Ushbu matolardan tayyorlangan sport kiyimlarini o‘rganish
Download 0.72 Mb.
|
1.2-боб
- Bu sahifa navigatsiya:
- Trikotaj matoning xususiyatlari kuyidagilar
- Lastik o‘rilishi tuzilishi: a - lastik 1+1; b - lastik 2+2
1.2. Sport kiyimlari uchun mo‘ljallangan trikotaj matosining xususiyatlari. Aralash tolali trikotaj matolar, ularning turlari, xususiyatlari afzalliklari va kamchiliklari. (Ushbu matolardan tayyorlangan sport kiyimlarini o‘rganish) Trikotaj so‘zi fransuzchadan (tricotage – to‘qilgan mato) – to‘qimachilik matosi yoki trikotajdan tayyor buyumni anglatadi. Uning strukturasi gazlamadan farqli, gorizontal va vertikal yo‘nalishdagi halqa iplarning o‘zaro to‘qilishidan tuzilgan. Trikotaj matoning xususiyatlari kuyidagilar: To‘qima turi –Trikotaj matoning eng asosiy strukturaviy ko‘rsatkichi – to‘qima turidir. Ular bosh, xosila va naqshli to‘qimalarga bo‘linadi. Undan tashqari har bir to‘qima ko‘ndalang va bo‘ylama to‘qilgan bo‘lishi mumkin. To‘qimalar yassi ignadonli va aylana ignadonli mashinalarda to‘qilishi mumkin. Zamonaviy trikotaj matolarining to‘qilish turi 400 xildan oshadi. Xar bir to‘qima sifat ko‘rsatkichlari o‘zaro farqlanadi. Trikotaj matoning asosiy yoki bosh to‘qimalariga glad, lastik, sepochka, triko, va ularning turli kombinatsiyalari kiradi. Glad - ko‘ndalang to‘qilgan bir tomonli bosh o‘rilish turi, uning yuzida silliq bo‘lib, xalqa ustunlari aniq ko‘rinib turadi, teskari tomonida yoysimon ignadan va protyajkadan hosil bo‘lgan ko‘ndalang qatorlar bor. Glad to‘qimasi yaxshi cho‘ziluvchan, buraluvchan, to‘qish yo‘nalishida va unga teskari holda so‘kiluvchan xususiyatga ega. Glad o‘rilishli trikotaj polotnosi bolalar va kattalar ich kiyimlari, sport buyumlari va paypoq buyumlarini ishlab chiqarishda qo‘llaniladi. Glad o‘rilishi tuzilishi Lastik - ikki tomonli ko‘ndalang to‘qilgan bosh o‘rilishli mato bo‘lib, yuzida o‘ng (litsevoy) va ters (iznanochniy) xalqalar ma’lum tartibda almashuvi xarakterlidir. Lastik 1+1 (bitta o‘ng, bitta ters), lastik 2+2, lastik 2+1 va h.z. o‘rilish turlari eng ko‘p tarqalgan. Lastik o‘rilishi tuzilishi: a - lastik 1+1; b - lastik 2+2 Xosila to‘qima turlari: interlok, ikki ipli glad, zanjirli interlok va boshqalar bosh to‘qimalar kombinatsiyasidan xosil qilinadi. Naqshli to‘qimalarga jakkard, press filey, futer, ajurli, tukli va arqoqli to‘qimalar kiradi. Trikotaj polotnosi fakturasi – uning tashqi tuzilishi va sirt xususiyatini anglatadi. Mato fakturasi g‘adir-budur, silliq, hajmdor, tukli, yaltiroq yoki xira, shaffof, mayda va yirik donasimon bo‘ladi. Trikotaj polotnosi asosiy parametrlariga uning eni, qalinligi va yuza zichligi kiradi. Trikotaj polotnosi eni avvalo uni ishlab chiqaradigan mashinaning ignadoni diametri yoki kengligiga bog‘liq. Trikotaj polotnosi eni kiyim tayyorlashda katta ahamiyatga ega bo‘lib, kiyim silueti, uni konstruksiyalash usuli hamda matodan tejamli foydalanish bu ko‘rsatkichga moslanadi. Trikotaj polotnosi qalinligi 0,4 mm dan 5,0 mm gacha bo‘lishi mumkin. Trikotaj qalinligi matoning ko‘pgina texnologik xususiyatlarini, shu jumladan, undan tayyorlanadigan kiyim turini, shakl berish usulini, chok konstruksiyasini, burmadorligini, matoni bichishda qavatlar soni va tikuv iplari sarfini belgilaydi. Trikotaj matosining asosiy xossalari quyidagilar: Yuza zichligi - trikotaj to‘qimasining 1 m2 dagi og‘irligi ko‘rsatkichi, asosan uni mato og‘irligi deb atashadi, g/m2. Ustki trikotaj matoning yuza zichligi ko‘rsatkichi 300-600g/m2 , yengil trikotaj to‘qimasining yuza zichligi – 115-240g/m2ni tashkil etadi. Yuza zichlik to‘qima turiga, ip qalinligi va to‘qima parametrlariga (halqa qadami, halqa balandligi, xajmiy zichlik va chiziqli zichlikka) bog‘liq. So‘kiluvchanlik – trikotaj to‘qimasi xalqasimon strukturaga ega bo‘lgani uchun juda so‘kiluvchan bo‘ladi. Agar trikotaj matosidan tasma shaklida kesib olib, ustki yoki pastki halqalar qatori ipining uchidan tortilsa, trikotaj halqalari ketma-ket so‘kilib ketadi. To‘qimaning so‘kiluvchanligi uning asosiy kamchiligi bo‘lib, to‘qimaning zichligiga (qalin va zich to‘qima kamroq so‘kiladi), ip tola tarkibiga (ipak ipidan to‘qima, paxta ipi va jun to‘qimaga nisbatan oson so‘kiladi), ipning ishqalanish koeffitsientiga, to‘qima turiga bog‘liq. Lekin barcha trikotaj matolar ham so‘kilavermaydi. Eng so‘qiluvchan mato glad to‘qimasidir. Buraluvchanlik- trikotaj buraluvchanligi deb uning chetlaridan buralish hususiyatlariga aytiladi. Trikotaj ipining halqa xosil qilishga qarshilik ko‘rsatishi bilan izog‘lanadi. Trikotajning buraluvchanlik darajasi trikotaj ipining elastikligiga, unga ishlov berish texnologiyasiga va trikotajning zichligiga bog‘liqdir. Elastiklik - trikotajning elastikligi deyilganda elastik deformatsiya miqdori tushuniladi. Agar elastik to‘qimasini eniga tarang cho‘zilsa, keyin uni qo‘yib yuborilsa, u holda elastik to‘qima o‘zining boshlang‘ich holiga qaytadi. Chuziluvchanlik- trikotajga qo‘yilgan kuch tasirida uning cho‘zilishidir. Cho‘ziluvchanlik trikotajni cho‘zilishdagi shakliy o‘zgarish miqdori va trikotaj matosining yirtishga uzayish miqdori bilan ifodalanadi, qaysiki to‘qimani turiga qarab va iplarning hususiyatlariga qarab qayishqoq va qayishqoq bo‘lmagan bo‘lishi mumkin. Matoning cho‘ziluvchanlik guruxi. Trikotaj kiyimini konstruktiv yechimi xar doim matoning cho‘ziluvchanlik ko‘rsatkichi bo‘yicha aniqlanadi. Cho‘ziluvchanlik – trikotaj matosining eng muhim xususiyatlaridan biri xisoblanadi. Trikotaj matosiga 6N kuch berganda uning cho‘ziluvchanligiga qarab shartli ravishda uch guruxga bo‘linadi: Matoning cho‘ziluvchanlik guruxi Matoning eni buyicha cho‘zilishi, % I 0..40 % II 40..100 % III 100...% dan baland Kiyim andozalari mato guruxiga va uning shartli qoldiq deformatsiyasiga bog‘liq xolda qurilib, uning saqlanib qolishini ifodalaydi. Bu esa andozalarni ishlab chiqarishda inobatga olinib uning kengligini oxirida kamaytiradi. Matodan bajarilgan birinchi gurux cho‘ziluvchanlikdagi yelkali kiyimlar uchun uchinchi ko‘krak aylanasi uchun qo‘shimcha 2-3 sm dan kam bo‘lmasligi tavsiya etiladi. Ikkinchi va uchinchi gurux cho‘ziluvchanlik matolari uchun qo‘shimcha 0 ga tengdir. Birinchi gurux cho‘ziluvchanligiga ega trikotaj matosidan kiyim konstruksiyalashda gazlamadan tikiladigan konstruktiv modellash prinsipi qo‘llaniladi. Buning natijasida shunday konstruktiv modellash vositalari: detallarga bulaklash, relef loyixalash, koketkalar, qirqimlar, ikki chokli yenglar va boshqa modellash vositalari qo‘llaniladi. Bunday konstruksiya chizmalarilarni qurish prinsiplari xar xil darsliklar, tikuv buyumlarini konstruksiyalash bo‘yicha boshqa maxsus adabiyotlarda ko‘rsatilgan. Zamonaviy trikotaj matolari assortimenti xilma-xil bulib, o‘ta yupqa matodan kalin muynagacha. Trikotaj kiyimlari kulay va shinam, g‘ijimlanmaydi va inson harakatiga xalakit kilmaydi. Shu bilan birga trikotaj matoni ishlab chikarish ancha oson, jixozlarning unumdorligi esa tukuv dastgoxlariga nisbatan yukoridir. Oxirgi yillarda ishlab chikarilgan elektron boshkaruvli kurilmalar bilan jixozlangan trikotaj tukuv dastgoxlari juda yukori samaradorlikka ega. Ular xalka xosil qilishning bir kancha tizimlari, turli naqsh xosil kilish va texnologik imkoniyatlar bo‘lib, turli strukturadagi to‘qimalar to‘qish imkoniga ega. Zamonaviy trikotaj kiyimlari assortimenti xam juda xilma-xil, bular – turli vazifali kiyim turlari va unga qo‘shimchalar. Trikotaj kiyimlari assortimenti ustki trikotaj va ichki kiyimlar, paypok va noskilar, galantereya buyumlaridan iborat bulib, ular turli mavsum va yosh-jins guruxiga, vazifasiga muljallangan. Shu jumladan, sport kiyimlari, meditsina va profilaktika, maxsus kiyimlardir. Trikotaj kiyimlarini loyixalashdan avval dizayner kiyimga kuyiladigan talablar, kiyim assortimenti, uning uslubiy tuzilishi, ishlab chikarish talablari xakida tasavvurga ega bulishi kerak. Trikotaj buyumlari assortimentiga avvalo kiyim (ichki, ustki, bolalar, sport va x.z.), donali va galantereya buyumlari, tibbiy va profilaktik buyumlar kiradi. Ular vazifasiga, yosh-jins xarakteristikasiga va mavsumiga ko‘ra yana kichik guruhlarga bo‘linadi. Ustki trikotaj kiyimlariga bluzkalar, futbolkalar, djemper va sviterlar, kuylak va yubkalar, shim, palto, kardigan va boshkalar kiradi. Kalin ustki trikotaj kiyimlari uchun kalin trikotaj polotnolari, yozgi va baxorgi kiyimlar uchun esa yengil, sillik, ajurli polotnalar ishlatiladi. Trikotaj polotnalari ayniksa bolalar kiyimi va sport kiyimlari uchun keng ishlatiladi. Asosiy sabab ularning chuziluvchanligidir. Bolalar kiyimi uchun yorkin rangli, chidamli, mustaxkam porlotnalar ishlatiladi. Kiyim kompozitsiyasida asosiy urinlardan birini geometrik nakshlar va texnologik ishlov berish usuli tutishi mumkin. Fakat maxsus tikuv mashinalari imkoniyatlaridan foydalanish xisobiga xilma-xil kurinishli zamonaviy modellarni loyixalash mumkin. Trikotaj buyumlari xomashyo turiga ko‘ra quyidagilarga bo‘linadi: paxta tolali, jun tolali, kimyoviy tolali, sintetik yoki aralash tolali va x.z. Zamonaviy trikotaj buyumlarini ko‘rinishini bejirim va ko‘rkam, qulaylik nuqtai nazaridan alohida xususiyatli qilib (issiq saqlovchan, isitmaydigan, elastik, universal, suv va namga chidamli va x.z.) ishlab chiqarilayapti. Trikotaj buyumlari yosh-jins belgisiga ko‘ra erkaklar, ayollar va bolalar kiyimiga bo‘linadi. Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, ayollar ustki kiyimlari assortimenti polotno va xomashyo turi, model belgilari va badiiy koloristik yechimi bo‘yicha erkaklarnikiga nisbatan ancha keng. Ishlab chiqarish turiga ko‘ra trikotaj buyumlari muntazam, yarimmuntazam (kupon holida), bichiladigan va aralash usulda ishlab chiqarilgan turlarga bo‘linadi. Donali trikotaj buyumlariga bosh kiyimlar, rumol va sharflar, kulkop, noski va kolgotkalar kiradi. Donali trikotaj buyumlar dam olish va sport bilan shugullanish uchun muljallanadi. Sport kiyimlariga chumilish kostyumlari, mayka va shortilar, futbolka va kombinezon, mashgulotlar utkazish uchun issik kiyimlar, shim va bridjilar ishlatiladi. Jahon iqtisodiy inqirozi sharoitida mamlakat rivojlanishining eng muhim omillari xom ashyodan samarali va oqilona foydalanishni o‘z ichiga olishi kerak. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimov ta’kidlaganidek, ushbu bosqichda iqtisodiyotimiz tarkibini tubdan o‘zgartirish, xom ashyo yo‘nalishidan tayyor mahsulot ishlab chiqarishga o‘tish, sifat va raqobatbardoshlikni jahon bozori talablari darajasiga olib chiqish strategik vazifadir. PAN tolalariga bo‘lgan talabning o‘sishi nafaqat uning ishlab chiqarilishini ko‘paytirishni, balki gigienik xususiyatlarini yaxshilashni ham talab qiladi, bu yesa uni bolalar kiyimlari, ish kiyimlari va ushbu tolaning paxta aralashmasidan keng turdagi matolarni ishlab chiqarishga imkon beradi Donali trikotaj buyumlariga bosh kiyimlar, rumol va sharflar, kulkop, noski va kolgotkalar kiradi. Donali trikotaj buyumlar dam olish va sport bilan shugullanish uchun muljallanadi. Sport kiyimlariga chumilish kostyumlari, mayka va shortilar, futbolka va kombinezon, mashgulotlar utkazish uchun issik kiyimlar, shim va bridjilar ishlatiladi. Jahon iqtisodiy inqirozi sharoitida mamlakat rivojlanishining eng muhim omillari xom ashyodan samarali va oqilona foydalanishni o‘z ichiga olishi kerak. O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I. Karimov ta’kidlaganidek, ushbu bosqichda iqtisodiyotimiz tarkibini tubdan o‘zgartirish, xom ashyo yo‘nalishidan tayyor mahsulot ishlab chiqarishga o‘tish, sifat va raqobatbardoshlikni jahon bozori talablari darajasiga olib chiqish strategik vazifadir. PAN tolalariga bo‘lgan talabning o‘sishi nafaqat uning ishlab chiqarilishini ko‘paytirishni, balki gigienik xususiyatlarini yaxshilashni ham talab qiladi, bu esa uni bolalar kiyimlari, ish kiyimlari va ushbu tolaning paxta aralashmasidan keng turdagi matolarni ishlab chiqarishga imkon beradi. Poliakrilonitril tolalari qo‘shilgan aralash trikotaj matolar va mahsulotlar assortimentini rivojlantirish tendensiyalarini tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki, kelajakda ilmiy tadqiqotlar quyidagi yo‘nalishda davom yettirilishi kerak: - turli xil tarkibdagi PAN va paxta tolalari aralashmasidan trikotaj mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun zamonaviy texnologiyalarni ishlab chiqish; -paxta-nitron to‘rlari va ulardan tayyorlangan mahsulotlarni loyihalashning ilmiy asoslarini ishlab chiqish; - paxta-nitron trikotaj matolarining yangi konstruksiyalarining assortiment imkoniyatlarini o‘rganish va mahsulot dizayniga qo‘yiladigan talablarni ishlab chiqish; Bunday mahsulotlarni loyihalashda trikotaj ishlab chiqarishning xom ashyo ishlab chiqarishdan tayyor mahsulot ishlab chiqarishgacha bo‘lgan barcha bosqichlari bitta uzluksiz tizimga birlashtirilgan taqdirdagina ijobiy natijalarga yerishish mumkin. Shu sababli, ushbu yo‘nalish juda istiqbolli bo‘lib, moda tendensiyalari, ish mavsumi va yosh guruhlarini hisobga olgan holda trikotaj va matolarning yangi, arzonroq assortimentini yaratishga imkon beradi. Umuman olganda, tahlil tolali mahalliy xom ashyo: poliakrilonitril (PAN) nitron tolasi va paxta aralashmasidan trikotaj ishlab chiqarishning keng qamrovli texnologiyasini ishlab chiqishning dolzarbligini ko‘rsatdi. Olimlar Tarapanov A. A., Dalidovich A. S., Shalov I. I., Kudryavin L. A., Andreeva Ye. G., Zolotseva L. F., Koblyakova Ye. B., Kulikova Ye. G., Flerova L. N., Yergashev K. E., Nabieva I. A. va boshqalar to‘qimachilik, trikotaj va trikotaj sohasida ushbu muammolar bilan shug‘ullanishgan. Download 0.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling