Ushbu o‘quv qo‘llanma pedagogika oliy o‘quv yurtlarining 514100-«Maktabgacha ta’lim» yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan
BOB Maktabgacha ta’lim pedagogika fanining baxsi va barkamol Inson tarbiyalashdagi o‘rni
Download 0.74 Mb.
|
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
1.BOB Maktabgacha ta’lim pedagogika fanining baxsi va barkamol Inson tarbiyalashdagi o‘rni
I.I Maktabgacha pedagogikaning predmeti va uning vazifalari Insonni har tamonlama barkamol etib tarbiyalash, xalqimizning azaliy orzusi bo‘lib, ajdodlarimiz ma’rifat, ma’naviyat va madaniyat qanday qilib yosh avlodga o‘rgatish – ularni komillikka etaklash yo‘llari, qonun-qoidalarini muttasil izlaganlar. Bu esa pedagogika fanini maydonga kelishiga sabab bo‘lgan. CHunki insonni ma’rifatli va ma’naviy komillikka erishishi pedagogika fanining etakchiligida amalga oshiriladi. Pedagogika - grekcha so‘z bo‘lib, «bola etaklovchi» - manosini bildiradi. Insonlarni ma’rifiy va ma’naviy barkamollikka munosabatlarni o‘zgartirib borishi natijasida pedagogika fani xalq orasida o‘z mavqeiga ega bo‘ldi. SHu tariqa insonnni tarbiyalovchi fan sifatida pedagogika dunyoviy fanlar tizimi qatoridan alohida o‘rin egallagan. Uning bosh masalasi tarbiyadir. Ota-bobolarimiz azal-azaldan bola tarbiyasiga alohida e’tibor qaratganlar. Imom al-Buxoriy, Iso at-Termiziy, Beruniy, Az-Zamaxshariy, Abdurauf Fitrat, Abdulhamid – CHo‘lpon singari ulug‘ olimu adiblar, fozilu-fuzalolar ta’lim-tarbiya borasida ko‘p asarlar bitganlar. SHarq pedagogikasining asoschilari Farobiyning «Fozil odamlar shahri», YUsuf Xos Xojibning «Qutadg‘u bilig» asari, Alisher Navoiyning «Maxbub ul-qulib»i, Kaykovuchning «Qobusnoma»si kabi asarlar bunga dalildir. Pedagogik fikrni rivojlanishida ulug‘ rus pedagogi K.D.Ushinskiyning ham hissasi katta. Uning nazariy qarashlari «Inson tarbiya predmeti sifatida» degan mukammal asarida bayon qilib berilgan. «Ona tili», «Bolalar dunyosi» kitoblari barchaga yaxshi ma’lum bo‘lib, bolalarning bir necha avlodni shu kitoblar vositasida ta’lim olgan. Pedagogika fan sifatida rivojlanishida chex pedagogi olimi YAn Amos Komenskiy (1592-1670) ning hissasi katta bo‘ldi. Uning «Buyuk didaktika» asari haqli ravishda pedagogika sohasida yaratilgan birinchi ilmiy asari hisoblanadi. Bola tug‘ilgan kundan boshlab, uni maktabga borgunio‘lgan davrda har tomonlama etuk barkamol etib tarbiyalash qonuniyatlarini o‘rganish maktabgacha ta’lim pedagogikasining muvzuidir. U maktabgacha ta’lim muassasalari va oilaning tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatishi birligini, maktabgacha ta’lim muassasasi va maktab ishidagi aloqadorlikni, bolalarni maktabda o‘qishga tayyorlashni ta’sinlab, ijtimoiy maktabgacha tarbiya sharoitida tarbiya va ta’lim berish ishlarining vazifalarini, tamoyillarini, mazmunini, metodlarini, shakllarini va uni tashkil etishni ishlab chiqdi. Maktabgacha ta’lim pedagogikasi tizimida uning ajralmas qismi bo‘lib shakllandi. Maktabgacha ta’lim pedagogikasining nazariyasi va amaliyoti maktabgacha yoshdagi bolalarga har tomonlama tarbiya berishning maqsadi, bolaning imkoniyatlari va uni ilk yoshdan boshlab tarbiyalashning roli, maktabgacha tarbiyani hayot, zamon bilan bog‘lab olib borishning zarurligi, bola shaxsining shakllanishida ijtimoiy muhitning hal qiluvchi ahamiyatiga ekaligiga asoslanadi. Maktabgacha ta’lim pedagogikasi ijtimoiy tarbiya tajribasini sinchkovlik bilan o‘rgandi. Bu esa maktabgacha ta’lim muassasalari ishini takomillashtirishga yordam beradi. Download 0.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling