Ushbu o’quv-uslubiy majmua zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida oliy ta’lim muassasalari tabiatshunoslik fakultetlari agrokimyo va agrotuproqshunoslik yo’nalishi 3-bosqich Tuproq biologiyasi fani o’quv dasturi bo’yicha tayyorlangan


Download 0.53 Mb.
bet49/53
Sana17.06.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1544044
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   53
Bog'liq
portal.guldu.uz-Тупроқ

9-LABORATORIYA MASHG`ULOTI


MAVZU: AZOTFIKSATORLARDAN FOYDALANISH

Mashg’ulotning maqsadi: Tuproq yashovchi azotfikator bakteriyalarni ajratish, turlarini bilib olish va ulardan foydalanishini o’rganish.


Tushuntirish: Havodagi molekulyar azotning biologik usulda tuproqqa yig’ilishi qishloq xo’jaligida katta ahamiyatga ega. Atmosfera havosining 75,5% ni erkin azot tashkil etadi. Atmosferadagi azot zaxirasidan o’simlik to’liq foydalana olmaydi. Havodagi azotni tutashtirib uni o’simlik oziqlana oladigan holga keltra oladigan alohida mikroblar bor. Bu mikroblar azotfiksatorlar deyiladi. Azotfiksatorlarni ikki biologik guruhga bo’linadi.

  1. Simbiotik azotfiksatorlar.

  2. Erkin holda yashovchi azotfiksatorlar.

Simbiotik azotfiksatorlar tuganak bakteriyalar bo’lib dukkakli o’simliklar bilan simbioz holatda yashaydi va havodagi azotni tuproqqa yig’ilishiga yordam beradi.
Kerakli material, asbob va uskunalar: 10 g no’xat yoki loviya steril kolbalar, 2 g agar-agar, Petri likobchasi do’simliklar tuganaklari 25-300S li termostat. Mikroskop fuksin bo’yoq.
Ishning borishi: Tuganak bakteriyalarning toza kulturasini ajratib olish uchun qutidagi ozuqa muhitidan foydalaniladi. Tuganak bakteriyalarni undirish uchun no’xat yoki loviyadan tayyorlangan bulon ozuqa muhit usulda tayyorlanadi. 100 ml suvga 10 g no’xat yoki loviya solinib pallalari yorulguncha qaynatiladi va sterillangan kolbaga filtrdan o’tkazib quyiladi. Tayyorlangan muhit Petri likobchalariga quyib qotiriladi. So’ngra dukkakli o’simliklar tuganaklardan siqib olingan shira ekiladi. Likobchalar bir necha kun davomia 25-30 S termostatda saqlanadi. So’ngra ozuqa muhiti yuzasidan unib chiqqan koloniyalardan preparatlar tayyorlanib metilin ko’ki fuksin yoki gramm usulida bo’yalib mikroskopda kuzatiladi. Ozuqa muhit ustida unib chiqqan to’plamlar oqish mayda shilimshiq bo’ladi.
Adabiyotlar.

  1. V.S.Sheveluxa va boshqalar. Selskoxozeystvennaya biotexnologiya. Moskva. Vo’sshaya shkola. 2003

  2. K. M. Artomonov-Biotexnologiya agropromishlennomu kompleksu. M, Mir. 1989.

  3. Yo. X. To’raqulov-Molekulyar bitexnologiya. 1993.

  4. Muromtsev G.S. i drugie. Osnovo’ selskoxozyaystvennoy biotexnologii. M. 1990.

  5. R.G.Butenko. Biologiya kletok vo’sshix rasteniy in vitro i biotexnologii. M. 1990




Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling