o‘z vakolatlari doirasida tegishli hududda davlat ta’lim muassasalari uchun
moliyalashtirish
hajmini belgilaydi;
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik
jamiyatining boshqa institutlari bilan ta’lim tashkilotlarini rivojlantirish
masalalari yuzasidan
hamkorlik qiladi;
davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga biriktirilgan hududlarni (mikrouchastkalarni)
belgilaydi;
ta’lim sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshirishda ta’lim tashkilotlariga ko‘maklashadi;
ta’lim oluvchilar uchun sifatli ta’limni, tarbiyani ta’minlash, ularning iste’dodini
shakllantirish va namoyon etish maqsadida joylarda ularga zarur sharoitlar yaratish bo‘yicha
dasturlarni
ishlab chiqadi;
o‘z vakolatlari doirasida ta’lim sohasidagi davlat-xususiy sheriklikni
rivojlantiradi va
nodavlat ta’lim tashkilotlari tarmog‘ini kengaytirishga ko‘maklashadi;
umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari bitiruvchilari bandligini ta’minlashga ko‘maklashadi.
Oldingi
tahrirga qarang.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonunchilikka muvofiq
boshqa vakolatlarni ham
amalga oshirishi mumkin.
(27-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
28-modda. Ta’lim tashkilotini boshqarish
Ta’lim tashkilotini boshqarishni tegishincha quyidagilar amalga oshiradi:
pedagogik kengash;
kuzatuv (vasiylik)
kengashi;
oliy ta’lim
tashkilotining kengashi;
ta’lim tashkilotining rahbari.
Ta’lim tashkilotlarida jamoatchilik boshqaruvi organlari tashkil etilishi mumkin.
Ta’lim tashkilotlarini boshqarishda va kadrlar tayyorlashda kadrlar
talabgorlari ishtirok
etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: