Tadqiqotning obyekti sifatida Usmon Azimning “Adibning umri”, “Kunduzsiz kechalar”, “Abdulla Qahhor”, “Alpomishning qaytishi”, “Tohir va Zuhra”, “O’tgan zamon hangomalari”, “Bor ekan-u yo’q ekan”, “Bir qadam yo’l”, “Bozor” kabi dramalari tanlandi.
Tadqiqotning predmetini Usmon Azim dramalari korpusi birliklari, dramadagi lingvistik birliklarni teglash, razmetkalash muammolari tashkil etadi.
Tadqiqotning usullari. Mavzuni ishlashda kuzatuv, tabsiflash, qiyoslash, sinxron yondashuv, kontekstual, statistik usullardan foydalanildi. Tilga oid ilgari qilingan tadqiqotlar ko‘lami va natijalari kompleks holda o‘rganilib, korpus lingvistikasiga oid nazariy bilimlar tahlil qilingan;
Yangi va keng ko‘lamda lingvistik tadqiqotlar olib borish uchun Usmon Azim dramalarining til korpusi lingvistik ta’minlangan;
Korpus lingvistikasi til tizimini lingvistik tasvirlashi asoslangan;
Zamonaviy korpus lingvistikasining asosiy yo‘nalishlaridan biri mualliflik korpuslariga asoslanishini nazarda tutib Usmon Azim dramalari til korpusi yaratilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |