Turkum. Yarim qattiqqanotlilar yoki qandalalar — Heteroptera, Hemiptera
Ayrimlari quruqlikda va ko`pchilik turiari suvda yashaydigan yirt-qich — bu qandalalardir. Ba'zi birlari o`simlikxo`r, ayrim turiari yirt-qich bo`Iib, ular turii xil hasharotlar va boshqa umurtqasizlar bilan oziqlanadi. Zararii organizmlar nufuzini zararsiz holda ushlab turadi. Ba'zi bir oila vakillari ommaviy usulda ko`paytiriladi va o`simliklami biologik himoya qilishda dala sharoitida hamda yopiq xonalarda foydala-niladi. Masalan, yirtqichlar, so`qirlar, antokoridlar shular jumlasidandir.
Oila. Antokoridlar. Yirtqich-mitichalar — Anthocoridae
Erkin mo`ylovlilar kenja turkumiga mansub qandalalar bo`Iib, tanasi qo`ng`ir yoki qora rangda, yassi ko`rinishda. Odatda, mayda (1,5—4,5 mm) bo`Iadi. Qandalalar kana, trips, o`simlik bitlari va boshqa mayda hasharotlami xush ko`rib oziqlanadi. Voyaga yetgan qandalalar daraxt po`stlog`ida va to`kilgan barglar ostida qishlab chiqadi. Ushbu oilaning vakillaridan oddiy antokoris — Anthocoris nemorium turi badnafs hisoblanadi. Asosan, o`rmon mintaqalarida keng tarqalgan. Orius avlodi vakillaridan qora va oqqanotli orius turlari (Oriusniger WoL, O. albidipennis Reut.) o`rgimchakkana, qisman kuyalaming kichik yoshli qurtlari bilan, shuningdek, olma qizil kana-sining qishlab chiqqan tuxumi bilan ham oziqlanadi. Bitta urg`ochisi 15 kunda zararkunandaning 200 dan ortiq tuxumini yo`qotadi.
Oddiy antokoris (Anthocoris nemorum. L.) — voyaga yetgan zotlari juftlashgan holda po`stloq orasida, to`kilgan barglar ostida qishlaydi.
17
Aprel oyining oxiri — mayning boshlarida meva qizil kanasi, o`simlik bitlari bilan oziqlanadi. Urg`ochilari tuxumini o`simlikka yoki to`-qimalari ichiga yakka tartibda qo`yadi. Antokoris hammaxo`r ha-sharotlar guinjhiga kiradi. Yetuk qandala va Uchinkalari 37 xil turdagi kanalar va hasharotlar ЬЦап oziqlanadi.
Shuningdek, o`ljalar ichida yirtqich hasharotlar va kanalar, masalan, stetoius, oltinko`z, stafiUnidlaming hchinkalari va fitoseyid kanasi shular jumlasidandir. Bu yirtqich qizil meva kanasi rivojla-nishining hamma davrida birga ko`payadi. Bir dona urg`ochisi 60—100 tagacha tuxum qo`yadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |