Ushbu o‘quv qo‘llanma pedagogika oliy o‘quv yurtlarining 514100-«Maktabgacha ta’lim» yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan
Maktabgacha ta’lim pedagogikasining predmeti
Download 0.74 Mb.
|
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
Maktabgacha ta’lim pedagogikasining predmeti:
Maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim tarbiyasiga qo‘yiladigan davlat talablariga suyangan holda faoliyat yuritish; Maktabgacha ta’lim pedagogikasi bog‘chalardagi ta’lim – tarbiya mazmunini takomillashtirish; Ta’lim – tarbiya jarayonida qo‘llaniladigan metod va usullarni axborot texnologiyalari asosida tashkil qilish; Bolalarni jismoniy, aqliy, ruxiy sog‘lig‘ini ta’minlashda o‘kituvchi – tarbiyachi mahorati; Maktabgacha ta’lim pedagogikasi nazariyasi va amaliyotining maqsadi maktabgacha yoshdagi bolalarga har tomonlama tarbiya berishga bolaning imkoniyatlari va uni ilk yoshdan boshlab tarbiyalashning roli maktabgacha tarbiyani xayot, zamon bilan olib bog‘lab olib borishning zarurligi bola shaxsining shakllanishida ijtimoiy muhitning hal qiluvchi axamiyatiga asoslanadi. Maktabgacha pedagogikaning vazifalari: - Maktabgacha ta’lim soxasidagi pedagogik muammolarni hal kilish; - Maktabgacha yoshdagi bolalarda ta’lim olish ehtiyojini, o‘qishga kiziqish, kitob o‘qish, maktabga borish hissiyotini shakllantirish; - Bolalarda mustakil va erkin fikrlashga o‘rgatuvchi ilg‘or metodlarni qo‘llash; - Bolalarga yuksak odab ma’naviy – ahloqiy tushunchalarni mentalitetimiz asosida o‘rgatish. Pedagogika fani tarbiyani pedagogik xodisa sifatida o‘rganib, bir qator tushunchalarni o‘z ichiga oladi. Pedagogikada tarbiya, ta’lim, ma’lumot asosiy tushunchalar hisoblanadi.
Download 0.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling