Usim-biol p65
Download 0.94 Mb.
|
c1b50c4d7ef2b81e5d4db6ab0727de14 O`SIMLIKLARNI BIOLOGIK HIMOYA QILISH
Oila. Ovchilar. Nabidlar — Nabidae
Erkin mo`ylovUlarning kenja turkumiga mansub bo`hb, bu oila barcha yirtqich turiami o`z ichiga oladi. Ular yirik yoki o`rtacha kattaUkda (1,5 sm.gacha) bo`lib, tanasi uzunchoq, yassi shakldadir. Ko`pincha, pashsha, o`simlik bitlari (shira), sikada, qandalalaming lichinkalari va har xil mayda hasharotlar ЬЦап oziqlanadi. Ayrim turiari tungi yirtqichlar bo`lib, kunduzi o`simliklar va toshlaming ostida yashirinib yotadi. Tuxumini o`simlik tanasiga qo`yadi. Farg`ona vodiysida nabis qandalalari uch bo`g`in berib ko`payadi. Nabis qandalasi N. palifer. Seid. — nabis avlodiga mansub bo`lib, Farg`onavodiysi, Toshkent viloyatida bedapoyalarda doimo uchraydi. Tanasining ust tomoni kulrang, boshining orqa qismi va old yelkaning boshlang`ich qismidan qoramtir yo`Uar o`tgan (1-rasm). Tanasi uzunchoq, kattaligi 7—9 mm.ni tashkil etadi. Butun mavsum davomida awal qishlagan joylarida bedapoyalarga o`tishi va bir necha bo`g`in berib ko`pa-yishi hisobiga nasldorligi yuqori bo`ladi. Bedapoyalardan tashqari poliz va sabza-vot ekinlarida, ulaming o`suv muddatiga bog`liq holda, davriy ravishda uchraydi. Bu qandala o`simlik bitlari (shira), sikada va lichinkalari, har xil hasharotlar bilan oziqlanadi. Laboratoriya sharoitida 1-rasm. Nabis qandalasi. ikki qandala 20-30 tagacha g`o`za bitini 18 yo`qotadi. Ular o`z o`ljasini oldingi oyoqlari yordamida ushlaydi va xartumchasi bilan butun ichki qismini so`rib yo`qotadi. Qishlash davri-nibegona o`tlar orasida, tutzoriarda, bedapoyalarda o`taydi. Birinchi bo`g`in avlodining rivojlanishi 35—40 kun, ikkinchi bo`g`inlari esa 32—36 kun rivojlanadi. Bir mavsumda 3 ta bo`g`in berib ko`payadi. Oila. Qa\qoncha\i\ar—Pentatomidae Qalqonchalilar — erkin mo`ylovlilar kenja turkumiga mansub yirik (4,5—17 mm) yoki o`rtacha kattalikdagi qandalalar oilasidir. Ularning yelkasida qalqonchasi yirik bo`Iadi. Ko`pchilik turiari o`simlikxo`r, ayrimlari yirtqichlar kabi faol harakatda bo`Iadi. Bu oila Arma, Perillus\a Podisus kabi avlodlami o`z ichiga olgan. Ular yuzdan ortiq hasharotlar, shu jumladan, Amerika oq kapalagi, qishki odimchilarning yosh qurtlari bilan oziqlanadi. Ko`pchilik turiari introduksiyalashtirilgan, lekin ularni hozircha iqlimlashtirish bo`yicha olib borilgan harakatlar unchalik muvaffaqiyat keltirmagan. Perillus (Perillus bioculatus Fabr.) — yirtqich qandalasining kelib chiqishi Shimoliy Amerika bo`Iib, Yevropada Kolorado qo`ng`iziga qarshi introduksiyalantirilgan (2-rasm). Lekin hozircha iqlimlash-tirilmagan. Voyaga yetgan qandala daraxtlar yorig`ida, to`kilgan barg-lar ostida qishlab chiqadi. Наг ikkala jinsdagi qandala dastlab каг-toshka o`simligining suvi bilan oziqlanadi va juftlashadi. Urg`ochisi kartoshka bargining orqa tomoniga ikki qator ko`rinishda 14 tagacha tuxum qo`yadi. Qo`ygan tuxumlari limonli o`t rangda bo`lib, asta-sekin qizg`ish rangga o`tadi. Ikkinchi yoshdagi lichinkasi endigina tuxumdan chiqqan Kolorado qo`ng`izining lichin-kalari bilan, 3—4 yoshdagilari ko`proq katta yoshdagilari bilan, yetuk zotlari esa tuxum bilan oziqlanadi. Bu yirtqichlar o`zining hayoti davo- mida 400 ga yaqin zararkunandaga qiron keltiradi. Voyaga yetgan qandala har kuni o`rtacha bitta qo`ng`iz yoki 4 yosh- dagi lichinkalarni yeb bitiradi. Oziq- 2-rasm. Perillus. 19 lanmasdan ikki oygacha yashashi mumkin. Ukraina va Rossiyada uch avlod beradi. 3-rasm. Podizus. Podizus (Podisus maculiventris Say) — yetuk zotining tanasi kul-rang bo`Iib, kattaligi 12—14 mm, ko`pchilik hoUarda urg`ochisi егка-gidan kattaroq, ustki qismi xitin-lashgan tukchalar bilan qoplan-gan. Podizus lichinkalari 5 yoshni o`taydi (3-rasm). Podizus daraxtlaming po`stlog`i, to`kilgan barglar osti va kesak yoriqlarida qishlaydi. Podizus rivojlanishi uchun harorat 24—25°C, havo namligi 60—75 % bo`Iishi yetarii hisoblanadi. Uning rivojlanishi tabiiy sharoitga bog`liq holda o`zgarib boradi (16°C da 90 kun, 34°Cda32kun). Tuxumlarini to`p-to`p qilib, har bir to`pda 16—26 donagacha, ayrim hollarda bir dona tuxum qo`yishi mumldn. Jinslar nisbati 1:1 bo` -ladi. Tuxumdan chiqqan lichinkalari dastlab to`p-to`p holda yashaydi. Birinchi yoshlari hasharotlar bilan oziqlanmaydi. Bitta urg`ochi qan-dala 500—600 tagacha tuxum qo`yadi, ba'zan 1000 donaga yetadi. Yevropada va o`zbekistonda Kolorado qo`ng`iziga qarshi ku-rashda foydalanish uchun introduksiyalantirilgan, lekin iqlimlash-tirilmagan. Undan respublikamizning janubiy mintaqalarida baqla-jon, kartoshka ekinlarida mavsumiy kolonizatsiya usuli bo`yicha foy-dalanish mumkin. Muqobil xo`jayinlardan un kuyasi va katta mum kuyasi qurtlarida ko`paytiriladi. NAZORAT SAVOLLARI Kolorado qo`ng`izining tabiiy kushandalariga misollar keltiring. Kanaxo`r trips va podizusning qaysi birlari so`ruvchi yoki kemi-ruvchi hisoblanadi? Download 0.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling