Uslubiy me‘yor haqida
Download 14.84 Kb.
|
Uslubiy me‘yor haqida
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1) so‘zlashuv uslubi, 2) rasmiy uslub, 3) ilmiy uslub, 4) publitsistik uslub, 5) badiiy uslub
Uslubiy me‘yor haqida (1-qism) Uslubiy me’yorlar nutq madaniyatining cho‘qqisi hisoblanadi, bu me’yorlarni mukammal bilish va ulardan erkin foydalana olish madaniy nutq tarbiyasining pirovard maqsadlaridandir. Til qanchalik rivojlangan bo‘lsa, uning uslubiy me’yorlari ham shunchalik barqarorlashgan, ranginlashgan, boyigan bo‘ladi. O‘zbek tili dunyodagi eng qadimiy va taraqqiy etgan tillardan biri sifatida o‘zining tarang uslubiy me’yorlariga ega. Kishilarning ijtimoiy faoliyatini nutqsiz mutlaqo tasavvur qilib bo‘lmaydi. Bu faoliyatning turli sohalarida turli sharoitlarda, turli maqsadlar bilan nutq o‘ziga xos tarzda ishtirok etadi. Masalan, rasmiy yozishmalarda qo‘llanadigan nutq bilan ilmiy bayonda ishlatiladigan nutq ham aynan bir xil bo‘lmaydi. Ijtimoiy faoliyatning ana shunday turli sohalarida qo‘llanadigan xilma-xil nutq ko‘rinishlari nutq uslublari deb yuritiladi. O‘zbek tilida quyidagi nutq uslublari farqlanadi: 1) so‘zlashuv uslubi, 2) rasmiy uslub, 3) ilmiy uslub, 4) publitsistik uslub, 5) badiiy uslub. Bu uslublarning har biriga xoslangan grammatik shakllar, so‘z, so‘z birikmasi, gap va intonatsion vositalar mavjud. Ana shu xoslanish o‘zbek adabiy tili uslubiy me’yorlarining asosidir. Aniqroq aytiladigan bo‘lsa, uslubiy me’yorlar muayyan sohadagi aloqani ta’minlaydigan nutqning mazmuni, maqsadi va vazifasi uchun mos keladigan til birliklarini tanlash qoidalaridir. Har bir uslubning o‘ziga xos til xususiyatlarini, demakki, uslubiy me’yorlarini bilmasdan turib tuzilgan har qanday nutq tom ma’nodagi madaniy nutq bo‘la olmaydi. Albatta, tilda biron-bir uslubga xoslanmagan, uslub jihatidan neytral birliklar, ya’ni barcha uslublarda qo‘llanadigan birliklar katta miqdorni tashkil etadi. Tabiiyki, ana shunday birliklar uslublarni yagona bir adabiy tilga birlashtiradi. Bir uslubga xoslangan til birlikning boshqa uslubida qo‘llanishi, tabiiyki, uslubiy me’yorning buzilishi hisoblanadi. Masalan, tashrif buyurmoq so‘zidagi tashrifning lug‘aviy ma’nosi "sharaflash" bo‘lib, yaxlit so‘z sifatida, asosan, rasmiy-publitsistik uslubga xoslangan, unda ko‘tarinkilik, tantanavorlik ta’kidi bor. Ana shuning uchun ham quyidagi jumlada uslubiy me’yor buzilgan: Fojia yuz bergan joyga (samolyot halokatga uchragan) mamlakat prezidenti Ilhom Aliyev tashrif buyurdi ("O‘zbekiston ovozi", 2005-yil 27-dekabr). Bu uslub xabar mazmunidagi neytral uslub bo‘lganligi uchun ham tashrif buyurmoq so‘zi uchun tamomila yotdir. Uslubiy me’yorlarni puxta egallash, ularga ziyraklik bilan muntazam amal qilish malakalariga ega bo‘lmoq uchun ko‘p o‘qish, o‘rganish, qisqasi, ko‘p ter to‘kishga to‘g‘ri keladi. Ayniqsa, asosiy quroli so‘z bo‘lgan kasb egalari bu me’yorlar bo‘yicha malakalarini oshirish borasida muttasil shug‘ullanishlari lozim. Download 14.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling