Ushbu Qoidalar "Metrologiya to‘g‘risida"


Download 179.94 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana11.11.2023
Hajmi179.94 Kb.
#1766843
  1   2   3   4
Bog'liq
KALIBRLASH



O‘lchash vositalarini kalibrlashdan o‘tkazish 
QOIDALARI 
1-bob. Umumiy qoidalar 
1. 
Ushbu 
Qoidalar 
“Metrologiya 
to‘g‘risida”gi 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Qonuniga
 muvofiq o‘lchash vositalarini kalibrlashni tashkil etish va o‘tkazish 
tartibiga qo‘yiladigan talablarni belgilaydi. 
2. Ushbu Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llanadi: 
ariza beruvchi — o‘lchash vositalarini kalibrlashdan o‘tkazishdan manfaatdor 
bo‘lgan yuridik yoki jismoniy shaxs
ijrochi — belgilangan tartibda akkreditatsiyadan o‘tkazilgan metrologiya xizmatlari; 
o‘lchash vositalarini kalibrlash — ma’lum sharoitlarda, o‘lchash vositasi 
yordamida olingan kattalik qiymati va etalon bilan qayta tiklanadigan tegishli kattalik qiymati 
o‘rtasidagi nisbatni aniqlash orqali o‘lchash vositalarining metrologik tavsiflarini aniqlash 
maqsadida amalga oshiriladigan operatsiyalar majmui. 
3. Kalibrlash ma’lum sharoitlarda kalibrlanadigan o‘lchash vositalari yordamida olingan 
kattalik qiymatlari hamda namunaviy o‘lchash vositalari va etalonlar bilan qayta tiklanadigan 
tegishli qiymatlar o‘rtasidagi nisbatni aniqlaydigan operatsiyalar majmuini amalga oshirish 
orqali o‘lchash vositalarining metrologik tavsiflarini aniqlash maqsadida o‘tkaziladi. 
4. O‘lchash vositalarini kalibrlashda xalqaro birliklar tizimining birliklarigacha bevosita 
yoki bilvosita metrologik kuzatiluvchanlikka ega bo‘lgan namunaviy o‘lchash vositalari 
(etalonlar) va yordamchi kalibrlash vositalari qo‘llaniladi. 
5. O‘lchash vositalarini kalibrlash davriyligi kalibrlash usullari va tartib-taomillarida 
belgilanadi, bunda belgilangan muddat tegishli o‘lchash vositalarining qiyoslashlararo interval 
muddatidan oshmasligi kerak. 
6. Kalibrlash jarayonida texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda 
chop etilgan yoxud nufuzli texnik tashkilot yoki tegishli ilmiy maqola yoki jurnallarda bayon 
etilgan yoki o‘lchash vositasini ishlab chiqaruvchi tomonidan tavsiya etilgan usullar (keyingi 
o‘rinlarda kalibrlash usuli deb ataladi) qo‘llanilishi tavsiya etiladi. Laboratoriya tomonidan sifat 
tizimi menejmenti hujjati shaklida ishlab chiqilgan yoki modifikatsiyalangan usullar qo‘llanilishi 
mumkin. 
Kalibrlashni qanday amalga oshirish haqida yetarlicha va aniq axborotga ega bo‘lgan 
kalibrlash usullari, agar bu usullar kalibrlash laboratoriyasining xodimlari tomonidan ishda 
qo‘llanishi mumkin bo‘ladigan tarzda yozilgan bo‘lsa, usulda harakatlar ketma-ketligining 
hujjatlashtirilishi yoki qo‘shimcha aniqlashtirilishi zarur bo‘lganda — to‘ldirilmasligi yoki ichki 
tartib-taomillar shaklida qayta yozilmasligi kerak. 
7. O‘lchash vositalarini kalibrlash, kalibrlash tartib-taomiliga muvofiq menejment 
tizimlarining hujjatlashtirilgan axboroti (keyingi o‘rinlarda kalibrlash tartib-taomili deb ataladi) 
shaklida o‘tkaziladi. 
Kalibrlash 
laboratoriyalari 
kalibrlash 
usulidagi 
harakatlar 
ketma-ketligining 
hujjatlashtirilishi yoki qo‘shimcha aniqlashtirilish uchun kalibrlash va o‘lchash imkoniyatlaridan 
kelib chiqib kalibrlash tartib-taomilini ishlab chiqadi. 
8. Akkreditatsiyadan o‘tkazilgan metrologiya xizmati tomonidan bajarilgan o‘lchash 
vositalarini kalibrlash natijalaridan o‘lchash vositalarini qiyoslashda foydalanish mumkin. 


9. O‘lchash vositalarini kalibrlashni kalibrlash laboratoriyasining akkreditatsiyaning 
ma’lum sohasida vakolatli bo‘lgan xodimlari o‘tkazadi. 
10. O‘lchash vositalarini kalibrlashdan o‘tkazish ishlari uchun haq tuziladigan 
shartnoma shartlariga muvofiq ariza beruvchi tomonidan to‘lanadi. 
11. O‘lchash vositalarini kalibrlashdan o‘tkazish ushbu Qoidalarga 
ilovaga 
muvofiq 
sxema bo‘yicha amalga oshiriladi. 
12. O‘lchash vositalarini kalibrlashning har bir keyingi bosqichi avvalgi bosqich 
natijalari ijobiy bo‘lganda o‘tkaziladi. 

Download 179.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling