Telgram orqali @MEHMONLARGA
Telefon nomer 97-227-89-26
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
o‘zining qiziqishlariga ko‘ra qobiliyatlarini namoyon qila olish, shaxsiy gigiyena va texnika havfsizligi qoidalariga rioya qilish.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish.
Milliy va umummadaniy kompetensiya:
san’at asarlarini tushuna olish va undan zavqlanish.
Dars turi: Bilimlarni mustahkamlovchi. Yangi bilim beruvchi.
Dars uslubi: Tushuntirish, suxbat, tezkor savol – javob, amaliy mustaqil ishlar bajarish, munozara, ko‘rgazmali va boshqalar.
Dars metodi: guruhlarda ishlash, “Aqliy hujum”, “Kim epchil-u, kim chaqqon”, “Klaster”, “B/B/B” metodlaridan foydalaniladi.
Darsda jihozi: metallga ishlov berish ustaxonasi, metal namunalari, rasm va tarqatma materiallar, o‘quv qurollari, elekron materiallar, test materiallari.
Darsning borishi:
Tashkiliy qism:
Salomlashish
Davomatni aniqlash
Darsga tayyorgarlik ko‘rish
O‘quvchilar diqqatini darsga qaratish.
Uyga vazifani so‘rash:
Savol – javob o‘tkazish
Topshiriqlarni tekshirish
Amaliy mashg‘ulotda tugallanmagan ishning oxiriga yetkazilganini tekshirish
Yangi mavzu bayoni:
Tunuka va simlarni qirqish, bukish va to‘g‘rilash asboblaridan foydalanish:
Maktab ustaxonalriga yupqa listli metall (tunuka) alohida bo‘laklar yoki rulon ko‘rinishida keltiriladi. Lekin bir xilda deformatsiyalangan (g‘ijimlangan) tunuka bilan ham ishlashga to‘g‘ri keladi. Bunday tunukaga qo‘shimcha ishlov berishga to‘g‘ri keladi.Tunukani to‘g‘rilashni po‘lat plitada amalda bajarish mumkin.Tunukaning bo‘rtib qolgan joylarinigi tepaga qilib o‘rnatiladi va bo‘r bilan chizib oliandi. To‘g‘rilashni Yengil zarbalar bilan bo‘rtib qolgan joylarining atrofiga qarab spiralsimon yo‘nalishda urib olib boriladi. Bo‘rtib qolgan joydan uzoqlashgan sari zarba kuchaytirilib boriladi. Bunday zarbalardan keyin metall cho‘zilib boraveradi. Hech qachon bo‘rtib qolgan joyiga boshida urmang, chunki u yana ham kattalashib ketadi. Po‘lat tunukani chilangarlik bolg‘a yordamida to‘g‘rilash mumkin, rangli metallardan bo‘lgan listlarni yog‘och bolg‘a (kiyanka) bilan to‘g‘rilash mumkin. Darsga tayyorlanishdan oldin o‘qituvchi tunukaning qirqiladigan yoki Yechiladigan joylarini o‘zi chizib berishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |