Usmonova nigora zokir qizi


Download 22.45 Kb.
Sana03.02.2023
Hajmi22.45 Kb.
#1153065
Bog'liq
Usmonova Nigora tezis


REKLAMA BANNERLARI, TASHKILOT NOMLARI VA OMMAVIY AXBOROT VOSITALARIDA KUZATILADIGAN XATOLIKLAR
USMONOVA NIGORA ZOKIR QIZI
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili
va adabiyoti universiteti ona tili va adabiyot ta’limi
fakulteti 2-kurs 204-guruh talabasi
unigora 811@gmail.com
Annotatsiya. Ushbu maqolada reklama bannerlari, tashkilot nomlari va ommaviy axborot vositalarida kuzatiladigan xatoliklar va ularning yechimlari haqida batafsil maʼlumot berilgan.
Annotation.This article provides detailed information on common errors and solutions for advertising banners, corporate names, and media.
Kalit so‘zlar. Reklama bannerlari, ommaviy axborot vositalari, xatoliklar, tashkilot nomlari.
Keywords. Advertising banners, mass media, errors, corporate names.
Til – millatning ruhi, hech kimga oʻxshamagan oʻzligi va maʼnaviy mulki. Dunyoda shunday tillar ham borki, allaqachon tarixga aylangan. Xususan, lotin, sanskrit tillaridan faqat yozma yodgorliklar qolgan. Bizning ona tilimiz esa ming yillar qaʼridan yetib kelib, bugun ham bizga xizmat qilmoqda. Uning juda boy va goʻzalligi haqida istagancha gapirish mumkin. Zero, bu tilda ifodalab boʻlmaydigan fikr yoki tuygʻuning oʻzi yoʻq. Ulugʻ ajdodlarimiz qoldirgan soʻz javohirlarini asrab-avaylab, kelajak avlodga yetkazish bizdan. Til va adabiyotga gʻamxoʻrlik davlat siyosati darajasiga koʻtarilgan bir paytda nodir qoʻlyozmalarni oʻrganish, maktablarda adabiyot fanini oʻqitishning ahvolini yaxshilash va yozma, ogʻzaki nutqimizdagi juzʼiy kamchiliklarni tuzatish har birimizning burchimizdir.
Bundan qariyb olti yuz yil ilgari Alisher Navoiy bobomiz oʻzining “Muhokamatul lugʻatayn” (Ikki til muhokamasi) asarida oʻzbek tili boshqa tillardan qolishmaydigan kuch-qudratga ega ekani, unda barcha turkiy xalqlar sharros oʻqib tushunadigan asarlar yaratish mumkinligini isbotlab bergan. Afsuski, bugungi kunga kelib tilimizning qadri tushib ketayotganligini koʻrib hayron qolasan kishi. Mustamlaka tuzumidan qutilgan boʻlsakda, xalqimiz haligacha oʻz ona tilida emas, rus tilida yoki boshqa tillarda gapirishadi. Bu ham yetmagandek, koʻchalardagi reklama bannerlarida, tashkilot nomlarini qoʻyishda juda koʻp xatoliklarga yoʻl qoʻyiladi. Misol uchun, shahrimizdagi yangi savdo doʻkonlarining oynavandida “Biz ochildik” degan soʻzlar koʻrgan hassadek qilib yozib qoʻyilgan. Lola, atirgul ochilishi mumkin, lekin biz – yaʼni, odamni ochilishini koʻrganmisiz? “Doʻkon ochdik” yoki “Doʻkon ochildi” deyilganda, bu boshqa gap edi. Endi yaxna ichimliklar reklamasiga eʼtibor bering: “Salqinlikni taʼmini his qiling”. Hech zamonda salqinlik taʼmi boʻladimi? Bizningcha, gap salqin ichimliklar taʼmi xususida ketyapti. Toʻgʻri, reklama materiallarining har bir harfi mijozdan mablagʻ talab qiladi. Kamsoʻzli va sermaʼno soʻzlardan foydalanish uchun soha mutaxassislariga murojaat qilinsa, bunday tushunarsiz jumlalarga oʻrin qolmasdi. Bu borada qilingan chora-tadbirlar toʻgʻrisida gapiradigan boʻlsak, “Yangi Qo‘yliq”, “Qorasuv”, “Oltinko‘l”, “Lolazor”, “Sariko‘l”, “Tolariq” hamda Abdulla Avloniy va Oybek nomlaridagi mahallalar va “Mirobod dehqon bozori” ma’muriyati hamda bozorda faoliyat yuritayotgan 450 nafardan ortiq tadbirkorlik subyekti bilan tashqi yozuvlar, e’lonlar va peshlavhalarni qonun talablariga muvofiqlashtirish yuzasidan tushuntirish olib borilgan. O‘rganishlar natijasida xato yozilgan 637 ta tashqi yozuv aniqlanib, ularning 494 tasi xorijiy tilda, 143 tasi esa xato yozilgani aniqlangan. Ishchi guruhning tavsiyasiga ko‘ra, 509 ta tashqi yozuv va axborot matni qonunga moslashtirilgan. Xususan, Zarina beauty salon peshlavhasi “Zarina go‘zallik saloni”, “Sloyonnaya samsa” — “Somsa”, bir necha “Apteka” peshlavhalari “Dorixona”, “Vsyo dlya doma” — “Hamma narsa uy uchun”, “Magazin domashnix delikatesov” — “Tansiq uy taomlari”, “Salon elitnoy keramiki I santexniki” — “Yevropa keramika va santexnika buyumlari” deb o‘zgartirilgan. Bundan tashqari Magnit, Korzinka.uz savdo majmualaridagi tashqi yozuvlar, lavhalar, e’lonlar, narxnomalar va boshqa ko‘rgazmali axborot matnlari ham lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga o‘zgartirilgan. Iyul oyining boshlarida Yunusobodda 1000 dan ortiq peshlavha va e’lonlar o‘zbek tiliga o‘girilgandi. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-fevraldagi qarori bilan lotin alifbosiga to‘liq bosqichma-bosqich o‘tish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” tasdiqlangan edi. Unga ko‘ra, hozirda kirill alifbosida yuritiladigan barcha joy va ko‘cha nomlari, atamalar, tashkilotlarning nomlari, peshlavhalar, ommaviy targ‘ibot vositalari, reklama va e’lonlar, ish qog‘ozlari va turli blanklar 2022-yil dekabriga qadar lotin grafikasiga o‘tkazilishi belgilangan.
Xulosa.Bir soʻz bilan aytganda, til – bu bugun gapirilib, ertaga unutib yuboriladigan masala emas. Farzandlarimiz bir umr maktabda olgan bilim darajasida qolib ketmasligi kerak. Tilimizni muhofaza qilmasak, diyonatimizni yoʻqotamiz. Tilni juda soddalashtirish yoki murakkablashtirish kerak, degan fikrdan yiroqmiz. Biroq, isteʼmol qilayotgan soʻzlarimizning maʼnaviy yuki boʻlishi kerak. U mavsumiy libos emas, maʼnaviy qiyofamizni koʻrsatib turuvchi koʻzgudir. Buni unutmaylik!!!


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1.https://saviya.uz/hayot/nigoh/manaviyatimiz-uchun-eng-keraklisi/
2.https://daryo.uz/2021/07/28/apteka-dorixona-beauty-salon-gozallik-saloni-mirobod-tumanida-500-dan-ortiq-peshlavhalar-tog
3.”Hurriyat” Toshkent. 2019. 5-b.
Download 22.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling