Valentlik nazariyasi
Atomlarning o’zaro bog’lanishini valentlik nazariyasi tushintiradi. Bu nazariya o’z navbatida atomning elektron tuzilishiga asoslangan. Kimyoviy bog’ning hosil bo’lishida asosiy rolni elektronlar o’ynaydi. Shu sababdan 1897 yil Тomson valentlikning elektron nazariyasini tuzishga kirishdi. Uning fikricha, molekulalarning paydo bo’lishi atomdagi kabi molekulalarda ham elektronlarning yadrolar atrofida ma’lum tartibda joylashishiga bog’liq. Bu fikr haqiqatda to’g’ri edi.
Тomsonning bu ishini Lyuis, Lengmyur, Irving va Kossellar rivojlantirdilar.
Lyuis nazariyasiga muvofiq atomlar o’rtasidagi kimyoviy bog’ ular elektronlarining umumlashib juftlashishi hisobiga paydo bo’ladi. Juftlashgan elektronlar lokallashgan-turg’un (statik) holatda bo’ladi deb qaraladi. Bunda 1 atomning elektroni boshqa atomga o’tmaydi, lekin ikkala atomga barobar ta’sir qilib, ularni bir-biriga tortib turadi. Metan SN4 misolida ko’rsak, har bir vodorod atom atrofida 2 tadan elektron, S atrofida esa 8 tadan elektron mavjud bo’ladi (har bir atom atrofida inert gazlarining elektron tuzilishi kabi barqaror sistemalarni hosil qiladi).
Lyuis nazariyasi ba’zi molekulalardagi kimyoviy bog’ning hosil bo’lishini tushintira olsa ham, lekin u umumiy nazariya bo’la olmadi. Chunki, Lyuis nazariyasi elektronlarni bog’lanayotgan atomlar o’rtasida lokallashgan holda bo’ladi deb faraz qildi, ya’ni molekulani dinamik sistema emas, balki statik sistema deb qaraydi. Bu albatta noto’g’ri, chunki elektronlar mikrozarracha bo’lib dualistik tabiatga ega bo’lganligi uchun ular lokallashgan, bog’langan holda tura olmaydilar.
2-dan kimyoda shunday molekulalar ham kashf qilindiki, ularda kimyoviy bog’ juftlashmagan yakka elektronlar hisobiga hosil bo’ladi:
N2 da NN; NO da N O .
Bunday molekulalarni Lyuis nazariyasi mutlaqo tushintira olmadi. Kimyoviy bog’ning hosil bo’lishini faqat kvant mexanikasi to’g’ri tushintiradi. Hozirgi vaqtda kimyoviy bog’ning tabiati masalasi deyarli hal qilingan: kimyoviy bog’ asosan elektrik tabiatiga ega. Molekulada yadrolar va elektronlarning o’zaro gravitatsion va magnit kuchlari elektrik kuchga qaraganda juda ham kichik qiymatga egadir va molekula hosil bo’lishida biror sezilarli hissa qo’sha olmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |