Ushbu standartning maqsadi xo‘jalik yurituvchi sub’ektning pul mablag‘lari va ularning ekvivalentlari bo‘yicha majburiy ravishda axborot taqdim etishini belgilab qo‘yishdan iborat


Download 37.17 Kb.
Sana28.12.2022
Hajmi37.17 Kb.
#1023661
Bog'liq
519 04.11.1998




[OKOZ:

1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.29.00.00 Buxgalteriya hisobi. Moliyaviy hisobot / 07.29.04.00 Pul mablag‘lari, valyuta, past baholi va tez emiriluvchi predmetlarning hisobi]

[TSZ:

1.Moliya / Buxgalteriya hisobi]

«TASDIQLANGAN»
O‘zbekiston Respublikasi
Moliya vazirligi
Vazirning o‘rinbosari
E.F. GADOYEV
1998-yil 16-oktabr 51-son
PUL OQIMI TO‘G‘RISIDAGI HISOBOT
o‘zbekiston respublikasi buxgaltyeriya hisobi milliy standarti
9-son bhms
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1998-yil 4-noyabr 519-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan]
UMUMIY QOIDALAR
1. Buxgaltyeriya hisobining ushbu milliy standarti (BHMS) «Buxgaltyeriya hisobi to‘g‘risida» O‘zbekiston Respublikasi Qonuni asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasida buxgaltyeriya hisobini me’yoriy boshqarish tizimining bir qismi hisoblanadi.
MAQSADI
2. Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot undan foydalanuvchilarga xo‘jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy ahvolidagi o‘zgarishlarni baholashga imkon byeradi, ularni hisobot davrida qancha pul tushgani va qancha pul chiqqani to‘g‘risidagi axborot bilan ta’minlaydi.
Ushbu standartning maqsadi xo‘jalik yurituvchi sub’ektning pul mablag‘lari va ularning ekvivalentlari bo‘yicha majburiy ravishda axborot taqdim etishini belgilab qo‘yishdan iborat. Bu axborot pul mablag‘lari oqimi to‘g‘risidagi hisobot ko‘rinishida bo‘lib, unda hisobot davrida opyeratsion, investitsiya va moliya faoliyatida yuz byeruvchi pul oqimlari harakati tasnif etiladi.
AMAL QILISh SOHASI
3. Xo‘jalik yurituvchi sub’ekt ushbu standart talablariga muvofiq ravishda pul oqimi to‘g‘risida hisobot tayyorlaydi va uni har bir hisobot davri uchun tuziladigan moliyaviy hisobotning tarkibiy qismi sifatida taqdim etadi.
PUL OQIMI HARAKATI TO‘G‘RISIDAGI AXBOROTNI BILISh FOYDALILIGI
4. Boshqa moliyaviy hisobotlar bilan birga foydalanish chog‘ida pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot axborotlari moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilar uchun xo‘jalik yurituvchi sub’ektning pul mablag‘larini va ularning ekvivalentlarini jalb etish qobiliyatini baholashga baza bo‘lib xizmat qilishi bilan foydalidir. Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot pul tushumlari va to‘lovlarini uchta asosiy toifaga ajratadi: opyeratsion faoliyati, investitsiya faoliyati va moliyaviy faoliyat. Har uch toifaning pul mablag‘iga birgalikda ta’siri hisobot davrida pul mablag‘ining sof o‘zgarishini belgilab byeradi. Pul oqimlari harakati to‘g‘risidagi axborot bo‘lajak pul oqimlari prognozi to‘g‘riligini tekshirish chog‘ida, foyda olish va pul oqimlarining sof harakati va narx o‘zgarishi ta’siri o‘rtasidagi aloqalarni tahlil qilish chog‘ida zarur bo‘ladi.
TUShUNChALAR
5. Ushbu standartda foydalanilgan tushunchalar:
Pul mablag‘lari — kassadagi naqd pul va talab qilib olinadigan depozitlar, shuningdek bankning hisob-kitob, valyuta va boshqa schyotlaridagi mablag‘lar.
Pul ekvivalentlari — ma’lum pul mablag‘iga tez va oson almashtiriladigan hamda qiymatidagi o‘zgarishlar tufayli uncha ko‘p bo‘lgan qisqa muddatli, yuqori likvidli investitsiyalar (moliyaviy qo‘yilmalar).
Pul oqimlari — pul mablag‘lari hamda ular ekvivalentlarining oqimi (tushumi) va chiqimi (sarflanishi, chiqishi)dan iborat.
Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot — hisobot davrida pul mablag‘i oqimlarini batafsil ko‘rsatuvchi ko‘rsatkichlar yig‘indisi.
Opyeratsion faoliyati — xo‘jalik yurituvchi sub’ektning daromad keltiruvchi asosiy faoliyati, shuningdek sub’ektning investitsiya va moliya faoliyatiga oid bo‘lmagan o‘zga xo‘jalik faoliyati.
Investitsiya faoliyati — pul ekvivalentlariga kiritilmagan uzoq muddatli aktivlar va boshqa investitsiya obyektlarini sotib olish va sotish.
Moliyaviy faoliyat — xo‘jalik yurituvchi sub’ektning faoliyati bo‘lib, uning natijasida o‘z mablag‘i va qarz mablag‘lari miqdori va tarkibida o‘zgarishlar yuz byeradi.
PUL MABLAG‘I VA PUL EKVIVALYeNTLARI
6. Pul mablag‘i ekvivalentlaridan asosan investitsiyalar va boshqa maqsadlar uchun emas, balki faqat qisqa muddatli majburiyatlar bo‘yicha to‘lovlar uchun foydalaniladi. Investitsiyalarni pul ekvivalenti deb hisoblash uchun ular erkin ravishda naqd pulga aylantiriladigan bo‘lishi va qiymatining o‘zgarishida biroz xavf bo‘lishi lozim. Shu sababli investitsiya qisqa muddatda to‘lanadigan bo‘lsa, ya’ni xarid qilingan paytdan boshlab taxminan uch oy ichida to‘lanadigan bo‘lsa, uni pul ekvivalenti deb hisoblash mumkin bo‘ladi.
7. Bank zayomlari moliyaviy faoliyatga taalluqlidir, lekin talab qilingan paytda to‘lanadigan bank ovyerdraftlari korxonalar pul mablag‘ini boshqarishning ajralmas qismi hisoblanadi. Shu munosabat bilan bank ovyerdraftlari pul mablag‘ining tarkibiy qismi yoki ularning ekvivalenti hisoblanadi.
8. Pul oqimi pul mablag‘lari va pul ekvivalentlari moddalari o‘rtasidagi harakatni o‘z ichiga olmaydi, chunki ular opyeratsion, moliya yoki investitsiya faoliyatiga kirmaydi yoki xo‘jalik yurituvchi sub’ektning pul mablag‘larini boshqarishga taalluqlidir. Pul mablag‘larini boshqarish pul mablag‘lari va pul ekvivalentlarining ortiqchasini ishga solishni o‘z ichiga oladi.
PUL OQIMLARI TO‘G‘RISIDAGI HISOBOTNI TAQDIM ETISh
9. Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot, hisobot davri davomida opyeratsion, investitsiya yoki moliyaviy faoliyat natijasida xo‘jalik yurituvchi sub’ekt olgan pul oqimlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etishi lozim.
OPYeRASION FAOLIYaTI
10. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektning opyeratsion faoliyati natijasida vujudga keladigan pul oqimi hajmi xo‘jalik yurituvchi sub’ekt amalga oshiradigan opyeratsion faoliyati natijasida olinadigan pul oqimlari harakati ssudalarni to‘lash, xo‘jalik yurituvchi sub’ektning ishlab chiqarish quvvatlarini saqlab turish, dividendlarni to‘lash va moliyalashtirishning tashqi manbalariga murojaat qilinmay yangi investitsiyalar uchun qanchalik yetarli ekanini aks ettiruvchi asosiy ko‘rsatkich hisoblanadi. Opyeratsion faoliyatidan keladigan oldingi pul oqimining ayrim qismlari to‘g‘risidagi axborotdan opyeratsion faoliyatidan bo‘lajak pul oqimlarini prognoz qilish uchun axborotning boshqa turlaridan qo‘shib foydalanish mumkin bo‘ladi.
11. Opyeratsion faoliyatidan pul oqimi xo‘jalik yurituvchi sub’ektning asosiy faoliyatidan kelib chiqadi. Odatda xo‘jalik yurituvchi sub’ektning asosiy faoliyati mahsulotni sotishga, ishlarni bajarishga yoki xizmat ko‘rsatishga qaratilgan bo‘ladi. Opyeratsion faoliyatidan asosiy pul oqimiga quyidagilar kiradi:
11.1. Tovarlarni sotish va xizmat ko‘rsatishdan tushgan pul;
11.2. Royalti, badallar, vositachilik haqi va o‘zga yo‘llar bilan pul mablag‘lari tushumi;
11.3. Tovarlar va xizmatlar uchun ularni yetkazib byeruvchilarga pul to‘lovlari;
11.4. Xodimlarga va xodimlar nomidan to‘lovlar;
11.5. Sug‘urta kompaniyasining sug‘urta polislari bo‘yicha mukofotlari, talablari, yillik va o‘zga to‘lovlari bo‘yicha pul tushumlari va to‘lovlari;
11.6. Soliqlar bo‘yicha pul to‘lovlari yoki uning o‘rnini bosuvchi to‘lovlar, agar ular investitsiya va moliya faoliyatiga taalluqli bo‘lmasa;
11.7. Savdo yoki dilyerlik maqsadlarida tuzilgan bitimlar bo‘yicha pul tushumlari va to‘lovlari;
11.8. Boshqalar.
Asosiy vositalar birliklarini sotish kabi ayrim opyeratsion faoliyatlar bo‘yicha foyda kelishi va zarar ko‘rilishi mumkin, ular sof foyda yoki zarar qatoriga kiritiladi. Lekin bunday bitimlar bo‘yicha pul oqimi investitsiya faoliyatidan chiqadigan pul oqimlariga kiritiladi.
12. Korxona vositachilik yoki savdo maqsadlari uchun qimmatli qog‘ozlar yoki ssuda olgan bo‘lishi mumkin, bunday holatlarda ular qayta sotish uchun xarid qilingan tovar — moddiy zaxiralarga o‘xshash bo‘ladi.
INVYeSTISIYa FAOLIYaTI
13. Xo‘jalik yurituvchi sub’ekt investitsiya faoliyatidan keladigan pul oqimi to‘g‘risidagi axborotni alohida ko‘rsatib byeradi. Investitsiya faoliyatidan pul oqimi to‘g‘risidagi axborot kelajakda daromad va pul oqimi miqdorini belgilaydigan resurslar bo‘yicha qilingan xarajatlar darajasini ko‘rsatadi. Investitsiya faoliyatidan olingan asosiy pul oqimlariga quyidagilar kiradi:
13.1. Asosiy vositalarni, nomoddiy va o‘zga uzoq muddatli aktivlarni xarid qilishga pul to‘lovlari. Bu to‘lovlar tajriba-konstruktorlik ishlariga ajratilgan sarmoyalashtirilgan xarajatlar, shuningdek xo‘jalik sudi bilan amalga oshirilgan qurilishlar bilan bog‘liq bo‘lgan to‘lovlarni o‘z ichiga oladi;
13.2. Asosiy vositalarni, nomoddiy va o‘zga uzoq muddatli aktivlarni sotishdan olingan pul tushumi;
13.3. Boshqa subyektlarning aksiyalari yoki qarz majburiyatlarini hamda qo‘shma korxonalarda ishtirok etish huquqini sotib olishga doir pul to‘lovlari, pul ekvivalentlari hisoblangan yoki dilyerlik maqsadlariga yoki savdo maqsadlariga saqlab qo‘yilgan to‘lov hujjatlari bo‘yicha to‘lovlar (veksellar kabi hujjatlar bo‘yicha to‘lovlar)dan tashqari;
13.4. Boshqa subyektlarning aksiyalari va qarz majburiyatlarini hamda qo‘shma korxonalarda ishtirok etish huquqini sotishdan kelgan pul tushumlari, pul ekvivalenti hisoblangan yoki dilyerlik yoki savdo maqsadlari uchun saqlanayotgan veksel kabi to‘lov hujjatlari bo‘yicha tushumlar bunga kirmaydi.
13.5. Boshqa taraflarga byerilgan bo‘naklar va kreditlar (moliyaviy muassasalarga byerilgan bo‘naklar va kreditlardan tashqari);
13.6. Boshqa taraflarga byerilgan bo‘naklar va ssudalar qaytarilishidan pul tushumlari (moliyaviy muassasalarga byerilgan bo‘naklar va kreditlardan tashqari);
13.7. Fyuchyers va forvard bitimlari, opsion bitimlar va svop bitimlar bo‘yicha to‘lovlar, ular dilyer yoki savdo maqsadlari uchun mo‘ljallangan holatlar bundan mustasno bo‘ladi yoki to‘lovlar moliyaviy faoliyat sifatida tasnif etiladi.
13.8. Fyuchyers va forvard bitimlari, opsion bitimlar va svop bitimlar bo‘yicha pul tushumlari, ular dilyer yoki savdo maqsadlariga mo‘ljallangan holatlar bundan mustasnodir yoki to‘lovlar moliyaviy faoliyat sifatida tasnif etiladi.
13.9. Va boshqalar.
Bitim muayyan pozitsiyani xejlash * (sug‘urtalash) sifatida hisobga olinadi, bitim bo‘yicha pul oqimi sug‘urta qilinadigan pozitsiyadan pul oqimi sifatida faoliyat turiga kiritiladi.
* Xej. Xejlash — bitim himoya usuli bo‘lib, bunda sub’ekt taxmin qilingan yo‘qotishlarning o‘rnini qoplash niyatida xorijiy valyutada forvard, fyuchyers bitimlari va boshqa bitimlar bo‘yicha aktivlar yoki majburiyatlarni sotib olish tarzida ifodalangan valyuta qiymati farqidan vujudga keladigan yo‘qotishlardan o‘zini xoli qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
MOLIYa FAOLIYaTI
14. Xo‘jalik yurituvchi sub’ekt moliyaviy faoliyatidan bo‘ladigan pul oqimlari to‘g‘risidagi axborotni alohida ko‘rsatadi. Bu axborot moliyaviy faoliyatdan bo‘lajak pul oqimlarini taxmin qilish uchun zarur bo‘ladi. Moliyaviy faoliyatdan keladigan asosiy pul oqimlariga quyidagilar kiradi:
14.1. Aksiyalar yoki o‘z mablag‘i bilan bog‘liq boshqa vositalarni chiqarishdan keladigan pul tushumlari;
14.2. Sub’ektlar aksiyalarining haqini to‘lash yoki sotib olish uchun ularning egalariga to‘lovlar;
14.3. Ta’minlanmagan obligatsiyalar emissiyasidan, moliya korxonalari tomonidan byerilgan ssudalardan, garovga qo‘yilgan va boshqa qisqa hamda uzoq muddatli zayomlardan pul tushumlari;
14.4. Zayomlarni to‘lash;
14.5. Moliyaviy lizing bo‘yicha majburiyatlarni qisqartirish uchun ijarachilarning to‘lovlari;
14.6. Va boshqalar.
OPYeRASION FAOLIYaTIDAN TUShGAN PUL OQIMLARI BO‘YICHA HISOBOT
15. Xo‘jalik yurituvchi sub’ekt opyeratsion faoliyatidan vujudga kelgan pul mablag‘lari harakatini quyidagilardan foydalanib, ochib byeradi:
15.1. Yalpi pul tushumlari va yalpi pul to‘lovlari asosiy turlari ochib byeriladigan bevosita usul;
15.2. Bilvosita usul. Bu usulga muvofiq sof daromad yoki zararga joriy aktivlar va majburiyatlarning o‘zgarishiga, ishonchsiz opyeratsionlarga, shuningdek opyeratsion investitsiya yoki moliya faoliyati natijasida olingan daromadlar va ko‘rilgan zararlarga qarab o‘zgartirish kiritiladi.
INVYeSTISIYa VA MOLIYa FAOLIYaTIDAN TUShGAN PUL OQIMLARI BO‘YICHA HISOBOT
16. Xo‘jalik yurituvchi sub’ekt investitsiya va moliya faoliyatidan yalpi pul tushumlari va yalpi pul to‘lovlarini hisobotda alohida-alohida aks ettirishi kyerak, netto asosida** hisobga olinadigan va quyidagi ikki paragrafda bayon qilinadigan pul oqimlari bundan mustasnodir.
17. Mijozlar nomidan pul oqimlari netto asosida ochib byeriladi, bunda pul oqimlarining harakati yuridik shaxsning faoliyatiga nisbatan mijoz faoliyatini ko‘proq aks ettiradi, masalan:
17.1. Investitsiya tashkiloti o‘z mijozlarining topshirig‘iga binoan ushlab turadigan jamg‘armalar;
17.2. Mulk egasi nomidan undiriladigan va unga byeriladigan ijara to‘lovlari.
18. Tezda aylanadigan, katta miqdordagi mablag‘ni o‘z ichiga oladigan va to‘lash muddati qisqa bo‘lgan moddalar bo‘yicha pul oqimlari ham netto asosida ochib byerilishi mumkin, masalan:
18.1. Pul tushumlari hamda to‘lash vaqti qayd etilgan depozitlarni olish va to‘lash bo‘yicha to‘lovlar;
18.2. Depozitlarni joylashtirish va ularni boshqa moliya muassasalaridan qaytarib olish;
18.3. Mijozlarga byerilgan pul bo‘naklari va kreditlar hamda bu bo‘naklar va kreditlarning to‘lanishi.
** Netto-asos — sof oqim yoki hisobot davrida pul mablag‘ining kamayishi.
XORIJIY VALYuTADAGI PUL OQIMLARI
19. Xorijiy valyutadagi opyeratsion faoliyatlaridan pul oqimlari O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan opyeratsion amalga oshirilgan kun uchun belgilab qo‘yilgan almashtirish qiymatidan foydalanib, O‘zbekiston Respublikasi valyutasida aks ettiriladi.
20. Xorijiy shu’ba jamiyatining pul oqimi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan pul oqimi kelib chiqqan vaqtdagi almashtirish kursi bo‘yicha qayta hisoblanishi kyerak.
21. Xorijiy valyutaning almashtirish kursi o‘zgarishidan kelib chiqadigan amalga oshirilmagan daromad va zarar pul mablag‘i harakati hisoblanmaydi. Biroq almashtirish kursi stavkalari o‘zgarishning xorijiy valyutada saqlanayotgan yoki to‘lanishi lozim bo‘lgan pul mablag‘iga yoki ularning ekvivalentlariga ta’siri pul mablag‘lari harakatini hisobot davri boshlanishi va oxirida bir-biriga muvofiqlashtirish uchun pul oqimi to‘g‘risidagi hisobotda aks ettiriladi. Bu miqdor opyeratsion, investitsiya va moliya faoliyati natijasida vujudga keladigan pul oqimidan alohida ko‘rsatiladi va agar pul mablag‘larining bu harakati hisobot davrining oxiridagi pul almashtirish kursida aks etadigan bo‘lsa, tafovutga qo‘shiladi.
FAVQULODDA MODDALAR
22. Favqulodda moddalar bilan bog‘liq pul oqimi ularning mansabiga qarab: opyeratsion, investitsiya yoki moliya faoliyatiga ta’sir etilishiga bog‘liq holda va alohida ochib byerilishi lozim.
FOIZLAR VA DIVIDYeNDLAR
23. Foizlar va dividendlarni olish va to‘lash bilan bog‘liq pul oqimini alohida ko‘rsatish, bir hisobot davridan ikkinchi hisobot davriga izchillik bilan opyeratsion, investitsiya yoki moliya faoliyatidan pul oqimi sifatida tasnif etish lozim bo‘ladi.
24. Bank muassasalari uchun to‘langan va olingan foizlar hamda dividendlar opyeratsion pul oqimlari sifatida tasnif etiladi. Boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlar uchun to‘langan va olingan foizlar hamda dividendlar opyeratsion faoliyatidan keladigan pul oqimlari sifatida tasnif qilinishi mumkin, chunki ular sof daromad yoki zararni aniqlashga qo‘shiladi.
25. To‘langan dividendlar moliyaviy pul oqimi sifatida tasnif qilinishi mumkin, chunki ular moliyaviy resurslarni olish uchun to‘langan haq hisoblanadi.
DAROMAD (FOYDA)DAN OLINADIGAN SOLIQLAR
26. Daromad (foyda) solig‘i bo‘yicha pul oqimlari alohida ochib byerilishi lozim va ular opyeratsion faoliyatlaridan bo‘ladigan pul oqimlari qatoriga kiradi.
27. Uyushgan yoki shu’ba korxonada investitsiyalar o‘z sarmoyasi yoki tannarx usulidan foydalanib hisobga olinadigan bo‘lsa, investor pul oqimi to‘g‘risidagi hisobotda o‘zi bilan investitsiya oluvchi o‘rtasidagi pul oqimi bilan, masalan, dividendlar va bo‘naklar bilan cheklanadi.
ShU’BA KORXONALARNI, BOShQA XO‘JALIK BIRLIKLARINI SOTIB OLISh VA SOTISh
28. Shu’ba korxonalarni yoki boshqa xo‘jalik birliklarini xarid qilish yoki sotishdan bo‘ladigan pul oqimlari yig‘indisi alohida ochib ko‘rsatiladi va investitsiya faoliyati sifatida tasnif etiladi.
29. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar kichik korxonalar va boshqa xo‘jalik birliklarini xarid qilish bo‘yicha ham, ularni sotish bo‘yicha ham, quyida keltirilgan bandlarning har birini jamlab ochib byerishlari lozim.
29.1. Xarid qilish yoki sotishning umumiy qiymati;
29.2. Xarid qilish yoki sotishning pul mablag‘i va pul ekvivalentlari vositasida to‘langan qismi;
29.3. Xarid qilingan yoki sotilgan shu’ba jamiyatga yoki xo‘jalik birligiga tegishli pul mablag‘lari va pul ekvivalentlari miqdori;
29.4. Aktivlar va majburiyatlar miqdorini, shu’ba korxonada xarid qilingan yoki sotilgan pul ekvivalentlari hamda pul mablag‘laridan tashqari yoki aktivlar va majburiyatlarning turi bo‘yicha.
PULGA DAXLI BO‘LMAGAN OPYeRASION FAOLIYaTLAR
30. Pul mablag‘lari yoki pul ekvivalentlaridan foydalanishni talab qilmaydigan investitsion va moliyaviy opyeratsion faoliyatlar pul oqimi to‘g‘risidagi hisobotga kiritilmasligi kyerak. Bunday opyeratsionlar boshqa moliyaviy hisobotlarda faoliyatning shu investitsion moliyaviy turlari to‘g‘risidagi barcha muhim axborotni ko‘rsatadigan tarzda ochib byerilishi lozim.
PUL MABLAG‘LARI VA ULAR EKVIVALYeNTLARINING AYRIM MODDALARI
31. Xo‘jalik yurituvchi sub’ekt, shuningdek pul mablag‘lari va pul ekvivalentlarining ayrim moddalarini ko‘rsatishi hamda pul oqimi to‘g‘risidagi hisobotdagi pul miqdorini buxgaltyeriya balansidagi tegishli moddalari qiyosini taqdim etish kyerak.
BOShQA AXBOROTLARNI OChIB BYeRISh
32. Xo‘jalik yurituvchi sub’ekt korxonada mavjud bo‘lgan, lekin guruh foydalana olmaydigan muhim pul mablag‘lari va pul ekvivalentlari qoldig‘i miqdorini rahbariyatning tushuntirishi bilan birga ochib byerishi lozim.
33. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektning pul oqimi bilan uning bo‘g‘inlari o‘rtasidagi aloqalarni tushunish uchun pul oqimlari bo‘g‘inlar bo‘yicha ochib byerilishi lozim.
34. Xo‘jalik faoliyatining mazkur turida umuman pul oqimi harakati bilan uning ayrim tarkibiy qismlari o‘rtasidagi aloqani aniqlash uchun pul oqimlarining bo‘g‘inlardagi harakatlarini ochib ko‘rsatish zarur.



Download 37.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling