Ushbu Shartnoma Bosh shartlar va Ariza/Buyurtma ning ajralmas qismi hisoblanadi
TOMONLARNING HUQUQLARI VA MAJBURIYATLARI
Download 45.8 Kb.
|
31609963490011-Saving-20211221114252905REP
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4.2. Mijoz majburiyatllari: 4.2.1.
- 4.3. Bank huquqlari: 4.3.1.
4. TOMONLARNING HUQUQLARI VA MAJBURIYATLARI
4.1. Mijoz huquqlari: 4.1.1. Maksimal 5 (besh)ta talab qilib olinguncha depozit hisobvaragʼini ochish; 4.1.2. Masofaviy bank xizmati tizimi orqali Bankdan Omonat hisobvaragʼining toʼliq yoki qisman talab qilinishini talab qilish; 4.1.3. Agar omonat hisobvaragʼ shartnomasida ushbu imkoniyat oʼrnatilgan boʼlsa, masofaviy bank xizmati tizimi orqali qoʼshimcha pul mablagʼlarini talab qilib olinguncha depozit hisobvaragʼiga kiritish; 4.1.4. Ushbu shartnomada belgilangan shartlar va tariflar boʼyicha bir nechta talab qilib olinguncha depozit hisobvaragʼlarini joylashtirish: • masofaviy xizmat kanallari orqali; • Bank filiallarining ish soatlarida Bank filiallarida oʼrnatilgan oʼziga xizmat koʼrsatish vositalaridan foydalanish orqali. 4.2. Mijoz majburiyatllari: 4.2.1. Omonat hisobvaragʼ shartnomasi, shartlari bilan tanishish; 4.2.2. hisob varaqlar boʼyicha operatsiyalarni Oʼzbekiston Respublikasining amaldagi qonunlariga, Oʼzbekiston Respublikasi Markaziy bankining va boshqa vakolatli organlarning qarorlariga qatʼiy muvofiq ravishda amalga oshirish. Mijoz Xisobvaraqlar ochish, hisobvaraqlar boʼyicha operatsiyalarni bajarish uchun taqdim etilgan hujjatlar va maʼlumotlarning toʼgʼriligi uchun javobgardir; 4.2.3. hisob-kitoblarga notoʼgʼri kirim qilingan va/yoki hisob-kitoblardan notoʼgʼri chiqarib yuborilgan mablagʼlar aniqlangan taqdirda, darhol Bankni bu haqda biron-bir tarzda xabardor qilish; 4.2.4. Bosh shartnomada koʼrsatilgan aloqa kanallari orqali 3 kalendar kuni ichida, ushbu shartnomaning bajarilishiga taʼsir qiladigan, manzili va / yoki telefon raqamining oʼzgarishi, shu jumladan uyali telefon, familiya, ism yoki otasining ismi, shaxsni tasdiqlovchi hujjat yoki boshqa hujjatlar oʼzgartirilishi toʼgʼrisida Bankni xabardor qilish. 4.3. Bank huquqlari: 4.3.1. Mijozning eʼtirozidan qatʼiy nazar, tegishli davlat organlaridan ijro hujjatlari olingan taqdirda, Oʼzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda choralar koʼrish (mablagʼlarni tortib olish, mablagʼlarni toʼgʼridan-toʼgʼri debetlash, xisobvaraq boʼyicha operatsiyalarni toʼxtatib qoʼyish va boshqalar), shuningdek talab qilib olinguncha hisobvaragʼidagi hisoblangan va toʼlangan foizlarni toʼgʼridan-toʼgʼri hisobdan chiqarish, hisobvaraqlarda pulni notoʼgʼri qabul qilish (hisoblash) fakti aniqlangandan keyin qaytarish; 4.3.2. Bankning yangiliklarini, shuningdek mijozning тalab qilib olinguncha depozit hisobvaragʼidan amalga oshirilgan operatsiyalar toʼgʼrisidagi maʼlumotni ushbu shartnoma va arizada koʼrsatilgan mijozning mobil telefon raqamiga SMS xabarlar yoki elektron pochta manziliga xabarlarlar yuborish; 4.3.3. Jinoiy yoʼl bilan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish uchun Bank Mijozdan тalab qilib olinguncha depozit hisobvaragʼida amalga oshirilgan operatsiyalarning qonuniyligini tasdiqlovchi maʼlumotlar va hujjatlarni taqdim etishini talab qilishga haqlidir; 4.3.4. Talab qilib olinguncha depozit hisobvaragʼidagi operatsiyalarni Oʼzbekiston Respublikasining amaldagi qonunlarida va jinoyatlardan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʼgʼrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda toʼxtatib qoʼyish yoki faollashtirishni rad etish. Download 45.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling