Ushbu Qonunning maqsadi ta’lim sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat


-modda. Nodavlat ta’lim tashkilotlari


Download 366.54 Kb.
Pdf ko'rish
bet16/38
Sana21.06.2023
Hajmi366.54 Kb.
#1638454
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   38
Bog'liq
O‘RQ-637 23.09.2020

31-modda. Nodavlat ta’lim tashkilotlari
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Nodavlat ta’lim tashkilotlari o‘z faoliyatini litsenziya asosida amalga oshiradi, bundan 
maktabdan tashqari ta’limni, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni amalga 
oshiruvchi ta’lim tashkilotlari mustasno. 
(31-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrdagi O‘RQ-721-
sonli 
Qonuni
 tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son) 
 LexUZ sharhi 
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-iyundagi 470-sonli “Davlat ta’lim muassasalari 
hamda nodavlat ta’lim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish tartibini 
takomillashtirish to‘g‘risida”gi 
qarori

Nodavlat ta’lim tashkilotlari litsenziya talablariga va shartlariga muvofiq ta’lim xizmatlari 
ko‘rsatadi.


Davlat ta’lim standartlari va davlat ta’lim talablariga muvofiq ta’lim xizmatlarini 
ko‘rsatuvchi nodavlat ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi 
ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlarni beradi.
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash bo‘yicha nodavlat ta’lim xizmatlarini 
ko‘rsatuvchi ta’lim tashkilotlari tomonidan bitiruvchilarga davlat tomonidan tasdiqlangan 
namunadagi ta’lim to‘g‘risidagi hujjat berilishi mumkin. Bunda kadrlar malakasini oshirish va ularni 
qayta tayyorlash bo‘yicha nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatuvchi ta’lim tashkilotlari belgilangan 
tartibda attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan o‘tishi kerak. 
(31-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrdagi O‘RQ-721-sonli 
Qonuniga
 asosan 
to‘rtinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-
son) 
Mustaqil ishlab chiqilgan va litsenziyada ko‘rsatilgan o‘quv dasturlari bo‘yicha ta’lim 
xizmatlari ko‘rsatadigan nodavlat ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarga O‘zbekiston Respublikasida tan 
olinadigan ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlarni beradi. 
Nodavlat ta’lim tashkilotlari normativ-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiq ta’lim-tarbiya 
jarayonini tashkil etish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish va yuqori kasbiy mahoratga ega bo‘lgan 
pedagog kadrlar va boshqa kadrlarni jalb qilish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘radi. 
Nodavlat ta’lim tashkilotlari tomonidan ishlab chiqilgan o‘quv dasturlari bo‘yicha o‘qitish 
ta’lim oluvchi yoxud uning ota-onasi yoki boshqa qonuniy vakillari va nodavlat ta’lim tashkiloti 
o‘rtasida tuziladigan, o‘qitish muddatlari, shartlari va to‘lovlari, tomonlarning huquq va 
majburiyatlari hamda boshqa shartlar belgilanadigan shartnoma asosida amalga oshiriladi. 

Download 366.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling