Ushbu mavzuda karst hodisasining hosil bo‘lishidagi geologik va geografik omillar ta’siri, karstningochiq va yopiq tiplari, ularning morfologiyasi, yer yuzida tarqalishi, karst jarayonlarini o‘rganishning ilmiy-amaliy ahamiyati yoritilgan


Download 33.06 Kb.
bet2/3
Sana28.12.2022
Hajmi33.06 Kb.
#1070972
1   2   3
Bog'liq
10-ma`ruza. Karst jarayonlari va relyef shakllari

1) Erozion karst daryo vodiylarida ko`p tarqalgan, bunda karst varonkasi, g`or, o`pirilish shakli uchraydi.
2) Suvayirg`ichdagi karst - tog` jinslarida nurashdan vujudga kelgan yoriqlarda karstlar paydo bo`ladi.
3) Tektonik yoriqlarda joylashgan karstlar tektonik siniqlarda ham uchraydi. Bu holatda yer osti suvlari sinish chizig`i bo`ylab karstlanuvchi qatlamlarga to`g`ri kelib qoladi, so`ngra suvlar bu qatlamga ta’sir ko`rsatib, eritadi va karst bo`shliqlari hosil bo`lishiga olib keladi.
4) Erozion-tektonik karstga karstlanuvchi jinslar tektonik tepaliklarda bo`lib, ularni daryo kesib o`tsa erozion-tektonik karstlar hosil bo`ladi.
5) Antropogen karstlar- inson faoliyati natijasida hosil bo`ladi, tuz, ruda qazib olinishi, yer osti inshootlari qurilishi oqibatida hosil bo`lgan bo`shliqlardan yer osti suvlari oqishidan karst hosil qiladi.

1-TEST: Karst so’zi qanday ma’noni anglatadi?
Qoyatosh
Nayzatosh
Chaqmoqtosh
Ohaktosh


2-REJA: Karst tiplari: ochiq va yopiq karstlar, ularning morfologiyasi, geografiyasi
Karstshunos olimlar suvda tez eriydigan jinslarning joylashishiga qarab ikki tipga bo`lganlar. Agar suvda oson eruvchi jinslar yer betida bo`lsa, ularda hosil bo`lgan karst ochiq, yuza karst yoki O`rta dengiz bo`yi tipidagi karst deyiladi. Agar ma’lum chuqurlikda suvda eruvchi jinslar joylashib, suvda erimaydigan qum-gil yotqiziqlari bilan qoplangan bo`lsa, yopiq, yoki O`rta Yevropa tipidagi karst deyiladi. Yopiq karst ochiq karstga nisbatan keng tarqalgan.
Karst hosil bo`ladigan maydonlardagi ohaktosh va dolomitlar o`zidan suv o`tkazmaydi, biroq ularda har doim katta-kichik yoriq va darzlar bo`ladi. Yog`in yer osti va yer usti suvlari bu yoriqlarga kirib kaltsiy karbonatni eritadi. Qattiq karbonat kaltsiy eritmasiga o`tadi va yuvilib ketadi. Natijada ohaktoshlarning ochiq yuzasida chuqurligi bir necha millimetrdan ikki metrgacha keladigan jo`yaklar hosil bo`ladi. Jo`yaklar orasidagi qirralar - karrlar deyiladi. Karrlar o`tkir taroqsimon va nayzatoshli qirralar bilan bir-birovidan ajralib turadigan jo`yaklar sistemasidir. Bular ohaktosh qoyalarining nishablari yuzasida yomg`ir, qor suvlarining tez oqib o`tishi natijasida ohaktosh qoyalarining kimyoviy erishi bilan vujudga keladi. Karr keng tarqalgan dalalarda o`simlik qoplami ancha siyrak, qor chizig`iga yaqinroq yerlarda uchraydi, yopiq karstda esa karr dalalari bo`lmaydi. Erozion jo`yaklar vaqt o`tishi bilan kattalashib, suv to`planib muzlashi mumkin. Yoriqlar kengayadi va karr yoriqlarini hosil qiladi, suvda erimaydigan jinslar qatlamgacha borib etadi. Yer yuzasida deyarli oqim bo`lmaydi, chunki hamma suv yer ostiga qarab ketadi. Karr yoriqlari rivojlanib karr varonkalarini hosil qiladi. G`or va bo`shliqlarga ustki qatlamlarning qulab tushishi natijasida yer yuzasida varonkalar deb ataluvchi chuqurliklar hosil bo`ladi. Bunday varonkalarni hosil qiluvchi hodisa o`pirilish deyiladi. Qalin ohaktosh qatlamlaridagi ochiq karst varonkasi tovoq yoki qozon shaklida bo`ladi, ularning tagida chuqur yoriqlar va kanallarni uchratish mumkin, bular orqali suv yerning chuqur qismiga o`tib ketadi, bu yoriqlar ponoralar yoki o`pqonli karstlar deb ataladi. Bunday varonkalar uncha katta bo`lmaydi, kamdan-kam hollarda diametri 100 m ga yetadi. O`pirilma varonkalar juda katta bo`ladi. Bolqon yarim orolining janubidagi shunday varonkalardan birida Oxrida ko`li joylashgan. Uning uzunligi 30 km, eni 15 km. Yopiq karstda surilish varonkalari hosil bo`ladi. Suv yer osti jinslarini yemirib, g`orlar hosil qiladi. Baland tog`lar ustidagi ko`llarni ko`pchiligi karr cho`kmalari va botiqlarida hosil bo`lgan. Yer osti suvlarining sathi pasayaversa karr ko`llarining suvi ham pasayadi. Qor chegaralarida va muzlik zonalari oralig`ida ham karr ko`llari hosil bo`ladi.
Ohaktoshlar juda qalin bo`lgan, ayniqsa suv juda chuqurga siziladigan tog`li rayonlarda ochiq karst varonkalari quduq yoki shaxtalar shaklini oladi. Bunday shaxtalar chuqurligi Qrim yaylovlarida 100 m ga, Karst platosida esa 450 m ga, O`zbekistondagi Kili shaxtasi 1082 m ga teng (Chaqilkalon tog`ining g`arbidagi Qirqtog` platosida). Yer yuzasidagi eng chuqur karst shaxtasi Per-Sen-Morten (Frantsiya va Ispaniya chegarasida) 1428m.
Vaqt o`tgan sari varonkalar orasidagi to`siq qisqarib, qo`shni varonkalar bir-biriga qo`shilib ketadi. Buning natijasida cho`ziq chuqurlik - karst vannasi vujudga keladi. Yopiq karstlar bir-biriga qo`shilib ketishi natijasida karst varonkalari jarlar hosil qiladi; karst jarlari erozion jarlardan yonbag`rining juda tikligi bilan farq qiladi. Karst vannalariga qaraganda ancha katta va atrofi berk chuqurliklar polelar (yugoslav tilida “pole” -dala) deb ataladi. Polelar qo`shni vanna va varonkalarni qo`shilishidan hosil bo`lib, maydoni bir necha o`nlab kvadrat kilometrgacha bo`ladi. Karst hosil qiluvchi jinslar qatlamlarida g`orlar vujudga keladi. Yer osti bo`shliqlarini yer yuzasiga chiqib qolishi g`or deb ataladi. Karst g`orlari uzun yo`laklarga o`xshash cho`zilib ketadi, ba’zi joylari juda keng bo`ladi.
G`orlarni o`rganadigan fan spelologiya (yunoncha “spelon”- g`or, “logos”-fan degani) fanidir. Bu atamani 1890 yilda fransuz arxeologi I.River fanga kiritgan. Yer osti yo`lak va zallarining vujudga kelishi yer ustidagi bo`shliqlar singari suvning erituvchanlik ishiga bog`liq. Suvning harakat yo`nalishi tektonik yo`l bilan hosil bo`lgan bo`ylama va enlama yoriqlar yo`nalishiga bog`liqdir. Agar g`or unchalik chuqur bo`lmasa, ko`pincha uning ustidagi yer o`pirilib tushib tabiiy quduqlar va chuqurlar paydo bo`ladi; shuning uchun qator varonkalarga qarab ko`pincha g`orlarning qaysi tomonga qarab ketganligini ko`rish mumkin. Hozirgi davrda AQShda 11000, Italiyada 8950, Fransiyada 7008, O`zbekistonda 100 dan ortiq g`orlar borligi aniqlangan. Dunyodagi eng katta g`or AQShning Kentukki shtatidagi Flint Mamont g`ori- 290 km, Shveytsariyadagi Xelo-119 km, Podoliya qirlaridagi Ozyornaya g`ori- 26 km, Qrimdagi Qizil g`ori -18 km.
Uraldagi Qo’ng`ir muz g’ori dunyodagi eng katta muzli g`orlardan biri. Muz g`orlari tog`larning baland qismlarida salqin, sovuq o`lkalarda uchraydi.
Yog`in suvlari varonka va yer yoriqlaridan yer ostiga tushib suvda eriydigan jinslar necha qavat bo`lsa, shunchalik g`orlar qatlamli bo`ladi, bularni har biridan daryolar o`zan hosil qilib oqadi, ko`l havzasi yuzaga keladi. Shundan so`ng daryo yer betiga voklyuza deb ataluvchi katta buloqlar tarzida yer ustiga oqib chiqadi.
G`or ichki qismidagi mikrorelyeflardan stalagmitlar (yunoncha “stalagma”- tomchi) – g`orlarning tagida uzun sumalak shakllarida cho`kkayib turgan mineral hosilalar. Stalagmitlar kaltsiy karbonatga to`yingan suvning g`or tepasidan tomib tushib, bug`lanib ketishi va kaltsiy karbonatning cho`kib qolishidan paydo bo`ladi.
Stalaktitlar (yunoncha “stalaktos”-tomchilab tushib qotgan) – g`orlarning shipi va devorlarining yuqori qismida sumalak naycha popuk shakllarida osilib turgan mineral hosilalar kaltsiy va karbonat angidridga to`yingan suvning g`or tepasidan sizib o`tib bug`lanib ketishi va kaltsiy karbonatning to`planib qolishidan hosil bo`ladi. Stalakmitlar va stalaktitlar birlashib g`or ichida har xil qalinlikdagi oppoq ustunlarni yuzaga keltiradilar. G`orlarni o`rganish orqali odamlarni birlamchi avlodlarini hayot tarzi bilan tanishamiz. Bunga O`zbekistondagi Odamtosh va Omonqo`ton g`orlari misol bo`ladi. Hozirgi davrda ba’zi tuzli g`orlardan davolanishda va turizm maqsadida foydalanilmoqda.


1-TEST: Qalin ohaktosh qatlamlaridagi ochiq karst varonkasi tovoq yoki qozon shaklida bo`ladi, ularning tagida chuqur yoriqlar va kanallarni uchratish mumkin. Bunday karstlar qanday ataladi?
o`pqonli karstlar
vannali karstlar
karrli karstlar
buloqli karstlar



Download 33.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling