Ushbu maqolada insoniyatning eng asosiy oziqa asosi xisoblangan
Zararli xasvaning fenologik rivojlanishi
Download 249.19 Kb.
|
diplom ishi 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-rasm. Zararli xasva tanasidan ajratib olingan Helomiya lateralis
Zararli xasvaning fenologik rivojlanishi
Samarqand viloyati 2016 y 2-jadval
Tadqiqotlar natijasida Toshkent viloyati sharoitida zararli xasvada parazitlik qiladigan faziya pashshalarining 2 ta turi, ya`ni Helomiya lateralis (qoramtir faziya) va Phasia subcoleoptrata (kulrang faziya) turlari tarqalganligi aniqlandi. Faziya pashshalarining paydo bo`lishi qishlash makonlaridan bug`doy dalalariga tomon migratsiyalanuvchi voyaga yetgan xasva individlar tanasida kuzatildi. Lichinkalar bunda xo`jayinning tana bo`shlig`ida paydo bo`ladi va tuproqda g`umbak o`raydi. Voyaga yetgan holatdagi faziya pashshalari aprel va may oylarida kuzatildi. Ularning urg`ochisi o`z tuxumini voyaga yetgan zararli xasvaning bosh va ko`krak sohasi o`rta qismiga qo`yadi. Har ikkala tur faziya pashshalarining yoppasiga uchib chiqishi aprel oyining oxiri va may oyining boshlariga to`g`ri keldi. Helomiya lateralis pashshasi qishlab chiqqan xasva imagosi tanasida lichinka holatida bo`lishi aniqlandi. Lichinka turli rivojlanish bosqichlarida xasva qorin qismida rivojlanib, uning gemolimfasi suyuqligi bilan oziqlanadi. Zararlangan xasva parazit lichinkasi uning tanasini yorib chiqqandan song` nobud bo`ladi (1-rasm). 1-rasm. Zararli xasva tanasidan ajratib olingan Helomiya lateralis pashshasining lichinkasi (chapda), zararlangan xasva va hosil bo`lgan g`umbak (o`rtada), faziya pashsha imagosi (o`ngda) Toshkent viloyati sharoitida zararli xasva tanasidan Helomiya lateralis faziya pashshasining g`umbakka aylanishi aprel oyi birinchi o`n kunligidan boshlandi va may oyi uchinchi o`n kunligiga qadar davom qildi. Ushbu faziya pashshasining g`umbaklik davri 16-18 kun davom etdi. Uchib chiqqan faziya pashshalarni shakar eritmasi bilan parvarish qilinganda, ularning o`rtacha 9 kun yashashi kuzatildi. Tadqiqotlar natijasida Toshkent viloyati sharoitida zararli xasvaning o`rtacha 1.82% qismi Helomiya lateralis tomonidan zararlangani kuzatildi. Ushbu faziya pashsha aprel oyining birinchi o`n kunligida paydo bo`ladi va xasva imagosi tanasiga tuxum qo`ya boshlaydi. Helomiya lateralis faziya pashshasi bir mavsumda 2 marta avlod beradi va lichinka bosqichida qishlaydi. Ikkinchi tur Phasia subcoleoptrata faziya pashshasi lichinkasi qishlab chiqqan xasva tanasida parazitlik qiladi va aprel oyining ikkinchi o`n kunligiga kelib tabiiy sharoitda Helomiya lateralis faziya pashshasiga nisbatan kech, ya`ni o`rtacha 6-7 kundan so`ng g`umbakka aylandi. G`umbagi Helomiya lateralis faziya pashshasi g`umbagiga nisbatan kattaligi bilan ajralib turadi. G`umbaklardan faziya pashshalarining uchib chiqishi o`rtacha 10-12 kundan keyin amalga oshadi va bu tabiiy sharoitda aprel oyi oxirlariga to`g`ri keldi. Phasia subcoleoptrata faziya pashshasi bir mavsumda 2 marta nasl beradi va lichinka bosqichida qishlaydi. Tabiiy sharoitda Phasia subcoleoptrata bilan zararli xasvaning zararlanishi o`rtacha 6.04 % ni tashkil qildi. Olib borilgan tadqiqotlar natijasida Phasia subcoleoptrata faziya pashshasining biologik samaradorligi zararli xasvada Helomiya lateralis faziya pashshasiga nisbatan ancha yuqoriligi (6.04 %) aniqlandi. Zararli xasva parazit entomofaglarining ayrim turlari uni tuxumlik bosqichida ham zararlaydi. Ular asosan sug`oriladigan yer maydonlari hududlarida uchraydi. Tadqiqotlar natijasida telenomuslarning Toshkent viloyati sharoitida ham parazit tuxumxo`r sifatida muhim ahamiyatga ega ekanligi to`g`risida ma`lumotlar yig`ildi. Tuxumxo`r parazitlar bilan zararlangan xasva tuxumlari miqdori dala sharoitida yig`ib olingan namunalar asosida baholandi. Bunda parazitlar bilan zararlangan tuxumlar daladan yig`ib olinib, o`simlik qoldiqlari bilan birgalikda shisha idishlarga solindi va idishning og`zi doka bilan yopildi. Bu ko`rinishdagi idishlar laboratoriya sharoitida, 24±2ºC haroratda tuxumlardan parazitlar chiqqunga qadar saqlandi. Zararlanish foiz ko`rsatkichlari turli xil vaqtlarda va turli xil hududlardan yig`ib olingan namunalar bo`yicha hisoblab chiqildi. Zararli xasvaning Trissolcus va Telenomus avlodlariga mansub bo`lgan parazitlari tuxumlari bilan zararlanish holatlari Toshkent viloyatining turli hududlarida aprel va may oylarida davomida qayd qilinib, bunda parazitizm darajasi mos ravishda 86.4-91.2 % ni tashkil qilishi aniqlandi. Hududlar bo`yicha parazitlarning faollik darajasi asosan iqlim sharoitlariga bog`liq holatda o`zgarishlarga ega hisoblanadi. Tuxumxo`rlar aprel oyining oxiri va may oyining birinchi o`n kunligiga kelib, xasva tuxumlarini yoppasiga zararlaydi. Zararlanmagan xasva tuxumlaridan o`rtacha 9 kundan so`ng xasva lichinkalari ochib chiqishi kuzatilsa, zararlangan xasva tuxumlaridan telenomuslarning uchib chiqishi o`rtacha 12-14 kundan keyin qayd qilindi. Trissolcus sp. turi odatda o`rtacha 80 ta tuxumni zararlaydi va ulardan voyaga yetgan urg`ochi individlarning paydo bo`lishi 98.2% ni tashkil qildi. Laboratoriya sharoitlarida zararli xasva tuxumlarining o`rtacha 177 tasi o`rtacha hayot sikli 26 kun davom etdi. Bunda parazitlarning samarali tarzda ta`siri xo`jayin tuxumining 1-3 kunlik tuxumlarida qayd qilindi. Parazit bilan zararlangan xasva tuxumining rangi qora bo`lishi bilan xasvaning zararlanmagan tuxumlaridan yaqqol farq qiladi (2-rasm). Download 249.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling