarda islom mamlakatlarida keng tarqalgan geografik atamadir1. Uning xuddi shu maʼnoni anglatgan fors tilidagi "Varorud" va "Varojayxun" shakllari ham mavjud boʻlib, ularning barchasi avval (XI asrgacha) Xuroson viloyatining davomi sifatida,XI asr boshidan eʼtiboran esa Turkiston,yaʼni Qoraxoniylar davlati va undan keyingi turkiy davlatlar tarkibidagi maʼmuriy birlik sifatida tushunilgan.XI asrda Yevropa tarixshunosligida mazkur arab atamasining lotincha tarjimasi boʻlmish yangi "Transoksiana" yoki "Transoksaniya" atamalari muomalaga kiritilgan.
Hozirgi zamon tarixiy-geografik ilmiy adabiyotda Movarounnahr deganda,asosan, Turkmanistondan tashqari boʻlgan Oʻrta Osiyo hududlari, yaʼni, Oʻzbekiston, Tojikiston, Qirgʻiziston va Qozogʻistonning janubiy qismi tushuniladi.
Movarounnahr atamasi ilk bor Muhammad haqidagi hadislarda tilga olingan. Aftidan bu atama arablar orasida islomgacha boʻlgan davrlarda ham maʼlum boʻlib, u vaqtda (milodiy VI asr) Sosoniylar davlatidan shimoliy-sharqda, Jayxun, yaʼni Amudaryoning orqasida joylashgan Turk xoqonligiga qarashli yerlarni anglatgan. Qadimiy fors manbalaridagi maʼlumotlarga tayangan arab geograf olimi Yoqut Hamaviy Movarounnahr atamasini Turon mamlakatining nomi deb bilgan. Arablar oʻzlarining sharqqa qilgan ilk yurishlari davomida (VII asrning 2-yarmi — 8-asrning boshi) ikki xil tushuncha haqida maʼlumotga ega boʻlganlar: "ma duna-nnahr", yaʼni "da-ryoning pastki tomoni", va "ma varo-annahr" — "daryoning narigi tomoni". Ulardan birinchisi Xurosondan sharqda Amudaryodan janubda Hindukush togʻlarigacha boʻlgan Tohariston yerlarini; ikkinchisi esa, Amudaryodan shimoldada joylashgan Shimoliy Tohariston va Sugʻd yerlarini oʻz ichiga olgan.IX-X asrlarda yashagan va Oʻrta Osiyo hududlariga tavsif bergan arab geograflaridan faqat al-Istaxriy va Ibn Havqal ularga nisbatan Movarounnahr atamasini maxsus ishlatganlar. Boshqa arab geograflari esa Oʻrta Osiyo hududlari xaqida soʻz yuritganlarida Movarounnahr atamasini juda tor maʼ-noda ishlatib, uni Xurosonning davomi yoki al-Mashriq (Sharq)ning bir qismi sifatida tasvirlaganlar. Al-Mashriq tushunchasiga esa ular Xuroson va Movarounnahr yerlaridan tashqari, Hindiston, Xitoy yerlarini va hatto Hind va Tinch okeanlaridagi Yaponiyagacha boʻlgan orollarni kiritganlar (Ibn Xurdodbeh).XI asr boshidan eʼtiboran Movarounnahr istilohi hudud jihatdan ayrim manbalarda Sugʻd va Xorazm, boshqalarida esa Sugʻd va Shimoliy Tohariston yerlarini oʻz ichiga olgan. Maʼno jihatdan esa bu atama endi Turkiston, yaʼni Qoraxoniylar davlati, keyinchalik esa Xorazmshohlar, Chigʻatoiylar, Temuriylar va Shayboniylar davlatlarining tarkibidagi maʼmuriy birlikni anglatgan.
Shunday qilib, Movarounnahr atamasi oʻrta asr manbalarida turlicha talqin qilinib, geografik hudud sifatida avval Turon, Turk xoqonligi yoki Turkiston mamlakati (VII asr gacha), keyin Xuroson (VII-X asrlarda) undan ham keyin Turkiston (XI asrdan boshlab), maʼlum vaqt esa Xorazm (XII asrning oxiri — XIII asrning boshi) tarkibiga kiritilgan. Demak, bu atama faqat geografik maʼnoga ega boʻlib, har xil davrlarda turli davlatlar — Turk xoqonligi, Arab xalifaligi, shuningdek, Somoniylar, Qoraxoniylar, Xorazmshoxlar va boshqa davlatlarning tarkibiga maʼmuriy birlik sifatida kirgan. Bu atama haqida turli manbalarda keltirilgan maʼlumotlarning yigʻindisi ham hududiy jihatdan "Oʻrta Osiyo" atamasini anglatadigan Turkiston tabiiygeografik oʻlkasining barcha yerlarini qamrab olmaydi. Chunki, mazkur mintaqa tarkibiga kirgan Shimoliy Xuroson (Turkmaniston), Yettisuv (Qozogʻiston) va Janubiy Tohariston (Afgʻoniston) yerlari hech qanday manbalarda Movarounnahr tarkibiga kiritilmagan. Shuning uchun, Movarounnahr atamasining oʻrta asrlarda ishlatilgan eng keng maʼnodagi tushunchasi tarkibiga shartli ravishda faqat Amudaryo va Sirdaryo oraligʻida joylashgan yerlarni kiritish mumkin
Arablar O`rta Osiyoni bosib olgach bu hududdagi hamrna shaharlaf aholi joylarida o`z qo`shinlarini joylashtirdilar. Bu harbiy kuchlar o'z vaqtida mahalliy aholi ustidan nazorat qilib turardi. Arab xalifaligining hukmroriligi aholi uchun og`ir yuk bo`lib qoldi.Istilochilar avval boshda Movarounnahrning hunarmandchilik va savdo shaharlari, obod viloyatlariga bostirib kirib, ularni taladilar va katta o`ljalarga ega bo`ldilar. O`lkalarni bosib olish chog`ida dehqonchilik vohalari oyoq osti qilinib, shahar va qishloqlar vayron etildi. Suv inshootlari buzib tashiandi. Ko`pgina joylarda qurg`oqchilik yuz bera boshladi. Shaharlardan katta miqdorda qimmatbaho o`ljalar, Buxoro, Poykand va So`g`d hukmdorlaridan esa katta miqdorda tovon olindi.Arab qo`shini tarkibiga mahalliy aholi ichidan ko`plab erkaklar majburan safarbar qilindi. Harbiy harakatlar natijasida aholining bir qismi halok bo`ldi, bir qismi asirga olindi. Barcha shahar va qishloqlarda o`z harbiy garnizonlarini joylashtirishgan arablar, shu harbiy kuchga tayanib aholidan turli soliqlar undirishar, ularni turli jamoat ishlariga safarbar qilishar edi. Marv, Poykand, Buxoro, Samarqandda uylarning qoq yarmi arablar ixtiyoriga topshirildi. Ba'zi istilochi zodagonlar dehqonchilik vohalaridagi eng unumdor yer maydonlar va suv inshootlarini egallab ola boshladilar. Arab oilalari qishloq va shaharlarga kelib o`rnasha boshladilar. Ariq qazish, ko`prik qurish, binolarni ta'mirlash va boshqa jamoa ishlarida aholidan bepul foydalanar edilar. Shu bilan birga mahalliy aholi arab zodagonlari va qo`shinini ot-ulov, kiyim-kechak, oziq-ovqat, qullar va boshqa narsalar bilan ta'minlab turishi kerak edi.
Iqtisodiy hayotni O`z qo`llaridan chiqarmaslik maqsadida arablar bu yerda sosoniylar tartibidagi soliq tizimini joriy qildilar2. Bu tizimga yer solig`i-hiroj (hosilning o`ndan bir yoki o`ndan ikki qismi miqdorida) chorva, hunarmandchilik, savdo-sotiqdan zakot (qirqdan bir miqdorda) hamda islomni qabul qilmagan shaxslardan olinadigan juzya solig`i ham qo`shildi.Arablar o`z hukmronligi siyosiy negizini mustahkamlash va uning barqarorligini ta'minlashda islom dinini keng yoyishga va targ`ib qilishga katta e'tibor berdilar. O`rta Osiyo aholisi ichida e'tiqod qilayotgan zardushtiylik, moniylik, buddizm, nasroniy va boshqa dinlar soxta deb e'lon qilindi. Ayniqsa zardushtiylikka qarshi keskin kurash olib borildi. Bosib olingan yerlarda bu dinning barcha ibodatxonalari yo`q qilindi. Uning o`rniga masjidlar barpo qilina boshlandi. Zardushtiy adabiyotlar, xususan diniy kitoblar, so`g`d tilidagi nomalar, xalq adabiyoti yo`q qilinib yuborildi.
"Qutayba ibn Muslim Xorazm xattotlarini qatl ettirdi va din Peshvolarini qirib lashlab, ularning kitob va qo`lyozmalarini yoqib yuborgandan keyin, deb yozgan edi. Beruniy, xorazmliklar savodsiz bo`lib qoldilar, ularning faqat yodda saqlab qolgan xotiralarigina qoldi, ammo vaqt o`tishi bilan bu unutilib, faqat o`zlari uchun mos bо`lgan xotiralargina saqlanib qoldi", So`g`d tilidagi dunyoviy adabiyotlar yo`q qilib tashlandi. Islom dinini qabul qilgan, musulmon bo'lgan mahalliy aholi vakillari dastlabki yillarda xiroj va juzya soliqlaridan ozod etilib, ularga anchagina imtiyozlar berildi. Namoz o`qish uchun masjidlarga borgan shaxslarga 2 dirhamdan pul ham berilar edi. Juzya solig`ini o`z vaqtida to`lamagan kishilar tutib olinib bo`yinlariga "qarzdor" deb taxtachalar osib qo`yilgan.
Qutaybaning o`limidan so`ng arab hokimiyatining Movarounnahrdagi mavqeyi biroz zaiflasha bordi. Xurosonning yangi noibi Al-Jarroh (717-719) yangi musulmon aholisiga islomga zid ravishda shafqatsiz munosabatda bo`la boshlaydi. Sulaymon vafotidan so`ng taxtga o`tirgan yangi xalifa Umar ibn Abdulaziz (717-719)-Umar II xorijiylar ta'limoti tarafdori edi. Xorijiylar shialardan ajralib chiqqan guruh bo`lib ilk islom ta'limoti tartiblarini va umumiy tenglik g`oyalarini ilgari surar edilar. Umar II Movarounnahrdagi murakkab vaziyatni hisobga olib, bo`ysundirilgan xalqlar bilan murosachilik siyosatini yurgiza boshladi. U Movarounnahr aholisini islomni qabul qilishga chaqirib, katta ahamiyatli farmon qabul qildi. Unga ko`ra arablarga yangi yerlarni zabt etish man qilindi va moliyaviy islohotlar o`tkazish ko`zda tutildi. Arablar bilan bir qatorda yangi musulmonlardan ham juzya va xiroj solig`i olish bekor qilindi. Umar II soliq yig`uvchilardan va xalifalik amaldorlaridan Qur'on va Hadislarga qat'iy amal qilishni buyurdi.
Arab feodal-zodagonlari turli yo`llar bilan xiroj solig`i yig`a boshladilar. Xalifa xazinasiga keladigan soliqlar esa kamayib keta boshladi. Xiroj yerlarini davlat solig`i sifatida saqlab qolish maqsadida Umar II arablarga o`z yerlarini kengaytirishni man etdi va hijriyning 100 yilidan (719 yil) keyin sotib olingan barcha xiroj yerlarini qaytib berishni buyurdi. Shu paytgacha olingan yerlardan esa xiroj emas, ushr (o`ndan bir qismi) soliq olish ko`zda tutildi.
Umar II islohotlaridan ruhlangan Samarqand ahli zodagonlari unga elchilar yuborib Samarqand shahristonini qaytarib berishni so`radilar. Umar II Samarqand hokimi Sulaymon ibn-Abus-Sariyaga maktub yozib, qozi bu ishni hal qilib berishini so`raydi. Samarqandliklar shikoyati ko`rib chiqilib, bu ish samarqandliklar foydasiga hal bo`ldi. Qozi Samarqanddan arab garnizoni olib chiqib ketilishi kerak deb hukm chiqardi. Bu esa urushni bildirar edi. Arablar kuch-qudratini bilgan samarqandliklar o'z ja'volaridan yana voz kechdilar. Mahalliy zodagonlar o`zlarini musulmon hisoblab, g`aznaga soliq to`lamay qo`ydilar. Shundan so`ng xalifalik barchadan soliqlarni olishni belgiladi. Natijada Movarounnahrda norozilik kuchayib keta boshladi. Mahalliy zodagonlar bilan arab ma'muriyati orasida ziddiyat keskinlasha bordi.
Arab bosqiniga qarshi xalq ozodlik harakatlari Movarounnahrda hijriyning 100 yilida (719 yil) arab hokimiyati tugaydi degan gap-so`zlar tarqala boshlaydi. Arablar olib borayotgan bosqinchilik siyosatiga qarshi birincbi bo`lib, 720-yilda So`g`d aholisi bosib ko`taradi. Qo`zg`olonga Samarqand ixshidi Hurak va Panjikent hokimi Devashtichlar boshchilik qiladilar.So`g`dlarga yordam berish uchun Turkiy hoqon shahzoda Ko`rsul boshchiligidagi turkiy lashkarini Samarqandga yuboradi. So`g`ddagi qo`zg`olon umumxalq qo`zg`oloniga aylanib ketdi. Qo`zg`olonchilar arablarga zarba bera boshladilar. Faqat ayrim shahar va qal'alar ichida qurshovda qolgan arab harbiy qismlarigina katta boj va Hiborli vakillarni qo`zg`olonchilar ixtiyoriga garovga berish bilan jon saqladilar. Xuroson noibi Sayid ibn Abdulaziz bu qo`zg`olonni bostirishga muvaffaq bo`lolmadi.
721-yil Xalifa Yazid ibn Abdumalikning tavsiyasi bilan Xuroson noibi etib Sayid ibn Amir al-Xaroshiy tayinlanadi. U Iroqdagi xalq qo`zg`olonini bostirishda o`z shafqatsizligi bilan nom chiqargan edi. Sayid al-Xaroshiy qo`zg`olonchilar bilan olib borgan rauzokaralar natijasida Hurak boshliq zodagonlarning bir qismi arablar tomoniga o`tib ketadi. Qo`zg`olonchilardan bir qismi esakurashni davom ettirishni lozim ko`radilar. Arablar 400 ta boy savdogarlardan bosbqa hamma Sug`d qo`zg`olonchilarini qirib tashladilar. Qo`zg`olonchilarga yordam bergan Xo`jand ahli ham jazolandi.Movarounnahr aholisini tinchlantirish va arab hokimiyatini mustahkamlash maqsadida Xuroson noibi Ashras ibn Abdulloh (727-730 y) islom dinini qabul qilganlardan xiroj va jizya solig`i olishni bekor qiladi. U islom dinini keng targ`ib qila boshlaydi. Chegaradagi yerlarda yangi istehkom qurilib, chegaralar mustahkamlana bordi. Lekin g`aznaga tam daromad tushayotganligi, zodagonlarning shikoyati tufayli xirojni Rayta tiklaydi. O`z siyosatini targ`ib qilish maqsadida ikkita taniqli arab ruhoniysi As-Sayid Soliq va Robiya ibn Umranni
Samarqand va Buxoroga jo`natadi. Xiroj solig`i zodagonlardan ham, kambag`allardan ham zo`rlab undirila boshlanadi.Samarqandda Abu Sayid boshchiligidagi 700 ta so`g`dliklar xiroj to`lashdan bosh tortadilar. Ular shahardan 7 farsax nariga o`tib, qarshilik harakatiga tayyorgarlik ko`ra boshladilar. Abu Sayidni hiyla ishlatib muzokara uchun Samarqandga chaqirtirishadi va o`sha yerning o`zida uni va safdoshlarini zindonband etadilarO`zaro kurashlar, 733-734 yillardagi Zarafshon vohasidagi qurg`oqchilik, mustamlaka zulmining kuchayishi-bularning hammasi Movarounnahrdagi norozilikning yanada avj olishiga olib keldi. Norozilik arab harbiylari va qisman zodagonlar ichida ham kuchaya bordi. Shu paytga kelib xorijiylar harakati va mafkurasi yanada keng tarqala boshlandi. Xorijiylar yuqorida qayd qilinganidek, shialar guruhidan VII asr oxirida ajralib chiqqan bo`lib, bu so`zning lug`aviy ma'nosi qo`zg`olonchilar degani edi. Avval boshda bu harakat oddiy arab va boshqa musulmon xalqlarning manfaatlarini himoya qilar edi. Keyinchalik bu guruhdan ibodiylar, azrakiylar va boshqa jamoalar ajralib chiqqan. Xorijiylar ta'limotiga ko`ra musulmonlar-zimmiylar (boshqa dindagilar) ustidan hukmron bo`lishlari kerak edi.Movarounnahrda Xorijiylar harakatiga shu paytda Xoris ibn Surayj boshchilik qiladi. Xoris Movarounnahrda tezda shuhrat qozondi. U Samarqand va Dabusiyadagi Abu Sayid tarafdorlarini o`z qo`li ostida to`pladi. Abu Fotima uni yordamchisi va harbiy maslahatchisi etib tayinlandi.
Xoris Ummaviy xalifalarni islomga rioya etmaslikka ayblab, butun Xuroson va Marv aholisini xiroj va juzyadan ozod qilishni talab etadi. Kesh xalq ommasiga tayanib, u Xurosonning shimoliga yurish qiladi. Uning qo`shini tarkibida Xuttalon shahzodasi Sabil, qarluq yabg`usi va Abu Fotima guruhi ham bor edi. Xalq harakatlaridan norozi bo`lgan xalifa Xurosonga yangi noib Osim ibn Abdullohni tayinlaydi. Xoris qo`shinlari Xurosonning katta qismini egallashib, Osimni chekinishga majbur etishadi. 735 yilga kelibgina xalifa yangi noib Asad ibn Abdullohni Xuroson valiysi etib tayinlab, katta kuch bilan Xorisga qarshi kurasb boshlaydi. 736-737 yillarda Asadning qo`shini Xurosondan Xorisni siqib chiqarishga muvaffaq bo`ladi. Qo`zg`olonchilarning ijtimoiy tarkibi ham, talablari ham turlicha edi. Qo`zg`olonda aholining deyarli hamma tabaqalari qatnashadi.
Albatta, hukmdorlar o`rtasida o`zaro nizolar, xiyonatkorona harakatlar, qurol-yarog`ning yetishmasligi, yaxshi uyushmaganlik va boshqalar o`zining ta'sirini ko`rsatdi. Shunday bo`lsa ham qo`zg`olonchilar izsiz qolmay xalifalik siyosiy harakatida o`zining aksini topdi.
Ulkan xalifalikni 661 yildan boshlab Ummaviylar sulolasi boshqarib kelar edi. Bu sulola davrida juda ko`p siyosiy o`zgarishlar, diniy mazhablar, guruhlarning kuchayishi, boshqarishdagi nomutanosiblik, mustamlakachilik siyosati, zo`ravonlik, adolatsizlikning avj olishi ro`y berdiki, bu narsa sulolaning keyingi davrida uning faoliyatini qiyin ahvolga solib qo`ydi. O`rta Osiyoda va boshqa xalifalik yerlarida xalifalikka qarshi norozilik kayfiyatlari kuchli edi. Ularning soliq siyosatidan zo`ravonligidan quyi tabaqalar, o`z huquqlarining kamsitilganidan esa yuqori tabaqalar norozi edi. Ummaviylaming hokimiyatini arab aholisi ham qo`llamas edi. Ularning hokimiyatga kelishini turli gumonlar, muxolifat kuchlari noqonuniy deb bilishar edi. Avvalo xorijiylar ularga qarshi bo`lib, xalifalik taxtining merosiy bo`lishini noto`g`ri deb baholar edilar.
718 yildan boshlab maxfiy tarzda Muhammad Payg`ambarning amakilari Abbosning tarafdorlari o`z g`oyalarini targ`ib qila boshladilar. Ular hoshimiylar urug`i (Payg`ambar shu urug`dan) vakillari hokimiyatga da'vogardirlar deb hisoblashar edilar. Keyinchalik ular o`z kurashlarida shialar bilan birga harakat qila boshlaydilar.
Yerga egasiz munosabatlarning rivojlanishi ijtimoiy-siyosiy vaziyatning o`zgarishi ummaviylarning siyosiy sahnadan ketishlarini, ularning avvalgi mavqei tugaganligini ko`rsatib turar edi. Umraaviylar siyosatidan ommaviy norozilik ayniqsa Marvon II (744-750 y.) hukmronlik davrida kuchayib ketdi. Marvon II ning xiroj solig`i miqdorini ko`paytirish va mahalliy xalqlar vakillarini og`ir qurilish ishlariga keng jalb qilishi norozilikning alangalanishiga olib keldi. Movarounnahr va Xurosonda Abbosiylar vakillari katta yet egalarini o`zlari tomonga jalb qilishga harakal qiladilar. Abbosiylar vakillari xalifa Xishom (724-743 y.) davridayoq O`rta Osiyoda harakat qila boshlagan edilar. Ularning targ`ibotchilari ta'qib ostiga olinar, ular qo`lga tushgudek bo`lsa, qo'1-oyoqlari kesilar edi. Ayniqsa Nasr ibn Sayyor abbosiylar va shialarning katta dushmani bo`lib ularni doimo ta'qib etib kelar edi. Abbosiylarning hokimiyat tepasiga kelishida Abu Muslim va uning harakati muhim ahamiyat kasb etdi. 746 yil Abu Muslim abbosiylar targ`ibotiga boshehilik qilish uchun Xurosonga yuboriladi3. Abu Muslimga Payg`ambar xonadonining ishonchli vakili degan unvon beriladi.
O'z tashviqotini Abu Muslim Xuroson zodagonlariga murojaat etish bilan boshlaydi. U Marv shahridan uch farsah g`arbda Xarkon arig`i sohilidagi Safizanj qishlog`ini o`ziga qarorgoh qilib oladi. Abbosiylarning ramziy rangi va bayrog`i qora rangda edi. Shu sababli Abu Muslim va uning tarafdorlari qora kiyim kiyib yurishadi. Xuroson aholisiga murojaatida u Qur'on va hadislarga amal qilishga, payg`ambar avlodlariga bo`ysunishga chaqiradi. Keyinchalik mahalliy zodagonlar ham uni qo`llab-quvvatlay boshlaydilar. Abu Muslim tashviqoti Movarounnahr va Xuroson yerlarida tezlik bilan tarqala borib, uning tarafdorlari soni orta boshlaydi. To`planayotgan otliq va piyodalarga bosh bo`lib, Abu Muslim Moxuvon qafasiga ko`chib o`tadi. Xuroson noibi Nasr ibn Sayyor Abu Muslimga qarshi arab zodagonlari vakillarini birlashtirishga harakat qiladi. Lekin uning barcha harakatlari zoye ketdi. U Abu Muslimga yurak yutib kurash boshlashga qurbi yetmay, 748-yilda Xaroson poytaxti Marvni tashlab chiqib Nishopurga yo'l oldi. Nishopurda unga Abu Muslimning sarkardalaridan biri qaqshatqich zarba berib uni mag`lubiyatga uchratdi.
749-yili Abu Muslim qo`shini xalifalikning markaziy viloyatlariga yurish qiladi. Iroq va Jazoirda ummaviylarga hal qiluvchi zarba beriladi. Qo`zg`olonchilar poytaxt-Damashqni ham qo`lga kiritadilar. Xalifa Marvon taxtdan ag`dariladi. Abbosiylardan bо`lgan Abulabbos Saffoh (749-754-y.) xalifalik taxtiga o`tiradi. Joylarda Ummaviylaraing barcha vakillari qirib tashlanadi. Shunday qilib arab xalifaligi hokimiyati Abbosiyiar qo`liga o`tadi.
751-yil Buxoro shahrida Shorik ibn Shayhulmahriy boshchiligida qo`zg`olon ko`tariladi. Qo`zg`olonchilar shialik talablarini ilgari surib, Alil avlodidan xalifa tayinlash shiorini ko`tarib chiqishadi. Abu Muslim qo`zg`olonni bostirishda Ziyod ibn Solih boshchiligidagi 10.000 kishilik qo`shin yuboradi. Bu qo`zg`olon faqatgina Buxorxudod Qutayba ibn Tug`shodning yordami bilangina bostiriladi.
Abu Muslim O`rta Osiyoning shimoliga kirib kelgan Xitoy iraperatorining qo`shiniga ham hal qiluvchi zarba beradi. 751 yil Talas vodiysidagi xitoyliklar bilan jangda, Xitoy qo`shini haydab chiqariladi. Shu bilan xalifalikning shimoliy chegarasi ham mustahkamlanib, qafiy chegara o`rnatiladi. Xalifalik ta'siri butun O`rta Osiyo hududida asosiy va qonuniy bo`lib qoladi. Garchi Abu Muslim sadoqat ila xizmat qilsa-da, arab hokimiyati unga ishonmas edi. Xalifa unga jangga yuborish haqida noma yo`llab uni markazga kelishga majbur qiladi. 755-yil Haj safaridan qaytayotgan Abu Muslim Xalifa tomonidan xiyonatkorona Bag`dodda o'ldiriladi. Uning o`limi xalq ommasining umumiy noroziligiga sabab bo'ldi. Uning murdasi Samarqandga olib kelinib Xo`ja Temim Ansoriy maqbarasi yoniga katta hurmat bilan ko`miladi.
Abbosiy xalifalar davrida xalq ommasining ahvoli yanada og'irlashdi. Sug`orilmaydigan yerlardan hosilning yarmi, sug`oriladigan yerlardan 1/3 qismi soliq olinadigan bo`ldi. Ko`p holda soliqlar bir marotaba o`rniga ikki marotaba ham olinadigan bo`ldi. Ozod jamoalarning huquqlari cheklab qo`yildi. Yerlar zodagonlar tomonidan ijarador dehqon - kadivarlarga bo`lib berila boshlandi. Hamma hashar qurilish ishlarida aholi tekin ishlab berishi lozim edi. Shahar hunarmandlarining ahvoli ham og`ir bo`lib, ular o`z mahsulotlaridan katta soliq to`lashar edi. Shuningdek, og`ir soliqlar ko`chmanchi chorvadorlar bo`yniga ham qo`yilar edi.
Shunday bir ahvolda xalq harakatlari kuchayib ketadi. Abu Muslimning o`chini olish shiori ostida uning safdoshi Sumbod boshchiligida qo`zg`olon ko`tariladi. 755 yilda ko`tarilgan bu qo`zg`olon tez orada Xuroson va Tabaristonga ham yoyiladi. 70 kun davom etgan bu qo`zg`olon qattiqqo`llk bilan bostirilib, Sumbod Rayda qatl etiladi. Garchi u qatl etilsa-da, Abu Muslim tarafdorlari yashirin “muslimiya” guruhiga asos soladilar.
VIII asrning 70-80-yillarida Movarounnahrda juda ulkan xalq qo`zg`oloni ko`tariladi. Qo`zg`olonchilar oq rangdagi kiyim kiyganligi uchun tarixda u “oq kiyimlilar” qo`zg`oloni deb ham shuhrat qozonadi.Bu qo`zg`olonning rahbari Muqanna (boshi va yuziga yoping`ich tashlab yurgani uchun unga shunday laqab berilgan) edi.Muqanna Marv atrofi aholisidan,-deyiladi “Buxoro tarixi” nomli Narshahiy asarida, Koza deb atalgan qishloqdan bo`lib, asr nomi Hoshim ibn Haklin edi. U ilgari kudungar (kigiz bosuvchi) lik qilar edi, keyin ilm o`rganishga mashhur bo`ladi va har xil ilmlarni ko`zbo`yamachilik, sehr va tilsim ilmlarini o`rganadi. Ko`zbo`yamachilikni yaxshi bilib olib payg`ambarlik da'vosini ham qiladi. Muqanna ko`zbo`yamachilikni o`rgangan va g`oyatda ziyrak bo`lib, qadimgi olimlar ilmlariga oid ko`p kitoblarni o`qigan va jodugarlikdan ustoz bо`lgan edi. Uning otasini nomi Hakim, u Abu Ja'far davridagi Xuroson amiri lashkarboshilaridan bo`lib, asli Balxdan edi”.
Qo`zg`olon 776-yili boshlanadi. Muqanna o`zining 36 ta muridi bilan Amudaryodan o`tib, Kesh viloyatiga yo'l oladi. Buxorxudod Tug`shod uni qo`llab-quvvatlay boshlaydi. Muqanna Kesh yaqinidagi Som (Sanaro) qal'asini o`ziga qarorgoh qilib oladi. Butun Qashqadaryo vohasi qo`zg`olonchilar qo`liga o`tadi. Muqanna ta`limoti umumiy mulkiy tenglik va arablarni O`rta Osiyodan haydab chiqarish g`oyalarini targ`ibot etar edi.Muqanna ta'limoti So`g`d, Iloq (Oxangaron), Shoshda ham yoyila boshladi. Qo`zg`olonda turli ijtimoiy guruhlar vakillari qatnashib, ulani bir fikr istilochilarini mamlakatdan haydab chiqarish, mustaqil davr barpo qilish g`oyasi birlashtirib turar edi.
Qo`zg`olonga zarba berish uchun xalifa Abu Ja'far 776-yilda Jabroill ibn Yahyo boshliq katta harbiy kuchni Movarounnahrga yuboradi. Biroq j Jabroil qo`zg`olonchilariga yengiladi. U katta talofatlar berib bazo'r Samarqandga yetib keladi. 10.000 askar bilan Jabroilga yordamga yuborilgan Uqba ibn Salim Kesh va Samarqand oralig`ida, boshliq 14.000 kishilik qo`shin Termiz yaqinida qo`zg`olonchilar tomonidan tor-mor keltiriladi. Natijada Chag`oniyon qo`zg`olonchilar qo`liga o`tadi.
Qo`zg`olon markazi Narshaxda, Buxoro atrofida joylashadi. Shu yili Narshax yaqinida Buxoro hokimi Xusayn ibn Muvoz va Samarqand noibi Jabroilning birlashgan qo`shini o`rtasida to`rt oy jang bo`ladi. “Oq kiyimlilar” bu jangda qo`llari avval ustun keladi, keyinchalik son jihatdan ko`p bо`lgan arablar Narshax qal'asi devor ostidan uzunligi 50 gazlij chuqur qazib, uni qulatib qal`aga kiradilar. Narshax qal'asi arablar tomonidan egallanadi. Kesh va Samarqand endilikda qo`zg`olonning asosiy markazlariga aylanib qoladi.
Kurashning oxirgi bosqichi Kesh vohasi (Qashqadaryo)da juda avj oladi. Muqanna qarorgohi bо`lgan Som (Sanam) qal'asini qamal qilish Xaroshiyga topshiriladi. Uzoq vaqt qamaldan so`ng muqannachilar taslim bo`ladilar (VIII asr 80-yillari boshlarida).
O`z davrining eng qudratli davlati bо`lgan xalifalikni larzaga solgan Muqanna boshchiligidagi qo`zg`olon shu tariqa tugaydi. Bu qo`zg`olonning yengilishiga bir necha sabablar bor edi. Avvalo, qo`zg`olonchilar uyushqoqlik bilan harakat qila olmadilar. Mahalliy zodagonlar alohida guruhni tashkil etib, keyinchalik umumiy xiyonat yo`liga kirib arablar tomoniga o`tib ketdilar. Muqannaning o`zi Sotn: (Sanam) qal'asida bo`lib, bevosita qo`zg`olonga rahbarlik qila olmadi. Uning o`zi umumiy tenglik g`oyasini ko`tarib chiqib, o`zi kichik davlat boshlig`iga aylana bordi.
O`zaro urushlar natijasida aholi juda charchadi, ekinzorlar payhon qilindi, iqtisodiy tanazzul boshlana bordi. Muqannadan so`ng uning safdoshlari harakati ham bo`lib o`tdi. Bu qo`zg`olon xalifalik kuchli zayiflashtiradi va boshqa o`lkalarda ham ozodlik harakatlarini chiqishiga turtki bo`ladi.
Masalaning yana bir jihati shundaki, islom dinininng ko`p jihatdan afzalligi, ahloq va intizom nuqtai nazaridan ommaviyligi xususiyati arablar bosib olgan mamlakatlar aholisi tomonidan uni tez orada qabul etilishiga sabab bo`ladi, Qutayba singari uni pul va qilich bilan joriy etish mumkin emas edi. Qachonki islom mohiyatiga yetilgachgina unga rag`bat va e'tiqod kuchayib ketadi. Oliq-soliq, maishiy hayot bobida, zakot masalasida Qur'on va Shariat ahkomlarining qoidalari mehnatkash aholi tomonidan tezda qabul qilindi. Alloh oldidagi tenglik esa dinning ahamiyatini kuchaytirar edi. Islomning xalqparvarlik ruhi hal qiluvchi ahamiyatga ega bo`ldi. Zero, islom dini ma'naviy bo`shliqni tugatdi. Diyorimizda ota-bobolarimiz dini-islom faqatgina mustaqillik sharofati bilan qayta tiklandi. Prezidentimiz tashabbusi bilan buyuk diniy arboblar-Imom al-Buxoriy, Imotn at-Termiziy, Imom al- Moturudiy, Burxoniddin al-Marg`inoniy, Abdulxomid G`ijduvoniy, Bahovuddin Naqshband va boshqalarning tavallud yoshlarining keng miqyosda nishonlanishi, ularning oxirgi manzilgohlarini obod qilib, ziyoratgohlarga aylantirilishi, diniy bayramlarimiz, an'analarimiz, qadriyatlarimizning tiklanishi, dindorlarga o`z e'tiqod huquqlarining qaytarib berilishi, qator masjid-madrasalarninng, xalqaro islom tadqiqot markazi, Islora universitetining ochilishlari va boshqa xayrli, savobli tadbirlar musulmon olamining bir qismi bо`lgan O`zbekistonda haqiqatda muqaddas Islom diniga qanchalik ehtirom bilan qaralayotganligining yorqin isboti deb hisoblaymiz. Zero, Prezidentitniz I.Karimovning “Olloh qalbimizda, yuragimizda” nomli risolasida, bizning madamyatimiz, ma'naviyatimiz, o`tmishimiz, islora tarixi, uning qonun-qoida va an'analari bilan chambarchas bog`lanib ketganligi alohida ta'kidlab o`tiladi.
IX asrga kelib O`rta Osiyo, xususan Movaraunnahrda arab halifaligiga qarshi olib borilgan kurashlar natijasida mahalliy sulola vakillarining mustaqillikka bо`lgan intilishlari kuchayib ketdi4. Chunonchi, halifalikning ichki hududlarida ham ziddiyatlar keskinlashib borayotgan Xalifa Xorun ar-Rashid vafotidan keyin uning o`g`illari Ma'mun va Amin o`rtasida o`zaro kurash boshlanib ketdi. Mahalliy sulola vakillari bu kurashlarga aralasha boshladilar.Hirot viloyatining Bushang shahridan bо`lgan Tohir ibn Husayn o`z nomidagi sulolaga asos soldi. Bu davrda Xorun ar-Rashidning kichik o`g`li Ma'mun (asli ismi Abdulla bо`lgan) Xurosonning noibi edi. Amin va Ma'mun o`rtasida hokimiyat uchun bo`lgan kurashda Tohir ibn Husayn Ma'mun tomonidan turib Aminga qarshi kurashdi. Ayrim manbalarning guvohlik berishicha, 813-yilda Ma'mun xalifalik markazi Bog`dodni egallaydi hamda bir necha yil mobaynida Tohir ibn Husayn xalifa saroyida yuqori lavozimlarda xizmat qiladi. 821-yilda esa Tohir ibn Husayn Xurosonga noib etib tayinlanadi (O`sha davrda Movaraunnahr ham Xuroson tarkibiga kirar edi). Tohir ibn-Husayn Nishopur shahrini o`zining qarorgohi etib tanladi. U o`zi noiblik qilayotgan viloyatlarni xalifalikdan mustaqil boshqarishni orzu qilar edi. Natijada Tohir xalifaliklar mustaqil siyosat yurgizishga harakat qildi. Noiblikka o`tirgandan so`ng oradan ko`p o`tmay Tohir xutba nomozidan xalifaning nomini chiqarib tashlaydi. Bu esa uning xalifa Ma'munga qarshi ochiqdan ochiq isyoni belgisi edi.

Download 173.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling