Ushbu vaziyatni muhokama qilishda irac tizimidan foydalanaman
Download 10.42 Kb.
|
Moliya huquqi 2-kazus
2-Kazus “Hayot” MCHJ daromad solig‘i va QQS to‘lovchisi hisoblanadi. “Hayot” MCHJ hisobotlari o‘rganilayotganda, 2020 yilning birinchi choragida daromad solig‘i bo‘yicha ortiqcha 2,500,000 so‘m to‘langanligi aniqlandi. “Hayot” MCHJ direktori K.Bahramov hisobot kunidan boshlab 15 kun o‘tgach, ortiqcha to‘langan summani qaytarish to‘g‘risida iltimos bilan Mirobod tumani davlat soliq inspeksiyasiga murojaat qildi, ammo davlat soliq inspeksiyasining xabar berishicha, ortiqcha to‘langan daromad solig‘i “Hayot” MCHJning QQS bo‘yicha qarzlarini to‘lash hisobiga qoplangan. Vaziyatga huquqiy baho bering. Mirobod tumani davlat soliq inspeksiyasining harakatlarini baholang. Ushbu vaziyatni muhokama qilishda IRAC tizimidan foydalanaman. ʼI-ISSUESʼ.
ʼR-RULEʼ.1-muomoni tahlil qilishda Oʻzbekiston Respublikasi soliq kodeksining 237 va 364 - moddalarida daromad soligʻi va QQS toʻlovchilari qismidan foydalanaman. 2-muomoni tahlil qilishda Oʻzbekiston Respublikasi soliq kodeksi 12-Ortiqcha to‘langan va ortiqcha undirilgan soliqlarni hisobga olish hamda qaytarish bobing 103,104 va 105 moddalari asosida tahlil qilaman. 3-muomoda ushbu moddalar asosida tahlil qilaman. ʼA-APPLICATIONʼ. 1-muomoda Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining soliq to‘lovchilari deb quyidagilar e’tirof etiladi: 1) O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari bo‘lgan jismoniy shaxslar; 2) O‘zbekiston Respublikasidagi manbalardan daromad oluvchi O‘zbekiston Respublikasining norezidenti bo‘lgan jismoniy shaxslar. Qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchilari deb - O‘zbekiston Respublikasida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi yoki tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qiluvchi quyidagilar qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lovchilar deb e’tirof etiladi: 1) O‘zbekiston Respublikasining yuridik shaxslari; 2) tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadi soliq davrida bir milliard so‘mdan oshgan yoxud ixtiyoriy ravishda qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lashga o‘tgan yakka tartibdagi tadbirkorlar; 3) O‘zbekiston Respublikasi hududida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qiluvchi chet el yuridik shaxslari, agar tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish joyi deb O‘zbekiston Respublikasi e’tirof etilsa; 4) faoliyatni O‘zbekiston Respublikasida doimiy muassasalar orqali amalga oshiruvchi chet el yuridik shaxslari; 5) oddiy shirkat shartnomasi (birgalikdagi faoliyat to‘g‘risidagi shartnoma) doirasida amalga oshiriladigan faoliyat bo‘yicha — oddiy shirkatning ishlarini yuritish vazifasi zimmasiga yuklatilgan ishonchli shaxs – oddiy shirkatning ishtirokchisi; 6) O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib o‘tuvchi shaxslar. Mazkur shaxslar bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lovchilar deb e’tirof etiladi. Ushbu moddalardan kelib chiqib shuni aytishimiz mumkinki, ʼHayotʼ MChJ bu yuridik shaxs shuning uchun u qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchisi hisoblanadi. ʼHayotʼ MChJ ishchilari uchun daromad soligʻini toʻlaydi. 2-muomo ʼHayotʼ MChJ daromad soligʻi boʻyicha ortiqcha 2,500,000 soʻm toʻlanganligini aniqlanganiday keyin MCHJ detektori K.Bahramov ortiqcha summani qaytarish toʻgʻrisida iltimos bilan Mirobod tumani davlat soliq inspeksiyasiga murojaatini qonuniy asoslash. Ushbu vaziyatni Oʻzbekiston Respublikasi soliq kodeksining 105 moddasi asosida tahlil qilaman. Soliq to‘lovchi tomonidan ortiqcha to‘langan yoki undan ortiqcha undirilgan soliq summasi soliq to‘lovchining qarzi bo‘lmagan taqdirda shu soliq to‘lovchiga qaytarilishi yoxud ushbu soliq bo‘yicha kelgusi to‘lovlar hisobiga hisobga olinishi lozim. Ortiqcha to‘langan soliq summasi soliq to‘lovchining arizasiga ko‘ra soliq to‘lovchiga to‘liq yoki qisman qaytarilishi mumkin.Soliqlarning ortiqcha to‘langani ehtimolidan dalolat beruvchi faktlar aniqlangan taqdirda, soliq organining yoki soliq to‘lovchining taklifiga ko‘ra soliqlar, penyalar va jarimalar bo‘yicha hisob-kitoblarni birgalikda o‘zaro solishtirish o‘tkazilishi mumkin. Bundan kelib chiqadiki ʼHayotʼ MChJ direktor K.Bahramovning ortiqcha toʻlangan summani qaytarish toʻgʻrisida iltimos bilan Mirobod tumani davlat soliq qoʻmitasiga murojaat oʻrinlidir.Ortiqcha to‘langan soliq summasini hisobga olish yoki qaytarish to‘g‘risidagi ariza, agar soliq to‘g‘risidagi qonunchilikda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, ko‘rsatilgan summa to‘langan kundan e’tiboran besh yil ichida berilishi mumkin. MCHJ detektori Mirobod tumani davlat soliq inspeksiyasiga soliq toʻlangan kundan eʼtiboran 15 kun oʻtgandan keyin murojaat qiladi, qonunda soliq toʻlangan kundan eʼtiboran besh yil ichida murojaat qilishga haqlili keltirilgan. MCHJ detektorini murojaat muddati ham qonuniydir. 3-muomoni tahlil qiladigan boʻlsam,Ortiqcha toʻlangan summani qaytarish toʻgʻrisida iltimos bilan MCHJ detektori Mirobod tumani davlat soliq qoʻmitasiga murojaat qilganida, davlat soliq inspeksiyasi ortiqcha toʻlangan daromad soligʻi ʼHayotʼ MChJning QQS boʻyicha qarzlarini toʻlash hisobiga qoplanishi haqida xabar berishadi. Oʻzbekiston Respublikasi soliq kodeksida Soliq to‘lovchida soliq qarzi mavjud bo‘lgan taqdirda, ortiqcha to‘langan yoki ortiqcha undirilgan soliq summasi ushbu qarzni uzish hisobga olinishi mumkinligi keltirib oʻtilgan. Demak, Mirobod tumani davlat soliq inspeksiyasi ʼHayotʼ MChJning QQS soligʻi boʻyicha qarzi borligini aniqlagan taqdirda ushbu ortiqcha toʻlangan summani ushbu qarz hisobiga olib qolishi mumkin. Ortiqcha to‘langan soliq summasini soliq qarzini qoplash hisobiga hisobga olish to‘g‘risidagi qaror soliq organi tomonidan soliqning ortiqcha to‘langanligi fakti aniqlagan kundan e’tiboran yoki agar soliq organi va soliq to‘lovchi tomonidan u to‘lagan soliqlarni birgalikda o‘zaro solishtirish o‘tkazilgan bo‘lsa, bunday birgalikdagi solishtirish dalolatnomasi soliq organi va soliq to‘lovchi tomonidan imzolangan kundan e’tiboran yoxud sudning tegishli qarori qonuniy kuchga kirgan kundan e’tiboran o‘n kun ichida qabul qilinadi. Xulosa oʻrnida shu aytishim mumkinki, ʼHayotʼ MChJ detektorining Mirobod tumani davlat soliq inspeksiyasiga murojaat qilishga haqlidir. Ammo ortiqcha toʻlangan summani qaytarish uchun uni daromad va QQS soligʻilari boʻyicha qarzlari mavjud boʻlmasliklari kerak. Qarzlari mavjud boʻlmagan taqdirdagina ushbu summa qaytarib beriladi. Download 10.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling