Ushbu maqolada insoniyatning eng asosiy oziqa asosi xisoblangan


Tadqiqot ob’ekti va qo’llanilgan metodlar


Download 249.19 Kb.
bet3/6
Sana17.06.2023
Hajmi249.19 Kb.
#1551838
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
diplom ishi 2

Tadqiqot ob’ekti va qo’llanilgan metodlar
Zararkunandaning parazit entomofaglarini o`rganish maqsadida Toshkent viloyatining bir qator tumanlari g`alla maydonlaridan va xasvaning qishlash makonlaridan biologik materiallar yig`ildi hamda ularning miqdorini hisoblash ishlari 25x25 sm2 li (50 sm x 50 sm) o‘lchamli maydonlardan namunalar olish orqali bajarildi. Bunda har 0,2 gektar maydondan 15 tadan namunalarda hisoblash ishlari olib borildi. Tadqiqotlarda dala sharoitlaridan yig‘ib olingan zararli xasva imagolari va uning tuxumlaridan foydalanildi.
Zararli xasvaning parazit entomofaglarini o`rganish maqsadida olib kelingan materiallar laboratoriya sharoitida G.A.Viktorov uslubiga asosan o`rganildi (Викторов, 1967).

Olingan natijalar va uning muhokamasi
Zararli xasva bug‘doyning tuplanish, nay tortish, boshoq tortish va pishish fazalarida poya va boshog‘ini zararlaydi. Zararkunanda ko‘proq tog‘li va tog‘oldi mintaqalarida uchraydi. Zararli xasva voyaga yetgan holda o‘simlik qoldiqlari va barg xazonlari ostida qishlaydi. 2015-2016 yillarda Samarqand viloyatida olib borilgan kuzatuvlar natijasida, g‘alla ekiladigan tumanlarda zararli xasva mart-aprel oyining 1-o‘n kunligida qishlovdan chiqa boshlagani aniqlandi (2-jadval). Tuxum qo‘yish aprel oyining 2-o‘n kunligidan may oyining 2- o‘n kunligigacha davom etgan. Dastlabki lichinkalar aprel oyining 2-3-o‘n kunliklarida paydo bo‘lib, iyun oyining o‘rtalarigacha lichinkalar uchragan.
Yangi avlodning dastlabki yetuk xasvalari iyun oyining 1 va 2-o‘n kunliklarida paydo bo‘lib, yetuk xasva iyun oyining 2-o‘n kunligidan boshlab qishlovga ko‘chishi kuzatilgan. Zararli xasva so‘ruvchi hasharot bo‘lib mart oyining uchinchi o‘n kunligi – aprel oyi davomida g‘allazorlar tomon uchib tarqala boshlaydi. Naychalash davrida zararlangan poya boshoq chiqarmaydi yoki butunlay oq boshoq (ya’ni puch) bo‘lib qoladi. Pishmagan boshoq zararlanishi natijasida don tarkibidagi oqsil va kleykovina miqdori kamayib ketadi


Download 249.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling