Ushbu resursda plagiatga yo`l qo`yilmagan


Savol: Quyidagi masalani algoritmni to‘liq qurish bosqichlari bo‘yicha yeching


Download 404.18 Kb.
bet2/6
Sana01.05.2023
Hajmi404.18 Kb.
#1419201
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
ALGHORITM ALIEV

Savol: Quyidagi masalani algoritmni to‘liq qurish bosqichlari bo‘yicha yeching
Masalaning qo‘yilishi. Ikkita butun musbat a va b sonlar berilgan. Ularning eng katta umumiy bo‘luvchisini topish talab qilinadi. Ya’ni, eng katta butun musbat son topish kerakki, unga a va b ni bo‘lganda butun son chiqsin.
Modelni qurish.
Ikkita sonning Eng katta umumiy bo‘luvchisi deb EKUB shu sonlar bo‘linadigan eng katta butun songa aytiladi:
Masalan 12 va 16
12 {1,2,3,4,6,12}
16 {1,2,4,8, 16}
12 va 16 sonlari bo‘linadigan eng katta son bu 4 ga teng.
Algoritmni ishlab chiqish.

  1. Boshlash;

  2. m ni n ga bo‘lamiz, qoldiq r ga teng bo‘lsin;

  3. Agar r=0 unda n-natija; 5 o‘ting;

  4. m:=n; n:=r; 2 o‘ting;

  5. tamom.

Algoritmni to‘g‘riligini tekshirish
Shu algoritmni tadqiq qilib ko‘raylik. m=119, n=544 deb qabul qilaylik. Ikkinchi qadamdan boshlaymiz. Algoritmga binoan bo‘lish natijasini nolga teng deb hisoblaymiz va r ga 119 ni ta’minlaymiz, keyin 3-qadamga o‘tamiz. R nolga teng bo‘lmaganligi uchun, hech nima qilmaymiz va 4-qadamga o‘tamiz. Bu yerda m ga 544 ni, n ga 119 ni ta’minlaymiz. Umuman, ravshan bo‘ldiki, mAmaliy qism.

Amaliy mashg‘ulot - 2
Mavzu: Massiv elementlarini tartiblashtirish.Matritsa maksimal, minimal elementlarini aniqlash algoritmi.
Ishdan maqsad. Massiv elementlarini tartiblashtirish. Matritsa maksimal, minimal elementlarini aniqlash algoritmini o’rganish.
Qo’yilgan masala. Matritsa maksimal, minimal elementlarini aniqlash algoritmini tahlil qilish.
Ish tartibi:

  • Tajriba ishi nazariy ma’lumotlarini o‘rganish;

  • Berilgan topshiriqning algoritmini ishlab chiqish;

  • Natijalarni tekshirish;

  • Hisobotni tayyorlash va topshirish.

Nazariy qism
Ko‘p hollarda jadval yoki matritsalar ko‘rinishidagi ma’lumotlar bilan ish yuritish kerak bo‘ladi. Jadvalda ma’lumotlar juda ko‘p bo‘lgani sabab, ularning har bir yacheykasidagi sonni mos ravishda bitta o‘zgaruvchiga qiymat qilib berilsa ular ustida ish bajarish ancha noqulayliklarga olib keladi. SHu sabab dasturlashda bunday muammolar massivlarni ishlatish yordamida hal qilinadi.
Massiv - bu bir nom bilan belgilangan qiymatlar to‘plami yoki jadvaldir. Massivning har bir elementi massiv nomidan so‘ng o‘rta qavs ichiga olingan raqam va arifmetik ifoda yozish bilan belgilanadi. Qavs ichidagi raqam massiv indeksini belgilaydi. Vektorni bir o‘lchovli massiv, matritsani ikki o‘lchovli massiv deb qarash mumkin.
Bir o‘lchovli massivda uning har bir elementi o‘zining joylashgan o‘rin nomeri bilan aniqlanadi va nomeri qavs ichida indeks bilan yoziladi. Ikki o‘lchovli massiv elementi o‘zi joylashgan satr va ustun nomerlari yordamida aniqlanadi. SHu sabab ikki o‘lchamli massiv elementi ikkita indeks orqali yoziladi. Masalan: A[i,j] bu erda i-satr nomeri j-ustun nomerini bildiradi.
Har bir massiv o‘z o‘lchamiga ega bo‘lib va u dasturda e’lon qilingan bo‘lishi kerak. Massivni e’lon qilish dasturning bosh qismida berilib, uning yozilishi umumiy holda quyidagicha bo‘ladi:

Download 404.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling