Услубий =ылланма ндки ы=ув-услубий кенгашининг 24
Download 438.96 Kb.
|
Г-ка лаборu.
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3 – TAJRIBA ISHI SUYUQLIKNING HARAKAT TARTIBINI O’RGANISH USULLARI Ishning maqsadi
- Tajriba o’tkazish uchun kerak bo’ladigan asbob va jixozlar
- NAZARIY QI SM
NAZORAT SAVOLLARI
Suyuqlikning barqaror harakatini tushuntiring? Suyuqlikning boshqa ko‘rinishidagi harakat nomini ayting va uni tavsiflang? Suyuqlik harakatini uzilmaslik tenglamasini asosiy ma’nosi nimadan iborat? D.Bernulli tenglamasining asosiy ma’nosiga izoh bering? D.Bernulli tenglamasini qo‘llanish shartini tushuntiring? D.Bernulli tenglamasining geometrik ma’nosini izohlang? D.Bernulli tenglamasining energetik mazmunini izohlang? D.Bernulli tenglamasining fizik mazmunini izohlang? Enegiya yo‘qotilishi deb nimaga aytiladi? 3– TAJRIBA ISHI SUYUQLIKNING HARAKAT TARTIBINI O’RGANISH USULLARI Ishning maqsadi: Laminar va turbulent tartibdagi suyuqlik harakatni vizual kuzatish. Laminar va turbulent tartibdagi suyuqlik harakatida Reynolds soni qiymatini aniqlash. Tajriba o’tkazish uchun kerak bo’ladigan asbob va jixozlar: o‘zgarmas satxli idish, rangli suyuqlik solingan idish,termometr, shisha nay, suyuqlik sarfini boshqaradigan jo’mrak, suyuqlik sarfini o‘lchaydigan idish, suyuqlik hajmini ko‘rsatadigan naycha, rang uzatuvchi naycha , rangni boshqaruvchi jo’mrak, shahar tarmog‘idan suyuqlik uzatuvchi quvur, suyuqlik satxini o‘zgarmas saqlovchi naydan. NAZARIY QISM Suyuqlikning quvurlarda (kanal) harakat tartibi ikki xil bo‘lishi mumkin: laminar va turbulent. Laminar tartib parallel-oqimchali harakat bilan xarakterlanadi. Bunda suyuqlikning alohida qavatlari harakatlanadi, lekin aralashmaydi. Bundagi harakat kichik tezliklarda, suyuqlikning kesim yuzasi kichik bo‘lgan hollarda, kapillyarlardagi harakatda, qovushqoq suyuqliklarning grunt g‘ovaklaridagi harakatida va boshqalarda kuzatiladi. Oqimning turbulent tartibi uchun harakatdagi zarrachalarning tartibsiz, xaotik, traektoriyalari o‘zgaruvchan va murakkabligi kuzatiladi. Suyuqlikda intensiv ko‘chish hosil bo‘ladi. Injenerlik amaliyotida suvning harakati va boshqa suyuqliklarning harakati ularning qovushqoqligiga bog‘liq. Isitish sistemasida ventilyasiyada, gaz ta’minotida, isitish ta’minotida, suv ta’minotida ko‘pincha turbilent tartib kuzatiladi. Bu ikki tartibning mavjudligi ingliz fizigi O. Reynolds tomonidan tajribada kuzatilgan va harakatning bu tartiblari aylana quvurlarida oqimni aniqlash uchun Re kattalik bilan to‘liq aniqlanishi isbotlandi: (3.1) Bu erda: Re – o‘lchamsiz kriteriya bo‘lib, u Reynolds soni deyiladi. V - suyuqlik harakatining o‘rtacha tezligi, sm/s; d - quvur diametri, sm; -suyuqlikning kinematik qovushqoqlik koeffitsienti, sm2/s. Oqimning laminar tartibdan turbulent tartibiga o‘tishiga to‘g‘ri keladigan Reynolds sonining qiymati, Reynolds sonining kritik qiymati deyiladi va Rekr bilan belgilanadi. Agar Re Reynolds sonining ma’lum qiymatlarida oqimda ham laminar, ham turbulent harakatlar kuzatiladi. Reynolds sonining kritik qiymati bir qator faktorlarga: oqimning quvurga kirish sharoitiga, quvur devorining g‘adir-budirligiga va boshqalarga bog‘liq ravishda har xil qiymatlarga ega bo‘lishi mumkin Asosan silindrsimon quvurlar uchun bu kritik qiymat Rekr=2320 deb olingan. Reynoldsning bu qiymatiga to‘g‘ri keladigan tezlikning qiymati Vkr deb ataladi. Demak, oqimning Re<2320 da laminar va Re>2320 da turbulent tartib kuzatiladi. 2320> Download 438.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling