Ushbu Qonunning maqsadi ta’lim sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat


-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining ta’lim sohasidagi vakolatlari


Download 366.54 Kb.
Pdf ko'rish
bet14/38
Sana21.06.2023
Hajmi366.54 Kb.
#1638454
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   38
Bog'liq
O‘RQ-637 23.09.2020

27-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining ta’lim sohasidagi vakolatlari
Mahalliy davlat hokimiyati organlari: 
ta’lim sohasidagi vakolati davlat boshqaruvi organlari bilan kelishilgan holda davlat ta’lim 
muassasalarini tashkil etadi, qayta tashkil etadi va tugatadi, bundan respublika tasarrufidagi ta’lim 
muassasalari mustasno


o‘z vakolatlari doirasida tegishli hududda davlat ta’lim muassasalari uchun moliyalashtirish 
hajmini belgilaydi; 
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik 
jamiyatining boshqa institutlari bilan ta’lim tashkilotlarini rivojlantirish masalalari yuzasidan 
hamkorlik qiladi; 
davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga biriktirilgan hududlarni (mikrouchastkalarni) 
belgilaydi; 
ta’lim sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshirishda ta’lim tashkilotlariga ko‘maklashadi; 
ta’lim oluvchilar uchun sifatli ta’limni, tarbiyani ta’minlash, ularning iste’dodini 
shakllantirish va namoyon etish maqsadida joylarda ularga zarur sharoitlar yaratish bo‘yicha 
dasturlarni ishlab chiqadi
o‘z vakolatlari doirasida ta’lim sohasidagi davlat-xususiy sheriklikni rivojlantiradi va 
nodavlat ta’lim tashkilotlari tarmog‘ini kengaytirishga ko‘maklashadi; 
umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari bitiruvchilari bandligini ta’minlashga ko‘maklashadi. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham 
amalga oshirishi mumkin. 
(27-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
28-modda. Ta’lim tashkilotini boshqarish 
Ta’lim tashkilotini boshqarishni tegishincha quyidagilar amalga oshiradi: 
pedagogik kengash; 
kuzatuv (vasiylik) kengashi
oliy ta’lim tashkilotining kengashi
ta’lim tashkilotining rahbari. 
Ta’lim tashkilotlarida jamoatchilik boshqaruvi organlari tashkil etilishi mumkin. 
Ta’lim tashkilotlarini boshqarishda va kadrlar tayyorlashda kadrlar talabgorlari ishtirok 
etadi. 

Download 366.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling