FAKTIK SAVOLLAR
1.
Ushbu yunon tabiatshunosi botanika, zoologiya va embriologiya fanlarining otasi hisoblanadi. U kim?
J: Teofrast
2.
Ushbu davlat dunyodagi eng ko'p oliy ta'lim muassasasiga ega davlat hisoblanib, u yerda 2021-yil hisobida 5300ga yaqin universitet mavjud. Qaysi davlat?
J: Hindiston
3.
Uning lotinchasi "cellula [sellula]" bo'lib, katakcha degan ma'noni beradi. Uni biz bilgan so'zda yozib bering
J: Hujayra
4.
Ingliz wikipediyasida "Jorj I" nomi bilan ro'yxatga olingan eng qadimgi hukmdor XI asr boshlarida hukmronlik qilgan qiroldir.
Savol: u qaysi davlatni boshqargan?
Javob: Gruziya.
5.
U dastlab Italiyada yaratilgan. Fransiyada Uni boboning soqoli, Gretsiyada kampir sochlari deb atashgan.
Savol: uning bizdagi nomi qanday?
J: paxta qand
6.
Esperanto tilida Abotso so'zi "boshlanish" degan ma'noni beradi.
Savol: abotso o'zbek tiliga qanday tarjima qilinadi?
J: alifbo
7.
Juda yuqori tezlikda ketayotgan haydovchi videosi joylangan ijtimoiy tarmoqdagi post tagiga zakovatchi Bobur Yoqubov "Bizning potensial( yani ehtimoliy) mijozimiz" deb hazil izoh yozgan.
Savol: Bobur Yoqubov ish joyini ayting
J: Morg
8.
Aynan ushbu kompaniya ishchilar soni bo'yicha dunyoda yetakchilik qiladi. Qaysi kompaniya?
J: Wallmart
9.
Ushbu abbreviatura "marosim ustasi" yoki "mikrofon boshqaruvchisi" ma'nolarini beradi.
Savol: ushbu abbreviaturani ikki harfda yozib bering
J: MC
10.
Xitoy maqoliga ko'ra, gap bilan uni pishirib bo'lmaydi. Uni ayting
J: guruch
11.
Fakt
Nobel bo'yicha mukofotlar har yili Shvetsiyada topshiriladi. Faqatgina tinchlik bo'yicha Nobel mukofoti boshqa davlatda topshiriladi. Qaysi davlatda?
J: Norvegiya
12.
Ofidiofobiya - aynan ushbu jonzoddan qo'rqish hisoblanadi. Qaysi jonzoddan?
J: Ilon
13.
Berlin devori ushbu yilda qurila boshlangan
J: 1961
14.
Hozirda O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasiga ushbu shaxs raislik qilmoqda. Kim?
J: Sirojiddin Sayyid / Sirojiddin Saidov
15.
Arnasoy tumani ushbu viloyat tarkibiga kiradi
J: Jizzax
16.
Bandura ushbu xalq milliy cholg'u asbobi hisoblanadi. Qaysi xalq?
J: Ukrain
17.
Ushbu sportda jahon chempionlariga beriluvchi kubok Neysmit kubogi deb ataladi. Qaysi sportda?
J: Basketbol
18.
AQShda har yili eng yaxshi film uchun Oskar, televideniya ko'rsatuvi uchun Emmi, musiqa yo'nalishi uchun Gremmi mukofotlari topshiriladi.
Savol: teatr yo'nalishi uchun qaysi mukofot topshiriladi?
J: Toni mukofoti
19.
O'zbek milliarderi Alisher Usmonov 2007-yildan 2018-yilga qadar Ushbu klub aksiyadori bo'lgan. Qaysi klub?
J: Arsenal
20.
Eng qimmat narxda sotilgan Salvador Mundi kartinasi ushbu rassomga tegishli hisoblanadi. Qaysi rassomga?
J: Leonardo da Vinchi
Avelium, [9/13/2023 9:33 PM]
Fakt
1920-yilga kelib AQShda saylov qonunchiligiga katta o'zgarish kiritilgan. Savol: bu qanday o'zgarish edi?
J: Ayollar ovoz berish huquqiga ega bo'lgan
MANTIQIY SAVOLLAR
1.
Uning otasi Xose Ruiz Blasko Malagada san'at tarixidan dars bergan va o'g'lining birinchi o'qituvchisi bo'lgan. O'g'il esa onasining familiyasi ostida dunyoga mashhur bo'ldi. Bu nomni bering.
Javob: Pikasso.
2.
Italiyada ushbu o'yin "Bo'riga aylanish" deb ataladi. Qaysi o’yin?
Javob: "Mafiya".
3.
1932-yili bir taksidermist, ya'ni hayvon shakllarini yasovchi shaxs hazil uchun quyonning boshiga shox bog'lagan. Shundan so'ng unga ko'plab buyurtmalar kelib tusha boshlaydi va bu shaxs yashovchi shahar "shohli quyonlar shahri" degan nomni oladi. Bu shaharda shoxli quyonlarni ov qilish uchun ruhsatnoma olishni xohlovchilar ham topilgan. Faqat bu ruhsatnomani olish uchun arizachida bir ko'rsatkich 72dan baland bo'lishi kerak edi.
Savol: Qanday ko'rsatkich?
J: IQ
Izoh: bilamizki, shohli quyonlar tabiiy mavjud bo'lmaydi.
4.
Fransuz sayyohi Jan Teveno piramidalarni misrliklar emas, balki boshqa xalqlar qurgan deb hisoblagan. Uning ta'kidlashicha, Piramidadagi sarkofag ya'ni tobut bo'sh, chunki ushbu tobut uchun mo'ljallangan fir'avn boshqa joyda vafot etgan.
Savol: Qayerda?
Javob: Qizil dengizda.
5.
Bilamizki o'zbek xalqi boshqa xalqlarga qaraganda mehmondo'st hisoblanadi.
Agar siz Shveysariyaga mehmonga borsangiz, kechki ovqatdan so'ng uy egasi xonani havosini almashtirar ekan, ya'ni ventilyatsiyani yoqib qo'yadi.
Savol: Bu nimani anglatadi?
J: Mehmonning ketish vaqti bo'lganini
6.
Afanasiy Fet bir safar ukasi bilan otda uzoq safar qilishadi. Afanasiy tajribali chavandoz va yo'lboshlovchi bo'lsa, ukasi unchalik emas edi. Safar oxirida Afanasiy ukasiga qarata "zanglagan U" deb hazil qiladi.
Savol: U o'rnidagini toping
J: kompas
7.
Finlyandiya maqolida shunday deyilgan: "Dengizda qora rang ko'p, lekin hammasi ham tyulen emas".
Savol: shu maqolning bizdagi analogida nima eslab o'tiladi?
J: oltin
8.
Bir hazilga ko'ra, ruslar juda sovuqqa chidamli bo'lsada, minus 114 daraja sovuqda ularning kayfiyati yomonlashadi.
Savol: nega -114 gradusda ruslarning kayfiyati yomonlashadi?
Javob: spirti muzlaydi / aroq muzlaydi.
9.
Sonny & Cher guruhiga tegishli "I got you babe"[Ay go't yu beyb] qo'shig'i 1965-yilda yuqori reytinglarni ushlab turgan. Keyinchalik chiqqan bir filmda bu qo'shiqni ko'p marotaba eshitish mumkin.
Savol: Qaysi filmda?
J: Sug'ur kuni
Izoh: ushbu qo'shiq filmdagi budilnik ovozi sifatida tanlangan
10.
Faylasuf Tomas Xobbs Uni "ulug'vorlikning to'satdan portlashi" deb aytgan. Immanuil Kant esa U haqida "tanadagi barcha hayotiy jarayonlarni faollashtirishi orqali salomatlik hissini keltirib chiqaradi" degan.
Savol: U nima?
J: Kulgu
11.
Italiyaning Ikkinchi jahon urushidagi bir plakatida qizil o'rgimchak uchun davlat bayrog'ini ifodalagan edi.
Savol: qaysi davlat?
J: Buyuk Britaniya
12.
O'tgan asri 60-yillarida Singapurda bir taqiq joriy qilgan. Shundan so'ng Singapurda bo'lishi rejalashtirilgan bir qancha rok va pop guruhlarining konsertlari bekor qilinadi. Hatto aeroportlarda bir qancha Ular ochiladi.
Savol: U o'rnidagi so'zni ayting
J: sartaroshxona
13.
Bangkokda 1500dan ortiq ular mavjud. Ulardan turli ishlardan foydalanilsada, ba'zi noqulayliklarni keltirib chiqaradi. Masalan ular ko'plab yo'l-transport hodisalariga sabab bo'ladi.
Savol: U o'rnidagi o'zni ayting
J: Fil
14.
Absurdopediyaga ko'ra, vaqt chegarasi bo'lmagan "Tosh, qaychi, qog'oz" o'yinida vaqt U bilan chegaralangan.
Savol: U o'rnidagi bir so'zni ayting
J: O'lim
15.
Ushbu qahramon nomining etimologiyasi "nozik, ozg'in odam, yuradigan skelet" degan ma'noni beradi.
Savol: ushbu qahramonni ayting
J: Koshshey
16.
Televideniyada ishlovchi bir ayol uni ishda engh ko'p qiynaydigan narsa bu neologizmlar, ya'ni yangi atamalar ekanini aytadi. Chunki neologizmlar tufayli ayol ham yangi so'zlarni yaratishi kerak.
Savol: ayolning kasbini aniq ayting
J: surdo tarjimon
17.
Bir asarda pionercha hikoyalarni juda yaxshi ko’ruvchi qahramoni o’z tanishini o’g’lining tug’ilgan kuni bilan tabriklar ekan, tanishining o’g’li xuddi U dek bo’lishini tilaydi.
Savol: Uni kimligini ayting.
J: Pavlik Morozov
18.
Hazilni tinglang
Ikki kichik davlat janjallashsa, BMT aralashadi va janjal yo'qoladi. Katta davlat bilan kichik davlat janjallashsa, BMT aralashadi va kichik davlat yo'qoladi.
Savol: ikkita katta davlat janjallashsa nima bo'ladi?
J: BMT yo'qoladi
19.
Topishmoq:
Siz Uni ochganingizda xafa bo'ladi,ammo yopgan paytingiz o'z xursandchiligini yashira olmaydi.
Savol : Topishmoqdagi U ni ayting.
J: qavs (....)
20.
Fors maqoliga kora dushmanlar 3 xil boladi
1- oz dushmaning
2-dostingning dushmani
3- esa siz ayting.
J: dushmaningning do'sti
Do'stlaringiz bilan baham: |